Hurmatli
lolo opajonimga!
Subhanolloh, qalaysiz? Ishlaringiz yaxshimi? Siz bilan ba'zi tushunmovchiliklar paydo bo'lmoqda... Biz yoshlik qilib andak andishasizlik qilayoturmiz shakilli, ushbu yoshligimiz tushunmovchiliklarning asosi bo'lib xizmat qilmoqdamikin-a?
Hamma joyda javob qaytarmasdan, shu yerda jamlab qo'yishni ixtiyor etdim, vallohi a'lam.
hoy !!!!!!!!! tuhmat qimen!
xozi bilasmi bu gapiz bn nima qivassiz?!
olovga benzin sepvas! u kishiyam odamla!
odammas dimayamman.
(voqtida post yozib qo'yi, tag'in keyn yoqalashb yurmi)
Y_U_R_I_S_T, sizam borgan sari yengilte bb borvas.
O'zizzi qo'lga ovalin, tag'in hafa qilib qo'yishmasin!
A, xo'p, baqirmang opajon. Yaxshi eshitaman. :-)))
Nega bunchalar jaxl qilayapsiz? Axir xazillashdim-ku. Siz bu gapiz bilan ChehMikni haqorat qilayapsiz... Ya'ni xuddi meni
Qisqasi sizni odammas demoqchilar... va haqlar :-))))
degan gapimni ChehMik jiddiy tushunib siz bilan urush qiladiganday... Uniyam aqli bor-ku. Meni ushbu postimni sizdan boshqa forumdagi barcha userlar hazil ekanligini tushunib turibdi-ku, sizni jaxl qilishingizni qarang.
O'zizzi qo'lga ovalin, tag'in hafa qilib qo'yishmasin!

Subhanalloh! E manga qaren
Subhanolloh! Qaradim opajon...
Oldinchi siz o'zizga bir qaren
Iye, kimga qaray birinchi? Sizgami, o'zimgami? Bitta ko'zim bilan sizga, bittasi bilan o'zimga qarolmayman. G'ilay emasmanku har holda. G'ilay emasligim uchun, Allohga shukur.
Bo'pti o'zimga qarayman... O'zimga qarash uchun oyna topolmagandim, atayin monitorimni o'chirib, monitorim orqali o'zimga qarb oldim. Normalniy, tuppa-tuzuk, chiroylikkina bir bola tikilib turibdi...
Ha, endi buyog'i samareklama... :-)))
ilgari tuppa tuzu, jiddiy odam ediz.
Xo'sh, jiddiy gapiradigan bo'lsak, vallohi a'lam... Subhanolloh, men oldinlari ham hazilkash edim. Tug'ilganimdan shunaqaman. Jiddiyligim haqida gapiradigan bo'lsam, joyi kelganda jiddiy mulohaza qoldiraman. Axir bitta inson faqat hazil yoki faqat jiddiy post qildirmaydiku... Masalan,
Ta'ziyanoma mavzusida qanaqa qilib hazil post qilish mumkin. O'sha joyda jiddiy gapiraman. Bu degani meni doimiy jiddiy inson degani emasku... Siz mening hazil postlarimdan shunchalik ajablanayapsizki, xuddi AbdulAziz va Musannif Adham offpost qilgandek, Salmoni Forsiy latifa aytgandek, Chustiy dieta tutgandek, ikbaljohn mavzuga oid gapirgandek (offpost qilmagandek) va h.k. Men o'zimgaishonch bilan ayta olamanki, o'zgarganim yo'q...!!!!
Arbuzdan "do'stla" orttirvolip ulaga qo'shilib aynidis-qo'ydis, sizga yarashmayapti.
Tushunmadim, bu yerda Arbuzni nima aloqasi bor??? Tinchgina yurgan odamlarni bezovta qilmangda endi...
Sizga nima? Siz uxlang, hech ishingiz bo'lmasin... degan qo'shiq bo'lardi bir zamonlar...
Siz mani yozgan gaplarimni esa hali-veri chunmisiz, vallohu a'lam.
Bu gapizda jon bor... Sizni yozganlarizni hali-veri tushunolmayapman... Tushlarimga kirib chiqayapti (Izoh: men ham forumni asosan
kunduzi o'qiyman). Endi opajon, sizning gaplaringizni tushunishim uchun sizday fikrlashim kerak, vallohu a'lam. Sizday fikrlashim uchun esa,
Chunki chunishiz uchun boshqacha o'lchovlarni ham o'rganishiz kk bo'ladi, faqat dunyoviy ilmlani o'rganb emas.
Demak, menga hali yana ancha bor ekan... (Izoh: Faqat dunyoviy ilmlarni o'rganib, boshqa o'lchovlarni bilmaydigan bitta menmi desam, forumda bundaylar soni ko'p ekan. Ular ham sizni postingizni tushunolmay halaklar... Hali BIZga ancha bor ekan...)
