Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1369738 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 310 B

JaviK  19 Mart 2010, 20:26:42

bugun juda ko`p bekorchi postlar qoldirdim ollohni o`zi kechirsin. hammaga omad yor bo`lsin.

Qayd etilgan

Ansora  19 Mart 2010, 21:01:43

A.alaykum. Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlarinin duolari shu tariqadir:

Turk tilida: "œSağlığımızda bizi vefatımızdan sonra kabrimizi ziyaret edenler ve türbemizin önünden geçtiğinde fatiha okuyanlar bizimdir
Bizi sevenler denizde boğulmasın ahir ömürlerinde fakirlik çekmesin, imanlarını kurtarmadıkça göçmesin"

O'zbek tiliga tarjimasi:

"Sog'ligimizda (yani o'lmasdan oldin) bizni, vafotimizdan keyin esa qabrimizni ziyorat etganlar va mozorimiz yonidan o'tganda Fotiha o'qiganlar bizdandir (yani biz uchun begona emaslar)
Bizni yaxshi ko'rganlar dengizda cho'kmasinlar, umrlarining ohirigacha faqirlik ko'rmasinlar, iymonlarini qutqarmaguncha ko'chmasinlar (yani dunyodan o'tmasinlar)

Abu Muso akani imzolaridagi duoni qayerdan olganliklarini bilmadim.

Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlari ham Valiy zotlardan biridir. Valiy zotlarning har bir so'zlarini bizday (oddiy) insonlarning to'liq holda tushinishi qiyin, deb o'ylayman.

Qolaversa tildan tilga tarjima qilinganda matndagi asl ma'no o'zgarishi mumkin.

Tasavvufni ham unutmaslik kerak....

Qayd etilgan

Musannif Adham  19 Mart 2010, 21:13:35

A.alaykum. Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlarinin duolari shu tariqadir:

Turk tilida: "œSağlığımızda bizi vefatımızdan sonra kabrimizi ziyaret edenler ve türbemizin önünden geçtiğinde fatiha okuyanlar bizimdir
Bizi sevenler denizde boğulmasın ahir ömürlerinde fakirlik çekmesin, imanlarını kurtarmadıkça göçmesin"

O'zbek tiliga tarjimasi:

"Sog'ligimizda (yani o'lmasdan oldin) bizni, vafotimizdan keyin esa qabrimizni ziyorat etganlar va mozorimiz yonidan o'tganda Fotiha o'qiganlar bizdandir (yani biz uchun begona emaslar)
Bizni yaxshi ko'rganlar dengizga cho'kmasinlar, umrlarining ohirigacha faqirlik ko'rmasinlar, iymonlarini qutqarmaguncha ko'chmasinlar (yani dunyodan o'tmasinlar)

Abu Muso akani imzolaridagi duoni qayerdan olganliklarini bilmadim.

Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlari ham Valiy zotlardan biridir. Valiy zotlarning har bir so'zlarini bizday (oddiy) insonlarning to'liq holda tushinishi qiyin, deb o'ylayman.

Qolaversa tildan tilga tarjima qilinganda matndagi asl ma'no o'zgarishi mumkin.

Tasavvufni ham unutmaslik kerak....

Assalomu Alaykum.

Mana shu postingizni Abu Muso akamiz ham inobatga oladilar deb o'ylayman.

Qayd etilgan

ibrohim  20 Mart 2010, 03:00:02

Bir userni rosa tanqid qivordim, shunga oldindan UZR so'reman.

