Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 97524 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 16 B


AbdulAziz  04 Dekabr 2009, 10:22:54

ILM, TAVAKKUL VA RIZQ

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
"œBandaning tavakkuli uning rizqiga kafildir.
"¦Buxoroga ta’lim uchun ketayapman. Yonimda 3 so’mgina pulim bor. Poyezdda bir mo’ysafid bilan birga ketdik. U so’radi:
- O’g’lim, qayerga ketyapsiz?
- Buxoroga o’qigani ketyapman.
- Qaysi madrasaga borasiz? U yerdan birontasini taniysizmi?
- Bilmayman. Biron tanishim ham yo’q.
- Buxoro katta joy bo’lsa, u yerdagi xonadonlarda ham joy yo’q: hammasi mullavachchalar bilan to’lgan. Qayerda turasiz?
- Bilmayman...
- Ajabo, sizni hech kim qaytarmadimi?
- Qaytarishgandi, unamadim"¦
- U holda men bilan yuravering.
Bir xonaqohga bordik. Xonaqohdagi eshon zot shu kishining akasi ekan. Mo’ysafid o’sha zotni ko’rgani kelayotgan ekan.
Mo’ysafid yo’q bo’lib ketdi. Men esa masjidning chetidagi supada o’tiribman. Meni hech kim so’ramayapti. Namozi asr bo’ldi, shom bo’ldi. Xufton bo’ldiyamki, haligi odamdan darak yo’q. Xuftonda dilimga "œbir "œtaborak"ni o’qiy" degan fikr keldi. O’qidim, hazrati eshon menga qarab qo’ydilar. Xuftondan so’ng hamma ustozning ziyoratiga shoshildi. Men esa yana supada qoldim. Bir mahal eshonning bir halfasi chiqib, meni chaqirdi. Hazrati eshonning huzuriga kirdik. Mendan so’radilar:
- O’g’lim, siz qayerdan keldingiz?
- Qo’qondan keldim.
- Buxoroga nimaga keldingiz?
- Ilm talabida keldim.
- O’zingiz murattab qorimisiz?
- Ha, murattab qorimiz.
- "œYa ayyuhal muzammil"ni o’qib berasizmi?
Darrov cho’kka tushib "œMuzammil"ni o’qib berdim. "œBarakalloh!" deb maqtadilar. So’ng, halfalariga kichkina eshonni chaqirishni buyurdilar. U men tengi bir yigit ekan. So’ng dedilar:
- Bu kishi "œSharhi Mullo" o’qiydi. Siz ham shu kitobni o’qiysiz. Birga hujrada turasizlar. Domlaga ham birga borasizlar. Endi, o’g’lim sizga bir xizmat bor. Saxar muazzin sizni uyg’otadi. Tahorat qilib kelasiz. Men tahajjud o’qiganimda shu yerda o’tirib, "œMuzammil"ni o’qib berasiz.
Saxar hazrati eshonning huzuriga borib, xizmatni ado etdim. Hazrat rosa yig’ladilar. Har kuni ahvol mana shu...
Olti oy shu yerda tahsil oldim. Hech narsadan kamim bo’lmadi. Shunda dadamga xat yozdim. Bir mahal shu manzilga buzrukvorim kirib keldilar. Sharoitni ko’rdilar, hazrati eshonni ziyorat qildilar, so’ng dedilar:
- Juda fayzli joyga kelibsiz-da, bu yerdan hargiz qimirlamang.
Otamiz avvaliga mening bu yerga kelishimga ko’nmagandilar. Lekin meni ko’rib, hazratning xonaqohini ko’rib, rosa quvondilar.
Alloh mening tavakkulimga yarasha, poyezddayoq katta ustozning ukasi bilan birga qildi. Rizqimni ham komil qildi, ilmni ham berdi..."

