"MAHR" MIQDORI  ( 18992 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


TITAN-UZ  06 Oktyabr 2009, 13:41:39

Assalomu alayku aziz forumdoshlar!!!!!

Shunga o'xshash post bo'lsa uzur! Qidirib topa olmadim!

Tarvuzdagi forumdoshlarni maslahatini olgandik endi Ziyo.uz dagi forumdoshlarni maslahatini olib qo'ysak yomon bo'lmas!

Qiz tomonga beriladigan MAHR miqdori qancha bo'lishi kerak!

Kelin tomon belgilagan MAHR miqdorini 100% berish shartmi!

MAHR qilib puldan tashqari yana nimalar bersa bo'ladi!

Iltimos maslahatlarni hayotiy (sinab ko'rilgan) ravishda  beringlar Kitobda yozilgan hamma ma'lumotlarni o'qib bo'ldim! :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2009, 14:04:40

Assalomu alayku aziz forumdoshlar!!!!!

Va alaykum assalom!

Iqtibos
Qiz tomonga beriladigan MAHR miqdori qancha bo'lishi kerak!

Eng kam mahr miqdori shariatda 10 dirham etib belgilangan. 10 dirham 1 dinorga to'g'ri kelarkan, 1 dinor esa, nisobga yetgan molning 20/1 qismi ekan. O'zbekiston Musulmonlari idorasining bu yilgi fatvosiga ko'ra, zakot berish uchun nisobiga yetgan mol qiymati 3.360.000 so'm. Uni 20 ga bo'lsak, 168 000 so'm chiqadi. Demak, hozirgi kun uchun eng kam mahr miqdori 168 000 so'mdir. Undan ko'pini ham himmatga yarasha beraverasiz.

Iqtibos
Kelin tomon belgilagan MAHR miqdorini 100% berish shartmi!

Mahrni kelin tomon belgilamaydi. Mahr kuyovning kelinga beradigan sovg'asidir. Uni kuyov belgilaydi.

Iqtibos
MAHR qilib puldan tashqari yana nimalar bersa bo'ladi!

Маҳр пул бслиши шарт смас. Кийим, тақинчоқ ёки шунга схшаш мулк бсладиган ва ҳалол нарса бслса жоиз. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Mahr haqida

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Oktyabr 2009, 15:09:22

Assalamu alaykum.
Hayot tajribalaridan shu ma'lumki, hozirda ko'proq qiz ayollarni o'zlari belgilayotgan mahrni. Qizni ota-onasi emas,lekin turmushga chiqadigan qizni yoki ayolni o'zi.
Bu albatta ayolni xohlagan narsasi bo'lishi mumkin,aynan pul emas albatta.
Qiz ayollar ko'p holatlarda oltin buyumlarni so'raydi mahr uchun.
Lekin mahrni eng hayrlisi, erkak kishi uchun og'ir bo'lmaydigani va iloji boricha eng kami.
Bu meni fikrlarim, kitobdan yoki fatvodan olinmagan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Oktyabr 2009, 15:17:03

Eshitgandimki sahobalar Qur'ondan yodlagan oyatlarini mahrga berganakanlar, ya'ni yod olgan suralarini ahli ayollariga ham o'rgatishni.

Keyin qaysidir kitobda o'qigandim Odam alayhissalom Momo Havoga Muhammad  :sw: ga aytiladigan salovatni mahr qilib berganakanlar.  :) (lekin buni qaysi kitobdan o'qiganim esimda yo'q.)

Demak faqat moddiy narsa bo'lishi shar emasakanda mahr uchun.

