Qiziq, judayam qiziq"¦
Menda ba’zi savollar paydo bo’ldida, aybga buyurmaysiz.
1-savol:Nega siz davlat rahbarlari va hukumat haqidagi yomon gumonlaringizni bemalol tilga chiqarasizu, uni forumlarda omma hukmiga havola etasizu, lekin o’zingiz haqingizdagi yomon gumonlarni messenjerda, hammaning ko’zidan panada eshitishni xohlaysiz?!
Va yana mana bu postingizga qaraganda, o’zingiz haqingizdagi bunday gumonlarni umuman aytilmasligini ham xohlaysiz:
Бир киши ҳақида ёмон гумонда бслсангиз, у гумонни тилга чиқариш шарт смас. Мусулмонларнинг дилига бехос озор бериб қсйишдан огоҳ бслинглар, биродарларим.
Ha, yana siz ogohlikka ham chaqiribsizku"¦ Sizning davlat rahbarlari haqidagi aytganlaringiz kimningdir ko’ngliga ozor bermaydiyu, bizniki qattiq tegib ketdimi? A, labbay?
2-savol: Сиз сса мени мухолиф сайтларнинг ҳайриҳоҳлари сафига қсшиб, туҳмат қилишингизга оз қолибди..
Mayli men-ku sizni muxolif saytlar xayrihohiga chiqarib xato qilibman ham deylik. Lekin bu sizning rahbarlarga qilishingizga oz qolgan tuhmat oldida hech narsa emasku. Keling, bir boshidan tushuntiray.
Siz keltirgan misollaringizga bir e’tibor beringda:
1-misol: Мен устозингиз бир мақолаларида ёзиб стганларидек, халқпарварликни смас, ҲАҚпарварликни схши ксраман.. Бошқаларни ҳам шунга чақираман.. Майли, мен таъна тошларига ксмиб ташласинлар, халқ душманига чиқарсинлар.. Бу пайғамбарларнинг манхажидир. Иброҳим алайҳиссаломдек зот, Ҳалилуллоҳ, у кишининг оталари мушрик сди. Қавм ширк аҳлидан сди.. У киши оталари ва қавмини бутларни тарк қилишга чақирдилар. Улар бу даъватни қабул қилишмади. Иброҳим алайҳиссалом умр бсйи жоҳил, мушрик, Аллоҳни тан олмаган, нобакор бир қавм билан баҳслашиб, улар томонидан турли жафолар чеккан, ҳатто катта гулханга отилган сдилар. У зот ноилож қолиб, ватанини, слини, халқини, сқинларини, уй-жойлари, барча манфаатларини тарк стиб, бошқа юртга ёлғиз ҳижрат қилмадиларми?
Bu misolingiz bilan nima demoqchisiz? Men ham shirk ahlini to’g’ri yo’lga boshlashga harakat qildim, ammo ulardan ko’p aziyat chekdim demoqchimisiz? Mayli, aynan sizni misolingizda aytmaylik. Qolganlar, ya’ni hukumat ahlidan zulm chekib, chetga chiqib ketganlar, sizning misolingizdagi kabi
умр бсйи жоҳил, мушрик, Аллоҳни тан олмаган, нобакор бир қавм билан баҳслашиб, улар томонидан турли жафолар чеккан
insonlarmidi?! Agar siz aytgani kabi o’zbek tilining xususiyatlariga qaraydigan bo’lsak, siz bu bilan kimlarnidir mushrikka chiqarib qo’ymayapsizmikin?
2-misol: Ауҳ алайҳиссалом - қавмларини 950 йил йил Исломга даъват қилдилар. 950 йил ичида Аллоҳнинг динига сргашиб нажот топган одамларнинг адади саноқли бслди. Ўғиллари-Канъончи? Ўғлига нажот беришини ссраб Аллоҳга нола қилган кимса оддий инсон смасди, пайғамбар сди..
Bu misolingizda ham Islomga da’vat qilish haqida gapiribsiz. Bundan maqsad ne erdi? Agar siz ushbu misolingizda, hukumat egalariga qarshi gapirayotganlar, rahbarlarni dinga chaqirayabdi degan ma’noni ko’zlamagan bo’lsangiz, unda buni nima deb tushunish kerak?
Aqli ojizimcha, xatolarni tuzatishga chaqirish va Islomga da’vat qilish orasida farq borov, yana bilmadim.