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Dekabr 2009, 09:47:09

ASIR SICHQONCHA VA BANDANING RIZQI

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
"œXattotlik bilan shug’ullanib turardim. Ustozimga "œSahihi Buxoriy"ni ko’chirib tursam,  xonadondagilar bugun yeyishga ham hech narsa qolmaganini aytishdi. Mening ham qo’limda hech nima yo’q. Bugun endi sabr qilasizlar, ertaga Alloh bir yo’lga boshlar, deb ma’yuslanib, yoza boshladim. Bir mahal kovakdan kichnina sichqon chiqib, kitobimning ustida uyoqdan buyoqqa o’taverdi. Mening ko’nglimni hadeb parishon qilavergach, kosani olib, sichqonchaning ustiga to’nkarib qo’ydim. Bir payt bolasini qidirganday ona sichqon chiqib, kosa atrofini iskay boshladi. Kosa ostidan "œchi-chi"lagan ovoz eshitildi, go’yoki ona-bola tillashishdi. Ona sichqon kovakka kirib ketib, keyin bir misqollik oltinni tishlab chiqdi-da, kosaning oldiga qo’ydi. Kosaning oldida aylanib, "œchi-chi"lab turdi-da, yana kovakka kirib ketdi. Keyin ikkinchi oltinni olib chiqdi. Men qarab turibman. Sichqon tashigan oltinlar 14 taga yetdi. So’ng "œendi oltin tamom bo’ldi, mana hamyoni" deganday charm katmonni sudrab chiqdi. Bildimki, uning bisotida hech narsa qolmabdi. Kosani ko’tardim, ona-bola sichqonlar iniga kirib ketdi.
Mana shu sichqonlar bilan-da, mening rizqimni Alloh yetkazgan edi"¦"


Domla Hindistoniy - Rizq va tavakkul.mp3 (19:08 minut, 8,76 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Dekabr 2009, 12:41:57

QIZALOQNING DUOSI

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
"œYoshligimda Qur’on tahsil olayotgan paytim edi. Takror qilib o’tirardim. Menga yaqin joyda, hovuzning bo’yida yosh bolalar savatda uyda yopilgan non sotishardi. Asr vaqtida hammasi savatini bo’shatib, uylariga ketishardi. Qarasam, bir qizaloq uyiga ketmay, hovuzning bo’yida yig’lab o’tiribdi. Oldiga borib yig’lagani sababini so’radim.
"œSotilgan nonning tangalari solingan hamyonni o’ynab o’tirib hovuzga tushirib yubordim. Endi o’gay onam meni o’ldiradi. Qanday boraman uyga?..." — deb yig’lardi qizaloq.
Men hovuzning qizaloq ko’rsatgan joyiga sho’ng’ib, hamyonni balchiqlar orasidan qidira boshladim. Nafasim yetmagan payt suv ustiga chiqaman, so’ng yana suv ostiga kiraman. Oxir hamyonni topib, olib chiqdim. Yuvib, tozalab qizaloqqa berdim. Uning xursandligi intihosiz edi.
So’ng men unga ta’lim berdim:
"œSenga hamyoningni topib berganim uchun qiblaga qarab, qo’lingni ochgin-da, meni duo qil. Men aytib turaman, sen o’shani qaytarib duo qilasan: Allohim, bandangning menga qilgan bu yaxshiligi sababidan, unga ilm bergin, uni bokamol qilgin, umrini uzoq qilgin!"
Qizaloq meni duo qilgancha, o’ynoqlab uyi tomon yo’l oldi. Yetimni xursand qilganim uchun mening ham dilim rosa yayradi.
Hozirgi holatimni o’sha yetimning duosidan deb bilaman. 50 dan ortiq ustozlarni ko’rdim. Hammasi mendan rozi bo’lib, haqimga duo qilishdi..."
Qizaloqning duosi mustajob bo’lgan edi: Hoji Domla Hindistoniy ilmda yuksak kamolotga erishdilar. Yurtimizning zabardast ulamolariga ustozlik qildilar. Alloh umrilarini ham uzun qildi. 96 (hijriyda 100) yoshlarida vafot etdilar"¦