Qayd etilgan


ossiyobinti  06 Oktyabr 2009, 15:29:43

Nikoh vaqtida kuyov tomonidan kelinga beriladigan doimiy va shaxsiy mulkni mahr deyiladi.
   Mahr nikohning vojiblaridan biri bo’lib, uning miqdori nikoh vaqtida tayin qilinadi. Mahr kuyov tomonning imkoniyatiga qarab belgilanadi. Mahrni quyidagi rivoyatga muvofiq berish sunnatdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasalam qizlari Fotima roziyallohu anhoni hazrati Ali karramallohu bajhahuga to’rt yuz misqol nuqra mahr bilan uzatdilar.
   Mahrning eng kam miqdori ham bor va bu qiymat "œMajma’ ul-maqsud"da o’n tanga (o’n dirxam(34 gr kumush)) deyilgan. Agar mahr bu miqdordan kam belgilansa ham, o’n tanga berish vojib bo’ladi.
   Ko’pincha, nikoh paytida qizning mahrini belgilamay, "œmahriga bitta uy, oldi ayvon, sigiri bilan" deb qo’yishadi. Buni kelin-kuyov tushunmaydi ham. Oqibatda kelinlarimizning haqlaripaymol bo’ladi. Uy ham, mol ham bo’lajak oilaning umumiy mulkidir. Nikoh paytida guvohlar ishtirokida mahrni aniq belgilash, bu narsa kelinning shaxsiy va daxlsiz narsasi ekanini tushuntirish, kuyovga esa va’da qilingan mahrni also sedan chiqarmay, taqdim etishni yuklash, ayniqsa, muhimdir.
   Mahrni chin dildan rozi bo’lib, xursandchilik bilan berish kerak. "œNiso’"surasining 4-oyatida    Alloh taolo: "œVa beringlar xotunlarg’a alarming mahrlarini xursandchilik ila!.." deb buyurgan.
Ma’lumki, bugungi kunda kuyov tomonidan kelin tarafga to’y xarajatlari uchun u-bu narsalar yuborish odati bor. Kelin tomondagilar bu narsalarni to’yga ishlatadilar va qolgan ashyolar esa to’ydan keyin kelin-kuyovlarga beriladi. Bu narsalar mahr bo’ladimi, yo’qmi, degan savol tug’iladi. Agar faqat to’y xarajati niyatida yuborilgan bo’lsa, mahr hisoblanmaydi, lekin kelinning mahri deb bersalar, mahr hisobiga o’tadi. Valiylar qabul qilgan taqdirda ham, mahr kelinning shaxsiy va daxlsiz mulki bo’lgani uchun, uni xarj qilish ham kelinning ixtiyoridadir. Bu narsalarni so’ramasdan ishlatishga hech kimning, hatto ota-onasining ham haqqi yo’q.
   Yana bir odat bugungi kunda og’riq nuqtalardan hisoblanadi. Ayrim joylarda kelin taraf kuyov tomonidan "œ sut puli" va shunga o’xshash narsalarni tama va talab qilishadi. Bu narsalarning ham mahrga also daxli yo’q.
   Qizimizni "œqimmatroqqa sotish"ni o’ylamay, buning o’rniga unga Allohdan baxt-saodat, qo’sha-qo’sha farzand, oilasiga qut-baraka so’rab, duoda bo’lishimiz a’lo emasmi? Janobi    Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œEhtiyoji kam, mahri oz va farzand ko’rishi oson bo’lgan ayol barakotli ayoldir", deb bejiz aytmaganlar.
   Yigit mahrning hammasini berolmagan taqdirda ham, bir qismini ertaroq yuborsin.
   Mahrning ma’lum bir qismiga qizlar uchun qadrli bo’lgan zirak, uzuk, soat kabi tilla taqinchoqlar, marjon, marvaridga o’hshash ziynatlar va pardoz ashyolari olib, nikoh paytida berilsa, nihoyatda foydali bo’ladi. Qolaversa, shirin xotiralarga oshno ayollar uchun, bu baxtli-saodatli kunlaridan qimmatli bir esdalik bo’lib qoladi. Bu holda ham albatta kuyovning qudrat va toqatiga e’tibor berish lozim.
Ushbu ma’lumot Muhammadi Maxdum Shohmurodzoda Fazluddin
Iqroruddin Hoji o’g’lining "œNikoh va oila risolasi" kitobidan olingan


Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2009, 15:41:08

Eshitgandimki sahobalar Qur'ondan yodlagan oyatlarini mahrga berganakanlar, ya'ni yod olgan suralarini ahli ayollariga ham o'rgatishni.

Keyin qaysidir kitobda o'qigandim Odam alayhissalom Momo Havoga Muhammad  :sw: ga aytiladigan salovatni mahr qilib berganakanlar.  :) (lekin buni qaysi kitobdan o'qiganim esimda yo'q.)

Demak faqat moddiy narsa bo'lishi shar emasakanda mahr uchun.


