Nizomiyda o'qib yurganimizda biznikiga Toshkentlik, Xorazmlik, Buxorolik dugonalarimni olib keldim mehmonga. Sigir sog'adigan payt kelganda ro'molni tang'ib bog'ladim, "qani sigir soqqani ketdik" dedim. Qizlar hayron. Siz sog'asiz-mi, deb."Pov-pov" qilib sog'dim sigirniyam:) Keyin doim eslab yurishdi, "zamir yomon sigir sog'arkansan", deb. "Heee dedim nozik qiz deb o'yladilarmi"

ayniqsa, sigirni orqa oyoqlarini tepmasin deb kichkina arqon bilan mahkam bog'laganimda rosa qo'rqishgan, tepvoradi deb. Ehh zo'r kunlar edi-da. Qayerdasiz, dugonlarim, qizlar-qirmizlarr