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Dekabr 2009, 08:43:26

VALIY UCHUN MAXSUS FATVO

Imomi A’zam rahmatullohi alayhning huzurlariga bir ayol kelib masala so’radi:
- Men chiroqning ravshanida charx yigirib ip qilardim. Bir kuni chiroq yog’i tugab, uyim qorong’i bo’lib qoldi.  Birdan xalifaning lashkarlari ko’chadan mash’ala bilan o’tib qoldilar. Uning yorug’ligida ozroq ip yigirib oldim. U ip ham boshqa iplarga qo’shilib ketdi. Bu endi menga halolmi? Uning mash’alasini yoritgan moy zolimlik bilan olinganmi, men bilmayman. Shunga fatvo so’rab keldim.
Imomi A’zam yig’lab, savol berdilar:
- Ey singlim, sen qaysi xonadon farzandisanki, bu xildagi taqvoni talab qilyapsan?
- Men Bishri Xofiyning opasiman. U xalifaning zindonida yotibdi. Unga ovqat olib boraman.
- Yo’q, u holda senga bu halol emas. Aslo bu ipdan tushgan pulni ukangga olib borma. Chunki u valiyulloh, xalqumi toza odamdir.

Domla Hindistoniy - Imomi A'zamdan hikoya.mp3 (07:27 minut, 3,41 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Dekabr 2009, 13:19:41

HOZIRJAVOB BOLAKAY

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
"œQabristonning yonida boyning bolasi bilan kambag’alning bolasi tuproq o’ynab o’tirishgan ekan. Ikkalasining ham otasi o’lib, shu yerga dafn etilgan ekan. Boyning bolasi debdi:
- Otangning qabrini qara, 1-2 ta toshdan boshqa narsasi yo’q. Mening otamni qabrini qaragin. Ustiga marmarlar qo’yilgan.
Kambag’alning bolasi javob beribdi:
- Sening otang bu mustahkam joylardan turguncha, mening otam jannatga kirib bo’ladi."

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Dekabr 2009, 13:20:50

ENG YAXSHI UCH DAVR

Janobi Rasululloh SAVning amallari zoye bo’lmasin uchun, qilgan ishlarini davom ettirish, nuri islomni so’ndirmaslik uchun sahobalar Muhammad SAV o’tganlaridan so’ng, u zotning o’rniga bir kishini halifa qilishga qaror qildilar. Ular xilofatni Abu Bakr siddiq r.a.ga topshirdilar.

Sahobalar toqatlari, kuchlari yetguncha ihyoi Kalimatulloh uchun, dini Islomning rivoji uchun harakat qildilar. Ularning ruhlari pokiza edi, munavvar edi, Alloh quvvatlagan edi. E’tiqodlari pokiza edi, dillari nurli edi. Sahobalarning ba’zilari hifzi Qur’onga, Rasululloh SAVdan qanday eshitgan bo’lsalar, shu holatda qiroat etishga mashg’ul bo’ldilar. Ba’zilari Nabiy SAVning so’zlarini ja’m qildilar, uz zotning so’zlarini hifz qilishga urindilar. Ularni muhaddislar deyiladi. Yosh va shijoatlilari kofirlar bilan jihod qilishga g’ayrat qildilar. Dini Islomning butun dunyoda g’alaba qilishiga har qaysisi nima qo’lidan kelsa, shuni ado qildi. Bir jamoa ashoblar esa ahkomi dinni Kitob va Sunnatdan istihroj qilishlikka mashg’ul bo’ldilar. Ularni fuqahoi sahoba deyiladi.

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Odamlarning yaxshisi mening asrim (ahli, ya’ni sahobalar — qarni avval), so‘ng ulardan keyingilar (ya’ni, tobeinlar - qarni soniy), so‘ng ulardan keyingilar (ya’ni, taba’ tobein — uchinchi qarn)dir. Keyin, (shunday) qavmlar (dunyoga) keladiki, ba’zi-birlarining guvohligi qasamidan va qasami guvohligidan o‘zadi». ("œSahihul Buxoriy"dan)

Qarni avvaldagi mashhur fiqh olimlari — Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Amr, Abdulloh ibn Zubayr r.a. kabi sahoba zotlar edi.

