Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1372783 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 295 296 297 298 299 300 301 302 303 304 305 ... 310 B


Shuhrat_  23 Yanvar 2013, 11:23:31

 :as:
konkursda ishtirok etib quyaylik degan umid ila (garchi 1-urinni olmasakda (o'zi avvalgi rasmni qabul qilishmagandi) )kirudim ,forum mobil versiyasida rasm joylab bumas ekan da, halidan beri qayta-qayta qarayman "rasm quyish"yo'q,
boshqa joydan kirib busayam barbir uddaladim
						
						

Qayd etilgan


kamoliddinov  26 Yanvar 2013, 10:06:32

 :asl3:
To'g'risi shu topic astida qanaqa post qoldirishni bilmadim, Juda ko'p mulohaza mavzuga solsa bo'ladi, lekin quyidagi narsani qalam bilan ifodalash manimcha mushkul. Turk ayoilini rus bolasiga g'amxo'rlik qilishi
 Tomosha qilib guvohi bo'ling:
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=xQXjq_SxO0o" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=xQXjq_SxO0o</a>

Qayd etilgan


Хадича  14 Fevral 2013, 18:00:46

So'nggi mish-mish habarlarga quloq tutadirg'on bo'lsak,forum a'zolarining o'z nicklarini sandiqqa naftalin sepib joylab,jimgina mehmonlar orasidan kuzatishlari urfga kiribdi :D

Va natijada forum statistikasi tushib,foydali postlar o'qish ham kamayibdi :(

Shul sababdan,aziz mehmonjonlardan iltimos qilib qolardikki, " Sizning ma'rifatingiz ham kimgadur asqotadi,bilimingiz boshqalarga ko'mak bo'ladi. Kimgadir kerakligingizni bilish-kichikkina bo'lsa ham Baxt. Bilimingizni boshqalardan darig' tutmang... Ayni dam siz forumimizga keraksiz..."

Nick.ingizni darhol sandiqdan olib,changini qoqib,o'zgalarga foydangiz tegishi sari harakat qiling...

Mehr va Umid ila ... .
::)

Qayd etilgan


Muxsiya  21 Fevral 2013, 14:27:16

maktabda o'qib yurgan paytlarimda bir ayol har kuni kelib perashki sotib yurardi chiqib perashki qancha xola desam donasi 50 so'm 3 tasi 100 so'm bo'ladi deydi. iye, donasi 50 so'm bo'lsa qanaqasiga 3tasi 100 so'm bo'ladi deyishimni bilaman sen bola menga aql o'rgatma aldab ko'proq ovolaman deseng adashasan hisob kitobni joyida bilaman deydi. mayli unda deb ukamga 500 so'm berib olib kelishga chiqarib yubordim  uyga olib chiqqanidan so'ng sanasam 20tadan ko'p ertasi kuni kelganida aytsam uyilarda uzoqdan kelgan mehmonlar borligini bilib atay ko'proq bergandim mehmon tovoq bo'lsin deb tekinga berganimda baribir olmasding deb ko'proq berdim deydi

Qayd etilgan


Best friend  23 Fevral 2013, 18:07:51

Assalamu alaykum, forumdoshlar!

Har doim forumga rasm joylash uchun biror saytga kirsam, yo reklamalaridan, yoki yuklash qiyinligidan saytni tark etardim. Shunga ham o'zim uchun, ham forumdoshlar uchun (albatta  boshqa yaxshilar uchun ham) "Fikr qilamiz..." degan kichkinagina saytchamda "Rasm saqlash" degan sahifani ochdim. U yerda ham boshqa rasm kiritadigan saytlar kabi rasm uchun havola, BBCode va HTML kodlari beriladi. Faqat rasm joylashda bo'lim tanlash va xavfsizlik kodini terish kerak, menimcha bu unchalik noqulaylik tug'dirmaydi. Shuningdek bu sahifani saytning mobil shaklida ham ishlatishingiz mumkin. Xullas, sizlar uchun eshigimiz ochiq )).

Fikr va mulohazalaringizni shu mavzuda, yoki SHX (PM) orqali, yoki saytdagi "Adminga maktub" funksiyasi orqali bildirishingiz mumkin. Maslahatlaringizni ham kutib qolaman. Forumdoshingiz Best do'st )).

Qayd etilgan


azizbek_mx  27 Fevral 2013, 03:59:26

 :asl3:
Assalamu alaykum, forumdoshlar!

Har doim forumga rasm joylash uchun biror saytga kirsam, yo reklamalaridan, yoki yuklash qiyinligidan saytni tark etardim. Shunga ham o'zim uchun, ham forumdoshlar uchun (albatta  boshqa yaxshilar uchun ham) "Fikr qilamiz..." degan kichkinagina saytchamda "Rasm saqlash" degan sahifani ochdim. U yerda ham boshqa rasm kiritadigan saytlar kabi rasm uchun havola, BBCode va HTML kodlari beriladi. Faqat rasm joylashda bo'lim tanlash va xavfsizlik kodini terish kerak, menimcha bu unchalik noqulaylik tug'dirmaydi. Shuningdek bu sahifani saytning mobil shaklida ham ishlatishingiz mumkin. Xullas, sizlar uchun eshigimiz ochiq )).