3-misol: Мусо алайҳиссалом тарихларидан ҳам хабардормиз.. Бу зот Фиръавннинг хонадонига ссиб улғайдилар. Фиръавн хонадони у кишини тарбис қилди, едирди, ичирди.. Аммо буларнинг бари Мусо алайҳиссаломни Фиръавнга қарата ҳақни айтишдан, унга нисбатан Аллоҳнинг ҳукмини жорий қилишдан тсса олдими?
Xo’sh, bu misolingizdachi? Nima demoqchisiz? Yana Islomga da’vatmi? Tushunmadim, siz o’zi davlat rahbarlarining nuqsonlari deganda nimani nazarda tutgandingiz? Har bir misolingiz ularni dinsizga-yu, sizga o’xshagan "œhaqni aytuvchilarni" din targ’ibotchisiga chiqarayabdiku"¦ Bu nima degan gap???
4-misol: Аллоҳ ота-оналаримизга схшилик қилишни буюрди. Аммо уларнинг ссзини Ўзининг ссзидан устун қсйишдан қайтарди. Уларга бслган муҳаббатни Исломнинг муҳаббатидан олийроқ деб билишни ман стди. Аллоҳга осий бслинадиган ишларда ота-онага итоат қилишни таъқиқлади!
Yo, Olloh! Nimalar deyapsiz o’zi? Siz insonlarni, davlat rahbarlarini osiyligini biladigan darajaga yetdingizmi?? Men albatta bunday ma’no o’ylaganingizga sira ham ishonmayman!!! Lekin bunday mantiqsiz va bir uchi kimnidir ayblash uchun asos bo’la oladigan misollarni yozishdan maqsadingiz nima edi? Nima?
5-misol: Аллоҳ асрасин, отангиз намоз сқишни таъқиқласа, динингиз ҳақида куфр гапларни гапиришдан тоймаса, зулмни, фисқу фасодни кучайтирса, ширк, бидъатларни ёқлаб, насиҳату даъватларингизни қайириб ташласа, сиз бу отани қандай сева оласиз, айтинг? Қалбингиздаги нарсани айтинг..
Endi oldin bir narsani kelishib olaylik. Siz bu misollarni mening ota haqidagi gaplarimdan so’ng, unga javob sifatida yozgandingiz. Buni tan olasiza? Keyinchalik unday emas, men umumiy gapirgandim deb gapingizdan tonmang deymanda.
Endi mening "œhikoyacham"da ota deya O’zbekiston, aniqrog’I davlat rahbarlari nazarda tutuilgandi.
Demak, Sizning javobingizdan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, davlat rahbarlari siz aytganday namoz o’qishni ta’qiqlabdida? Shuning uchun ham har qadamdagi masjidlar qaytatdan qurilib, yanada go’zal, keng, shinam va barcha sharoitlari bor ko’rinishga kelayotgan ekanda? Shuning uchun ham har Hayit namozlarida yurtimizdagi minglab masjidlarga odamlar daryoday oqib kelishayotgan ekanda? Shuning uchun ham namoz o’qishga kelayotgan millionlab (!!!) musulmonlarning xavfsizligini ta’minlash uchun, hukumat maxsus xizmat vakillarini (militsiya, shifokorlar"¦) navbatchilikka qo’yayotgan ekanda?
Sizning javobingizdan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, davlat rahbarlari siz aytganday din haqida kufr gaplarni gapirishdan toymayotgan ekanda? Shuning uchun ham yurtimizda diniy dargohlarga bo’layotgan e’tibor yanada ortayotgan ekanda? Shuning uchun ham xozirgi kunda yurtimizda Islom dini haqidagi bir qancha o’nlab internet saytlari to’liq hajmda ishlab, kun sayin bunday manbalarning soni ortayotgan ekanda? Shuning uchun ham ko’chalarda har qadamda istalgancha diniy adabiyotlarni uchratishimiz, kitoblar, jurnallar, broshyura va h.k.larni hech qiynalmasdan olayotgan ekanmizda?
Sizning javobingizdan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, davlat rahbarlari siz aytganday shirk, bid’atlarni yoqlab, nasihatu, da’vatlarni qayirib tashlayotgan ekanda? Shuning uchun O’zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan tez-tez diniy masalalar bo’yicha fatvolar chiqarib turilar ekanda? Shuning uchun ham har yili minglab yurtdoshlarimiz Haj safariga borib kelayotgan ekanda?