Rasululloh SAV ta’kidlagan eng yaxshi zamon — mashhudin bil-xayrning ikkinchi qarni soniy — sahobalardan ta’lim olgan tobeinlardir. Ularning mashhurlari — Hasan al-Basriy, Sha’biy, Avzoiy, Zuhriy, Said ibn Musayyab, Said ibn Jubayr r.a.lardir.

Uchinchi qarn esa, taba’a tobeinlarning zamonasidir. Uchinchi qarnda mujtahidlarning eng mashhurlari yetishib chiqdilar: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Imom Molik, Imom Ahma ibn Hanbal, Dovud Zohiriy. Bizlarga ularning ijmo’lari to’g’ri, ijtihodlari haqiqiy hujjatdir. Bu zotlarning orqasida juda ko’p olim va fuqaholar ta’lim oldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Dekabr 2009, 10:03:32

"œUMMATIMNING IXTILOFI - RAHMATDIR"

Shuni bilmak kerakkim, mazhab imomlari usuli dinda, e’tiqodda ixtilof qilmadilar, ularning ixtiloflari fiqhda va ibodotda bo’ldi. Masalan, hanafiyda vitr vojib bo’lsa, shofeiyda sunnatdir.
Fiqhiy ixtiloflarning sababi esa ularning olgan dalillarida edi. Masalan, imomlarning birlari biron hadisni sahih deb olsalar, boshqalarning nazdida bu sahih deb qabul qilinmagan. Boshqalarining ijtihodiga ko’ra esa, boshqa hadis sahih deb olindi. Shu sababli mazhablarda fiqhiy ixtiloflar yuzaga keldi. Lekin bu ixtiloflar bizga zarar qilmadi. Bu ixtilof Rasululloh SAVning "œUmmatimning ixtilofi - rahmatdir" degan so’zlarini tasdiqlaydi.

Bilingki, bu ixtilofda Alloh taoloning hikmati aziymi bordir.
Dini Islomda fikrlar ozoddir. Shariat doirasida fikr qilishlikka hamma haqlidir. Sahih dalillar bilan ijtihod qilishga ruxsat berilgan. Qur’oni karimda ham Alloh taolo marhamat qiladi: "œFikr qilmaysizlarmi?".

Dini Islomda birovni majburlash yo’q.
Kimdir aytishi mumkin: Nega hamma mazhab bir bo’lavermadi, nega bir-biridan farq qildi. Yagona mazhab bo’lsa bo’lmasmidi?

Agar shunday bo’lganda erkinlik bo’lmasdi, tanlash imkoniyati bo’lmasdi, yo’l tor bo’lib qolardi. Agar shunday bo’lganda bobi rahmat bo’lgan ijtihodning yo’li to’silar, ummatga qiyin bo’lib qolardi. Masalan, hozir ham, agar hanafiydan bir hukmni topolmasak, shofeiydan uni olib amal qilaveramiz. Mana shu yo’lning kengligidandir. Ko’p ummatlarni ko’rdikki, ularning dinlarida fikr hurriyati, tanlash ozodligi yo’qligi sababli o’z dinlarini tark etdilar. Islom esa bunday emas. Hatto Alloh taolo Rasuli adibiga (sav) vahiy kelmagan payt sahobalarning maslahatlariga kirishni ta’lim berdi.

Ba’zilar g’uluv qilib, haqiqati Islomga tushunmasdan, ahli sunna val-jamoadagi hanafiy, shofe’iy, molikiy va hanbaliylarning ixtilofini rofiziy, xorijiy, mubtadia va mujassimalarning ixtilofiga o’xshatmoqda. Rofiziyu xorijiylarning ixtilofi g’azabi ilohiy edi, dinni barbod etadigan ixtilof edi. O’ylaydilarki, sunniydagi 4 mazhab boshqalarga faqat shu yo’ldan yurasan deb majbur qilyapti. Mazhabboshilarimizning har biri mujtahid olim edilar. Ularning hech biri mening mazhabimda yurasan deb hech qachon majbur qilmaganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Dekabr 2009, 12:42:40

