Салом, Манда биринчи муҳаббат бслган. Лекин у армонли скун топган. Чунки ман шаҳарлик қизни севиб қолганман. Мани сзим сса қишлоқи йигитман. Манга айтингларчи дсстларим, нима шаҳарлик қизлар биринчи муҳаббатни тушунмайдими? Уларда юрак ёқми, Ахир ман шаҳарлик қизни севдим, айбим нима қишлоқданлигимми. Ахир у мани биринчи муҳаббатим сдику, Дсстларим жавоб беринглар.
Qaysi ahmoq o'zini "Мани сзим сса қишлоқи йигитман" deydi. Bu yer sizga maynavozchilik qiladigan joy emas.
Gapni kontextda tushunish kerak. Bir bechora dardini aytayaptiyu, Siz unga qarab o'qlov ko'tarasiz?!
Balki u odam qishloqi bilan qishloqlik orasidagi farqni bilmas...
Nima bo'lganda ham, biror muammo ko'tarilganda, uning qanday ko'tarilgani emas, uning o'zi haqida gapirish aynan maynavozchilikdan uzoqroq narsa bo'ladi, menimcha.
on: Birodar, Sizga muqaddas hisoblangan birinchi muhabbatdek pokiza tushuncha, qarshi tarafga, aslida ko'p narsani anglatishga loyiq bo'lsa ham, bazan hech ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Insonlar juda turlidirlar. Bazan birov kuyib yonadiyu, qarshi taraf buni tushunish darajasida ham bo'lmaydi.
Insonning asl qiymati uning neqadar insoniylikni o'zlashtirganidadir. Bunga shaharda ham, qishloqda ham erishish yoki erisholmaslik mumkin. Misollarga hojat yo'qdir. Inson o'zini hech qachon hech kimdan bu kabi qo'shimcha va yasama belgilar bilan past tutmaslgi lozim, ayniqsa erkak kishi.
Qadringizga yetmagan inson aslida, qaysidir ma'noda, Siz bilan birga bo'lishga munosib bo'lmagan, faqat Sizga tashqaridangina shunday tuyulgan inson bo'lsa ajab emas.
Alloh Sizga, qadringizga yetadigan va Siz ham uning qadriga yetadigan umryo'ldosh nasib etsin, ameen!