Yo'q, ulamolarimiz mahrni mulkiy bo'lishini ijmo' qilganlar.
Siz aytgan rivoyatda esa kuyovning hech narsasi bo'lmagan, shuning uchun Payg'ambarimiz s.a.v. uning yodlagan oyatlarini mahr qilib berganlar:

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib «Men o’zimni sizga bag’ishlamoq uchun keldim», dedida, uzoq turib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga bir nazar tashlab, boshlarini quyi soldilar. Ayol uzoq turib qolgach, bir kishi turib: «Basharti ungach
siznmng ehtiyojingiz bo’lmasa, menga nikohlab bera qolingiz! — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo’q»,— deb aytdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bor, qarab ko’r!» —dedilar. Boyagi kishi chiqib ketib. yana qaytib kelgach: «Olloh taolo haqi, biror narsa
topolgan bo’lsam, koshki edi!» — dedi. Janob Rasululloh: sallallohu alayhi va salam: «Bor, yana bir axtarib ko’rchi!» — dedilar. U axtarib qaytib kelgach: «Olloh taolo haqi, hatto temir uzuk ham yo’q!» — dedi. Uning egnida izori bo’lib, ridosi yo’q erdi. Shu boisdan: «Shuni mahrga beraymi?»— deb so’radi. Janob Rasululloh: «Izoringnimi?... agar izoringni u kiysa, senga hech narsa qolmaydi, agar sen kiysang, unga hech narsa   qolmaydi»—dedilar. Boyagi kishi (nounid bo’lib) joyiga borib o’ltirdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yuraklari achishib unga: «Beri kel!»—deb amr qildilar, so’ng: «Qur’ondan nimalarni yod bilasan?» — dedilar U: «Falon va falon suralarni»—dedi. Janob Rasululloh: «Unga mahr qilib bermog’ing uchun Qur’ondan bilgan ana shu suralaringni senga mulk qilib berdim!» — dedilar». (Sahihi Buxoriy)

Qayd etilgan


Kumush  06 Oktyabr 2009, 17:28:22

А. Кодирий.
"Утган кунлар"
Iqtibos
Йигитлар куёвни домла каршисига келтириб тухтатгандан кейин, Отабек вакили булмиш Зиё шохичи билан Кумуш киз вакили Мухаммадрахим ораларида махр* масаласи очиладир. Куп тортишгандан сунг, куйидаги мабдаглар махр килиб белгиланадирлар:
Уч юз олтин пул, бундан кейин олиб бериш ваъдаси билан Маргилондан урдадек бир ховли, согиш учун сигир, асбоби рузгор...

Махр - куёв томонидан келинга туланадиган мол ашё булиб, бир кисми накд, колгани кейинчалик туланиб келинган.

18, 19  асрларда бизнинг Туркистонда махр шундай куринишга сга булган. Албатта Отабек Кумушбибига тулаган махри, бой бадавлат задагон оилаларда туланган.
Аши улуг карисларнинг айтишича йуксилларнинг махри битта жонлик, ун икки танга, ва кудрати етганча оддийрок буюмларни ташкил стган.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  24 Mart 2010, 05:36:32

 Bismillohir rahmonir rahiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
 Solih va taqvolik bir yigit bor edi. Uning iymoniga va taqvosiga ko'p musulmonlar
havas qilishardi. U yigit juda aqlli bo'lib, diniy ilmlar bilan dunyoviy bilimlarni ham teng olib ketishga harakat qilardi. Vaqtlar kelib yigitni onasi uni uylantirmoqchi bo'ldi va o'g'li orzu qilgan qizlarni
qidira boshladi. Nomzodlar topildi ham lekin ular onaizorga rad javobini berishardi.
Sabab:
--- Sizni o'g'lingizni juda yaxshi bilamiz va havas qilamiz. Lekin dunyoviy sabablar chiqib qoldi.
--- Ayting hammasini qo'ldan kelgancha bajaramiz.
--- Bilasizmi... haligi....