6-misol: Саҳобалар шундай қилишдими? Уларнинг қалбларида Аллоҳ ва А асулининг севгиси ҳамма нарсадан устун сди. Ўзингиз бир сйланг, Макка қандай азиз сди улар учун? Борларидан воз кечишдику! Кимнинг отаси, кимнидир онаси, кимнидир сқин қариндошлари мушрик ва кофирлардан сди. Ким уларни деди? Уларда туғилиб ссган жойларига меҳр йсқ сдими ёки?
Xo’sh, mushrik va kofir ota-onalarini tashlab chiqib ketgan sahobalar bilan, xozirda yurtimizni tashlab chiqib ketayotgan yurtdoshlarimiz o’rtasida qanday bog’liqlik bor?
O’zingizcha Vatanga bo’lgan muhabbatni sahobalarimiz hayotidan olganligingiz tahsinga loyiq, ammo siz ushbu misolingiz bilan yurtimizda qolgan insonlarni mushrik va kofirlar ekanligini ta’kidlab qo’yganingizni o’zingiz atayin bilib yozdingizmi yoki bilmasdan?
Keyingi misollaringiz ham shu ko’rinishda, ularga ta’rif berib o’tirmayman:
"Ай иймон келтирганлар! Агар куфрни иймондан устун ксрсалар, ота-онангиз ва ака-укаларингизни дсст тутманг.
Куфрни ихтиёр стган қариндошларни дсст-валий тутиш ширкнинг бир ксринишидир.
2-savolning mag’zi:Астағфирулоҳ дейиш керак.. Биродар, сиз мен ҳақимда ёзган нарсаларнинг срмидан кспи ғайбни даъво қилиш-ку!.. Ўзимни қандай тутишим, қандай гапларни гапиришим сиз учун номаълум илм смасми!
Astag’firulloh"¦
Birodar, siz ham davlat egalari haqida yozgan narsalaringizning yarmidan ko’pi g’aybni da’vo qilish-ku!
Endi aytingchi, ularning iymonsizligi, mushrikligi, zulm va fisqu-fasodni kuchaytirishi va yana ko’plab shunga o’xshash ayblarni qo’yib tuhmat qilishga yaqinlashganingiz og’irroqmi yoki mening sizni muholif saytlarga xayrihohligingiz haqidagi ayblovimmi?
Qalbingizdagi narsani ayting"¦3-savol: Buni aslida savol emas, uzr desa ham bo’ladi.
"œҚуруқ гап шайдоси" (Давлат ОАВларида ишлайдиган аксарист қалам аҳлларини) деб ёзган жойимни ҳам топа олмаспман.Uzr, haqiqatdan siz unday demagan ekansiz, faqat
Улар ссздан пуфак смас, керак бслса, "матрияа" ссаб ташлайдилар..
degan ekansiz xolos.
Ming bor uzr, men sizning ta’rifingizni ancha yumshoq ko’rinishini keltiribman, aslida siz undanda qattiqroq tanqid qilgan ekansiz. Hali yoshmizda, ma’zur tutgaysiz"¦
Xulosa o’rnida: Хушнудбек, умуман, сизни ҳам Чехмик билан бирга мессенжерда кутаман, шекилли.. Форумни чатга айлантириш нистим йсқ. Ўзаро гапларимиз бошқаларни чалғитмасин дейман.
Men bu gaplarni atayin messenjerga qoldirmadim. Forumga joylashni afzal ko’rdim. Oshing halol bo’lsa, ko’chada ish.
Ushbu gaplar boshqalarni sira chalg’itmaydi. Mening maqsadim "œQizim senga aytaman, kelinim sen eshit" qabilida qolganlarga ham ozgina saboq bo’lsin deya yozdim. Vatan haqida va umuman butun yurtni so’rab turgan rahbarlar haqida biror aybni qo’yishdan oldin ozgina o’zimizni ularning o’rniga qo’yib ko’raylik hamda mulohaza qilib olaylik. 10 ta odamni boshqarish qo’limizdan keladimi, yo’qmi, bir tasavvur qilib olaylik. Gap ekan deb hamma joyda hamma narsani aytavermaydi. Qay go’rdagi ma’lumotlarni-yu, infolarni ovolib o’zimizga "œhujjat" qilib ko’tarib yurishdan saqlanaylik.
Ha, yana yuqoridagilardan xulosa sifatida bir gap:
Pichoqni oldin birovga ur, og’rimasa boshqaga.Ha aytgancha, Birodar, siz bilan messenjerda jon deb gaplashaman"¦ Nasib qilsa"¦