Qayd etilgan

ibrohim  20 Mart 2010, 03:01:26

:as:

Birodar, imzodagi bu so'zlar menikimas, iqtibos(tsitata) gap.
Menga ma'qul bolgani uchun, imzoga joylagan edim. Keyin,
siz aytgandek aqidaga zidligini ko'rmagan edim. O'limlaridan
xabardordirlar va xabar beradilar, deyilsa siz aytgandek bo'ladi.
Bu erda bu so'zlar duo tariqasida, so'rash ma'nosida aytilgan.
Alloh o'zi istagan bandasiga, o'zi hohlagan narsasini bildirishi
mukinligi haqida esa, aqidaga zidlik tarafini ko'rmaganman...
Vallohu a'lam.

meni fikrimcha qayerdadir eshitganman .har bir  Ollohga ibodat chog`imizda bu ibodatim oxirgisi bo`lishi mumkin shuning uchun yahshiroq qile deb niyat qilish kerak ekan. Aralashganim uchun uzr. O`limni o`ylashlik va o`lim borligigi birodarlariga eslatish gunoh emas, Olloh bilguvchi zotdir

Assalamu Alaykum.

Abu Muso aka, men Sizga xolis nasihat qildim. (Din - nasihatdir.) Bu so'zni shu ma'noda tushuning. Gapimning isboti uchun oyatdan dalil keltirdim. Biz zohiriga qarab olamiz. Botinida, "u duo uchun aytilgan, undoq-bundoq" degan gap menga ham, Sizga ham yarashmaydi. Albatta bu imzo Sizning so'zingiz emas, o'sha filmni men ham ko'rganman. Lekin bu yerda aqidaga ochiq xiloflik bor. Aka, iltimos, butun Islom ummati ittifoq qilgan narsada bahslashmaylik. Agar: "O'zingiz bahsni boshladingingiz", desangiz, men buni bahslashish uchun emas, menga ko'rinib turgan zohiri aqidaga zidligi uchun gapirdim. Endi, hujjat kelganda, bu falonchining gapi deyish to'g'ri emas. Keyin Aziz Mahmud Xudoyi bizga hujjat bo'lolmaydi - agar gap-so'zlari oyat va hadislarga qarshi chiqsa. Yana bir jihati, bu filmni bizga o'zbekchaga tarjima qilib ko'rsatishgan, balki tarjimada xatoga yo'l qo'yilgandir. Ana shularni hisobga olib, bu jumlani o'zgartirishingizni yana bir bor iltimos qilaman.   

Assalamu Alaykum.

ISHQILIB TO'G'RI YO'LDAN ADASHMAYLIK.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  20 Mart 2010, 12:17:48

Assalomu alaykum.

Yanayam bilmadimu, mening ojiz fikrimcha Abu Muso aka lo'nda va qisqa qilib tushuntirdilar:

:as:

O'limlaridan xabardordirlar va xabar beradilar, deyilsa siz aytgandek bo'ladi.
Bu erda bu so'zlar duo tariqasida, so'rash ma'nosida aytilgan.

Va mana bu gap bunga nuqta qo'yishi ham kerak ediyov:

:as:

Alloh o'zi istagan bandasiga, o'zi hohlagan narsasini bildirishi
mukinligi haqida esa, aqidaga zidlik tarafini ko'rmaganman...
Vallohu a'lam.

Yoki siz buni inkor qilasizmi?!

A.alaykum. Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlarinin duolari shu tariqadir:

.....

Abu Muso akani imzolaridagi duoni qayerdan olganliklarini bilmadim.

Men bir joyiga sal tushunmadimda. Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlari faqat bir marta duo qilmagandirlar? Abu Muso aka ham osmondan olmagan bo'lsa kerak?

Yana bir iltimos.

Assalomu Alaykum.

Abu Muso aka, mana shu imzoingizdagi tagiga chizilgan jumla Islom aqidasi nuqtai-nazaridan butunlay noto'g'ri.

Biron narsani gapirganda "menimcha", "mening shaxsiy fikrimga ko'ra" yoki "shunaqa bo'lsa kerak" degan ma'noda gapirilar. Ayniqsa diniy masalalarda. Biz bunday ilmga ega emasmiz, qaysiki nimanidir 100% to'g'ri yoki noto'g'riligini baholaydigan. Alloh bilguvchiroqdir...

Tag'inam kimgadir tanbeh berayotganda hushyorroq bo'laylik...