Fikr va mulohazalaringizni shu mavzuda, yoki SHX (PM) orqali, yoki saytdagi "Adminga maktub" funksiyasi orqali bildirishingiz mumkin. Maslahatlaringizni ham kutib qolaman. Forumdoshingiz Best do'st )).


Rahmat, baraka toping! Barakalloh!

Qayd etilgan


Muxsiya  28 Fevral 2013, 14:56:22

o'qishdan uyga qaytayotsam orqa o'rindiqda o'tirgan ikki yigitning gapi diqqatimni tortdi chunki ular mening litseydagi o'qituvchim haqida gaplashishayotgan edi. u o'qituvchi tumandagi eng kuchli til adabiyot o'qituvchilaridan biri edi. ularni suhbatini shundayicha yozaman
-siz qaysi mahalladansiz?
-rovvot mahallasidan, bu yerga kelganmisiz
-ha bo'lmasamchi domlamiz bo'lar edi Otaxonov ona tili adabiyot o'qituvchisi shunikida turib tayyorlanganmiz
-ha shundaymi
-uni taniysizmi
-ha
-albatta tanisizda bitta mahallada bo'lgandan keyin uyingiz o'sha mahalladami
-ha o'sha
-qaysi ko'chada
-maktabni ko'chasida
-buni qarang domlayam shu ko'chadan edi. domlanikida 3oy turib hamma mahlla bollari bn tanishganman lekin sizni tanimayapman uyingiz maktabga yaqinmidi
-ha maktabni ro'parasida
-buni qarang domlanikiyam o'sha yerda edi qo'shnisi uyini yonida doim bir kamaz shag'al to'kilgan turar edi o'sh uydan keyingisi edisiznikichi
-menikiyam
-iye, domla kimiz bo'ladi , qo'shningizmidi
- dadam bo'ladi
 
 

Qayd etilgan


Muxsiya  05 Mart 2013, 10:10:14

kechagi bir kinoda ko'rdim. Hozirgi zamondagi jarroh yigit o'tmishga tushib qoladi va hozirgi tibbiyotni qo'llab ko'pchilikni davolaydi. Shundagi bir parchani keltirsam. Qiz yigitning qo'lidagi fonidoskopni(shifokorlarni eshitish moslamasi) ko'rsatib
- buyam kelajak buyumimi
- ha
kelajakda bunaqa mo'jizaviy narsalar ko'pmi
-ha shunday
- unda kelajakda hech kim kasal bo'lmaydi, hammani saqlab qolish mumkin emas ekanda
shunda yigit og'ir ahvolda kasalxonaga olib kelingan va shifokorlarning qo'lidan hech nima kelmagan holatni eslaydi va
- yo'q hamma zamondayam kasallar ko'p ularni butunlay tuzatib bo'lmaydi deydi
Haqiqatdan ham taraqqiyot rivojlanib odamlarga qulayliklar yaratilmoqda va og'iri yengil qilinmoqda, lekin borgan sari odamlarda vaqt yetishmayapti. Oldinlari piyoda bo'lsayam uzoqdagi qarindoshi bilan diydorlashish uchun kunlab, haftalab yo'l bosib borilgan, hozir bu masofa bir necha soatlik lekin vaqtimiz yo'q.
avval ota-onalar farzandklariga har xil ibratli ertaklar aytib berishgan va shu orqali ularning tarbiyasini shakllantirishgan, hozirgi ota-onalar undan ko'ra biror bir chet el multfilm yoki kinosini qo'yib, bolasini televizor tagiga "mixlab " qo'yishadi, chunki ertak aytib o'tirishga uni vaqti yo'q. [/b]Chet el kinosi, multikini ko'rib ulg'aygan bolalar o'shasning ta'sirida "tarbiyalanadi" ana undan keyin xuddi o'shlarga taqlid qila boshlaydi. 16yoshga to'lgach o'zini erkin fuqaro hisoblab, ota-onasi nasihatiga quloq solmaydi va xuddi chet eldagilardek hayot kechirishni xoxlaydi  va eng dahshatlisi ota-onasi qarigach, kelib bir past suhbatlashib, ularni ko'nglini ko'tarishga esa uni vaqti yo'q Chindan ham odamlarga qulayliklar yaratilib ularning vaqtini tejash o'rniga ularning vaqti tig'izlashib boryapti

Qayd etilgan


aka sohib  09 Mart 2013, 01:52:35

"do'st ham aslida dushmanning biri, dushmanning eng zo'ri dushmanning piri...." eh(((

Qayd etilgan


Muxsiya  11 Mart 2013, 09:03:47

dushmaningdan emas do'stingdan qo'rq chunki u seni barcha siringdan voqif

Qayd etilgan