600 ming yevroga nimalar qilish mumkin eh-eeee
Bir filmda "esi past millioner" degan gap bo'lardi. Gulnora Karimovaga o'xshaganlar O'zbekiston xalqining pulini qayerga qo'yishga bilmay, havoga sovurishayotgan ekan, biz ham ularga nisbatan shu so'zni aytamiz.
Bir narsani tushunib olish kerak: bu 1 million $ O'zbekiston xalqiniki. U hech kimning shaxsiy cho'ntagidan chiqmagan. Garchi har-xil yolg'onlarni ishlatishsa-da. Nima, Bunyodkor pulni polietilin xaltasini olganday havodan chiqarib olyaptimi? Yoki uning homiylari Zeromax va UzGazOil lar o'zga sayoradan neft, gaz olib kelib sotishyaptimi? O'zbekiston hech kimning onasining mahriga tushgani yo'q. Insha Alloh hali bu pular uchun ko'pchilik javob beradi: Haqning ham oldida, xalqning ham oldida.
Uzr. Qo'polroq bo'lsa ham.
Ha, to'ppa-to'g'ri, bu pullar xalqniki, odamlarniki. Axir pul havodan paydo bo'lmaydiku o'ziz aytganizday. Siz bugun ovqat yedizmi? Qaysi pulga olib yediz? O'ziz yasamagandirsiz har holda. Kimnidir bergan pulini ishlatgansiz, to'g'rimi?
Ammo siz u pulni o'z xizmatingiz uchun olgansiz, shundaymi?
Ular ham pulni sizni cho'ntagizdan yulib olib ketgani yo'qmi bu pullarni? O'z xizmati uchun olishyaptimi? Yoki ular qazib olayotgan neftga davo qilasizmi? Unda boring, o'ziz qazib chiqaring. Minglab ish o'rni bilan ta'minlang xalqni. Oddiy benzakalonkadagi benzin quyuvchingizga ham 300$ dan maosh berib, bir oilaga yordam bering. Chetga neft va gazni eksport qilib, millionlab chet el valyutasini obkeling. Yiliga davlat byudjetiga milliard daromad solig'i to'lab pensiya, stipendiyalarni to'lashga yordamlashing. Yangi zamonaviy savdo markazlari, benzakalonka, bozorlar, maktab, mehribonlik uyi, tibbiyot markazlari, masjidlar qurib, xalqimizga eng zamonaviy, sifatli xizmatlarni taklif eting. Yuzlab studentlarni kontraktlarini to'lab bering... Yana yuzlab talabalarga stipendiya to'lang... Har yili katta masshtabda, jahon miqyosida san'at va madaniyat tadbirlarini o'tkazing...
Qo'lizdan keladimi shunaqa ishlarni qilish? Agar kelsa halolingiz bo'lsin. Agar kelmasa chetda turvolib karillamang.
Gapirish hammaga oson. Xalqni puli, xalqni puli deymiz. To'g'ri, xalqni puli bu. Xalq istemol qilgan mahsulotiga to'lagan summa. Rozi bo'lib bergan o'zi. Yoki kimnidir maoshidan Fond Forum uchun ushlab qolibdimi? Yoki kimnidir hamyonidan yulib olib ketdimi? Kim qanaqa mehnat qilsa, shunga yarasha daromadini qilyabdi, tamom! Birov halaqit berayotgani yo'q, Xudoga shukur.
Mana yaqinda Ronaldu keldi. "Shu bola meni pulimga keldi" deb ayta olasizmi? Axir siz ham xalqsizku!
Agar ayta olaman desangiz, unda Afg'onistonda otib o'ldirilgan musulmonda ham sizni hissangiz bo'lishi mumkin. Mana oddiy misol. Adam Smitning iqtisodiy nazariyasiga ko'ra, pullar aylanuvchan bo'ladi. Mana siz bir taksiga o'tirdingiz va taksichiga pul berdingiz. U o'sha siz bergan pulga "Coca-cola" ichdi. Sizni puliz endi firma byudjetiga tushdi. Fyuchers shartnomaga ko'ra "Coca-cola Uzbekistan" ltd. AQSHdagi katta kompaniyaga pul to'ladi. Sizni puliz endi AQSHga ketdi. Ular davlatga daromad solig'ini to'lashdi. Davlat byudjetidan esa harbiy sohaga pul ajratildi. Aynan sizning taksichiga bergan pulingizga AQSH o'q sotib oldi va bu o'q bilan Afg'onistondagi bir begunoh o'ldirildi.
Ushbu o'limga sizni hech qanday bog'liqligingiz bo'lmagani kabi Fond Forum ishlatayotgan pullarga ham sizni zig'irchalik aloqangiz yo'qligini tushuning.
Bunaqa nazariya bilan yashaydigan bo'lsak, demak bugun men Kapalak opani puliga kiyim kiygan, siz ChehMikni puliga ovqat yegan bo'lasiz. Shunaqami?
Haqiqatdan ko'p pullar ko'kka sovurilayotgandir balki. Lekin buni siz ham, biz ham aniq bilmaymiz. Shularni o'rnini qoplash uchun, xayrli ishlar ham qilishmoqda. Hech narsa qilmasdan rostmanasiga xalqni pulini yeyotganlar kammi dunyoda? Ko'p ishlarda xato qilishayotgandir. Axir ular ham inson bolasi. Benuqsonlik faqat Ollohga xos.
Keyin narigi dunyoda kimni nima uchun javob berishini siz hal qilmaysiz. Birovlarni gunohini sanaguncha, o'zizni gunohlarizni yopishni o'ylang. Kim bilsin, balki siz ulardanda ko'proq qiynoqlarga tortilarsiz... Yanayam Olloh bilguvchiroq...
Uzr. Qo'polroq bo'lsa ham.