Qayd etilgan

Musannif Adham  20 Mart 2010, 14:42:34

Assalomu Alaykum. YURIST, bu yerda ''menimcha'' deb gapirishga hojat yo'q. Men o'zim aniq bilganim - g'ayb ilmiga iymon keltirish haqida gapirdim. Kimning qayerda va qachon o'lishi masalasi esa, mutlaq g'ayb ishlaridandir. Bu ilmga hatto Alloh suygan payg'ambarlar ham ega bo'lishmagan, ya'ni kimning qayerda qachon o'lishi haqidagi ilmga. Xabar berish esa, bundan ham yuqoriroq ilm darajasidir. Men quruq gap gapirmadim. Butun Islom olami, mazhab imomlari ittifoq qilgan, bu borada o'zaro ixtilof bo'lmagan narsani aytdim. Oyatni dalil qilib keltirdim. Ya'ni bu - mazhab ixtilofi masalasi emas. Haq kelganda qabul qilish kerak. Keyin, agar Sizda bu borada ilm bo'lmasa, menda Alhamdulillah bor va ilm payg'ambarlarning ummatga qoldirgan omonati bo'lib, uni bilgan bilmaganga yetkazishi lozim. Ana shuning uchun ham ''Din - nasihatdir''.  Assalomu Alaykum.

Qayd etilgan

Ansora  20 Mart 2010, 15:05:28

A.alaykum. Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlarining aynan shu duosi juda mashhur.
Maqbarasida ham Arab va Lotin yozuvida yana shu duosi yozilgan.
Turkiyada ham hamma yoddan biladi, shuning uchun aytgandim.
Tabiiki boshqa duolari ham bordir.

Yana aytganimday Valiy zotlarning so'zlarini tom ma'nosida tushunib yetishimiz uchun bizni ham Tasavvuf ilmidan xabarimiz bo'lishi kerak.

Bilganimchalik juda ko'p inson Tasavvufga ham qarshi....

İltimos din qardoshlar, millatdoshlar, bu tur ilohiy duolar ustida tortishib bekordan bekorga bir-birimizni dilimizni og'ritmaylik....

Duoni o'qiylik, kim qanday tushunsa shunday tushunsin vassalom....

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  20 Mart 2010, 15:32:18

Mana shu postingizni Musannif Adham akamiz ham inobatga oladilar deb o'ylayman.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  20 Mart 2010, 15:45:45

Assalomu Alaykum. YURIST, bu yerda ''menimcha'' deb gapirishga hojat yo'q. Men o'zim aniq bilganim - g'ayb ilmiga iymon keltirish haqida gapirdim.

Nima siz g'ayb ilmi bo'yicha superprofessionalmisizki, aniq deb gapirasiz? Alloh siz va bizning aqlimizga sig'magan ishlarga qodir. Buning ustida iltimos, bahs yuritmaylik...

Iqtibos
Kimning qayerda va qachon o'lishi masalasi esa, mutlaq g'ayb ishlaridandir. Bu ilmga hatto Alloh suygan payg'ambarlar ham ega bo'lishmagan, ya'ni kimning qayerda qachon o'lishi haqidagi ilmga. Xabar berish esa, bundan ham yuqoriroq ilm darajasidir.

Siz ilmliman deysizu, lekin gap nima haqida ketayotganini to'g'ri tushunganiz yo'qku hali.

Bu yerda Abu Muso aka payg'ambarlarning yoki yana boshqa kimningdir o'lim haqida xabar berishi haqida emas, aksincha Allohning qaysidir bandasiga o'limi haqida xabar berishi haqida aytib o'tgandilar.

Iqtibos
Keyin, agar Sizda bu borada ilm bo'lmasa, menda Alhamdulillah bor

Kimnidir ilmi bor-yo'qligini sarhisob qilish sizni ishiz emas. Ilmingiz bo'lsa, qaddizni uring! Lekin shuni bilingki, sizning ilmingiz mukammal emas va hech qachon mukammal bo'lmaydi ham... Mukammallik faqat Allohgagina xos...

Salomat bo'ling.

Qayd etilgan