IJTIHOD - MUJTAHIDNING HAQI

Imomi A’zam Abu Hanifa aytardilar: "œMening qayerdan dalil olganimni bilmay turib, mening nomimdan fatvo berish haromdir". U zot biron fatvo bersalar aytar ekanlar: "œBu Abu Hanifaning fikridir. Men toqatimni sarf etib eng yaxshi deb topganim shu bo’ldi. Agar kimki bizdan yaxshiroq amalni topsa, o’shanga yuramiz." Doimo shogirdlari Imom Muhammad bilan Imom Abu Yusufga derkanlar: "œBu hukm haqida mening fikrim shu bo’ldi. Sizlar ham fikr qilib ko’ringlar. Sizlarniki yaxshiroq bo’lsa, o’shanga yuramiz".

Imom Molik biron hukmni istinbot qilsalar, ashoblariga aytarkanlar: "œBu dindir. Uni o’zingiz ham tafakkur qilib ko’ring. Hammaning kalomi ham mardud bo’lishi mumkin. Noto’g’ri bo’lsa, dalil bilan rad qilishga boshqalarning haqi bor. Illo Ravzaning egasi (s.a.v.)ning kalomi also mardud bo’lmaydi".

Imom Shofe’iy r.a. shogirdlari Robe’ga aytar ekanlar: "œEy Abu Ishoq, menga har bir narsada taqlid qilaverma, o’zing ham tafakkur qilib ko’r".

Bu zotlarning shogirdlari ham mujtahid edilar. Bizlar esa muqallid, (taqlid qiluvchi) ergashuvchilarmiz. Biz ijtihod qila olmaymiz. Ijtihod esa faqatgina mujtahidning haqidir. Shuning uchun ham Imomi A’zam r.a. o’z shogirdlari bo’lsa-da, ba’zi hukmlarda Imomi Abu Yusuf va Imom Muhammadga ergashganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Dekabr 2009, 11:40:01

SHOFEIYGA ERGASHGAN HANAFIY

Mujtahidlarimizning bir-birlariga taassuflari bo’lmagan ekan.
Bir kuni Imom Abu Yusuf xammomda g’usl qilib chiqayotsalar, bir kishi aytibdi:
- Yo imom, bu g’uslingizni qayta oling. Xammomning qozoniga sichqon tushib o’lib qolgan ekan.
Shunda imom biroz o’ylanib degan ekanlar:
- Biz birodarimiz Imom Shofe’iyning qavllariga amal qilaveramiz.
Ya’ni shofe’iyga ko’ra qullatayndan ko’p suvi bor idishga sichqon tushib o’lsa, suvni harom qilmaydi. Hanafiyga ko’ra esa suv harom bo’ladi. Xammomning suvi qullatayndan ortiq edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Dekabr 2009, 07:59:03

MUJTAHIDNING QONLI KO’YLAGI

Mujtahidlar bir-birlariga juda muhabbatli bo’lgan ekanlar.
Mu’tazila e’tiqodiga qarshi chiqqanlari uchun azoblanib, qamchilar ostida qolgan Imom Hanbal jazodan qutulganlaridan so’ng, Imom Shofe’iy u kishiga bir kishidan maktub berib yuboribdilar. Maktubda imomning qamchi yeb, qizargan qonli ko’ylaklarini o’zlariga berishlikni so’rabdilar.
Haligi odam ko’ylakni Imom Hanbaliydan olib kelibdiyu, Imom Shofeiyga bergisi kelmabdi. Shunda Imom Shofe’iy aytgan ekanlar:
- Mayli, ko’ylak senga bo’lsin. Bir marta berib turgin. Uni yuvib, suvida g’usl qilaylik"¦
Imom Shofe’iy Alloh yo’lida kaltaklangan birodarlarining ko’ylagini-da shu xilda tabarruk qilgan ekanlar"¦

Domla Hindistoniy - Mazhab va mujtahidlar.mp3 (29;43 minut, 13,6 Mb)

Qayd etilgan