Ularni ko'rsatayotgan sabablarida jon bor edi.
Yigit otasiz o'sgan, yolg'iz onasi unga parvona edi.
--- Bizni qizimiz keng hovlilarda o'sgan qiz, "dom" da siqilib qoladi, agar hovli olsangizlar
albatta qizimizni beramiz deyishdi hamma sabablarni bitta qilishib.
Bu gaplardan yigit va onasini ko'ngli og'rirdi lekin na iloj.
Yana bir soliha, oilasi ham islomiy (huddi yigit orzu qilganday) qiz topildi.
Ular xursand bo'lib sovchilikka otlanishdi, qalblarida bir dunyo orzu havaslar.
Lekin bir ma'lumot ularni yana o'ylantirib, joylarida tek qotib qoldilar.
Bu qiz ham avvalgilardan ham keng hovlilarda katta bo'lgan va badavlatroq katta oilani farzandi edi.
Yigitni oilasi buni aksi bo'lib ko'pchilik shu sababdan qizlarini bergisi kelmayotgan edi.
Sovchilar avvaliga rosa ikkilanishdi:
--- Borsakmikin yoki bormay qo'ya qolsakmikin. Tavakkal qilamiz inshaAlloh.
Borishdi, qiz ham otasiz o'sgan edi. Onasi juda oqila ayol edi. Sovchilarga yigit bilan ko'rishib gaplashmoqchiligini aytdi. Yigit bo'lg'usi qaynona bilan suxbatlashish uchun tashrif buyurdi.
Savol-javob boshlandi, uzoq va mazmunli suxbat qurildi.
Ertasiga sovchilar natijani bilish uchun yana kelishdi:
--- O'g'limizni ko'rdingizmi, sizlarga yoqdimi?
--- Ha albatta, agar sizlarga ham meni qizim yoqqan bo'lsa men to'yga roziman.
--- Haligi... eshitgan bo'lsangiz kerak o'g'limni otasiz katta qilganman...
--- Ha eshitdim, meni ham qizim otasiz katta bo'lgan, inshaAlloh ularga ikkalamiz ham ota ham ona bo'lamiz.
--- Keyin biz dom da yashaymiz, buni ham avvaldan aytganmiz.
--- Eh qudajon, buni menga hecham qizig'i yo'q, agarda o'g'lingiz kapada (palatkada) yashaydigan bo'lganda ham men qizimni albatta bergan bo'lardim. Dunyo mollari o'tkinchi, hali inshaAlloh kattakon hovlilarda yashaysizlar.
To'y kuni belgilandi. Qizni onasi shunday kuyov nasib qilganiga judayam xursand edi. Tinmay farzandlari uchun solih va soliha juftlar so'rab qilgan duolari ijobat bo'lganiga Robbisiga bexisob shukronalar aytardi.
Kuyov taraf ham bundan juda mamnun edilar.
---- Onajon, nega shuncha sovchilarga rozilik bermasdan bu yigitga birdan rozilik berib yubordiz- dedi qiz tortinibgina onasiga.
---- Qizim, o'zimni nuridiydam, avvalo sendan ruxsat so'ramaganim uchun uzr so'rayman lekin iymonim komilki
bu yigit huddi sen orzu qilganingdek. Ya'ni seni Robbisini jannati tomon etaklaydigan yigit. Men u bilan suxbat qurganimda bunga guvox bo'ldim va o'sha kuni kechasi tush ko'ribman. Tushimda sen, men va o'sha yigit juda go'zal va yorug' bo'lgan yo'lda gaplashib birga ketayotgan emishmiz. Bu inshaAlloh yaxshilik alomati.
Qiz onasiga to'liq ishonardi va shuning uchun to'liq ixtiyorini topshirib qo'ygandi.
--- Onajon, men sizni yaxshi ko'raman, siz meni va akalarimni yolg'iz katta qildiz. Siz hech qachon bizga yomonlik ravo ko'rmaysiz. Agar siz bu nikoxga rozi bo'lsangiz men ham roziman.

Nikox o'qilyapti, ikkala tarafdan guvoxlar va kelin bilan kuyov. Nikohni bir olim kishi o'qimoqda.
Maxr so'raladigan fursat kelganida kelin past ovozda:
--- Men Zavjim bo'lmishni ilmlarini va hamisha meni ham o'zini ham to'g'ri yo'ldan adashmasdan olib ketishini maxr sifatida so'rayman.
--- InshaAllohu Robbil A'lamiyn!!! bu kuyovni javobi edi.

Qayd etilgan


JaviK  14 May 2010, 15:08:16



Qiz tomonga beriladigan MAHR miqdori qancha bo'lishi kerak!




Bugungi juma namozida Mahr miqdorini maquli 180000 -200 000 ligini takidlab o`tdi.





Kelin tomon belgilagan MAHR miqdorini 100% berish shartmi!


Mahrni bergan maqul chunki to`ydan keyin har hil holat, ajralishlar undan keyin esdab chiqar berilmagani  lekin har narsa hisobli kunda Mahr bermagansiz deyiladigonlar ham topiladi. (Imomning gapi)


MAHR qilib puldan tashqari yana nimalar bersa bo'ladi!


Pulning miqdoridagi tilla uzuk, yoki taqinchoq ham bo`laveradi.

Bugungi Juma namozidagi maruzadan

Qayd etilgan


muhibb  14 May 2010, 15:23:42

qaysi masjidda aytishdi?
Kamolon masjididida ham nikoh masalalari gapirilgan edi :)

Qayd etilgan