Mani yozgan gaplarimni esa Mahdiyah juda yaxshi chundila, chunki ula chuna oladigan darajada yozdim, ilm darajalarini hisobga olgan holda.
Ha, juda yaxshi tushunganlar gapizni. Mana isboti:
Alloh bergan kalla bilan fikr yuritvomman!
Ular o'zlarini atayin tushunmaganga solayaptilar-a, shundaymi? Yomon ayyor bo'lib ketgansizda
Mahdiyah... O'ziz tushunib turibsizku,
lolo nima deganini, yana bilmaganga olasiz-a! Yoki rostan tushunmadingizmi??? Nahotki... Nahotki sizning ilmingiz ham
lolo aytgan fikrlarni tushunadigan daraja bo'lmasa...

O'qing, faqat dunyoviy ilmlar bilan cheklanmang... Shunda tushunasiz...
Hamma o'z qarichi bn o'lchaydi. Eng yomoni esa u o'z qarichini eng to'g'ri, deb o'ylashi!
Shuning uchun o'lchashdan oldin qarichini ma'lum standartlarga to'g'irlab olishi kk!
To'ppa-to'gri! Faqat yana bitta muammo bor:
Hamma o'zini qarichi standart deb o'ylaydida... Siz ham shunday yo'ldan borayapsiz opajon...
Mahdiyah, sizdan xechnima qidirmayamman, uzr.... Balki tasodifan tez-tez va ketma-ket hatoliklar topib qolayotgandurman.
Qarang, darrov xatolik deya atayapsiz, o'z fikrlaringizni... O'zingiz uchun ham bu g'alati tuyulmayaptimi? Balki ularning fikri ham to'g'ridir... Balki saaaallll qarichi kichkinaroqdir, siznikidan???
Menimcha tushunmovchiliklarga ba'zida mana bu narsa ham sabab bo'layapti shekilli:
Mani tug'ilganimdan boshlab xozirgacha nima ishim birinchi marta bo'lgan bo'lsa hammasi kulgili bo'lgan, sababi esa juda soddalik qilgan bo'laman... O'zi shundog'am "...eee
shunaqayam sodda bo'lasanmi..." degan gaplar keragidanam ortiq!
Va nihoyat so'ngi gap:
Zakovatga yozvoraman ustizdan, o'zligi tarbiyalab-adabizzi berib qo'yishadi.
Endi bunisi oshiqcha bo'ldi, opajon... Zakovatga yozishiz mumkin, lekin
o'zligi tarbiyalab-adabizzi berib qo'yishadi.
degan gapiz... Ollohga shukur, ota-onam qo'llaridan kelganicha tarbiya berishga harakat qilishgan va buni davom ettirishayapti. Agar mening tarbiyam sizning qarichlaringizga to'g'ri kelmasa, ming bor uzr. Ammo bir narsani tushuning, men sizning qarichingiz o'lchamlariga tushish uchun barmoqlarimni kesmayman... Mening o'z dunyoqarashim bor. Kichkinagina, faqat dunyoviy ilmlar bilan sug'orilgan dunyoqarash... Xozircha shaxsan menga shu dunyoqarashni o'zi yetib turibdi. Agar biron joyda kamlik qilib qolsa, sizdan so'rab turarman, vallohu a'lam...
Qo'shimcha izohlar:
Subhanalloh, savol boshlaganizda "uylangan" dediz, endi esa "userka" divas! Odamlarni chalg'itish maqsadidami? yoki e'tiborsizlik qilib yozvardismi?
Ular (registan) chalg'itayotganlari yo'q. Bu yerda ular (registan) ikkita user haqida gapirganlar:
1.
Mani bir hazilimni deb, xafa bo'lib, man qoldirgan postdan oldingi postini o'chirgan foydalanuvchi.
(Topib bo'psila)
2.
Yana bitta savol: Forumda RSS dan unumli foydalanadigan, o'ylab-o'ylab yozadigan, post qoldirishdan oldin uni boshqa joyga yozib keyin forumga joylaydigan, yoshi 28-35 lar orasida, uylangan, farzandli, o'g'li bor, besh vaqt namozni kanda qilmaydigan user kim? 
P.S. Bular hammasi mening shaxsiy fikrlarim, balki to'g'ridir, balki xato.
Sizni o'ylantirgan post esa, ya'ni
Mani bir hazilimni deb, xafa bo'lib, man qoldirgan postdan oldingi postini o'chirgan foydalanuvchi.
(Topib bo'psila)
Bunga ham yana yordam bervoraman. Bu kishi userka bo'lib, nicklari boshqa userkamizning nicklari bilan ma'nosi bir xil, faqat u userkamizniki boshqa tilda. 
bu 1-userka haqidagi savolga yordam edi.
Yana bir savol: RSS nima?
RSS: Bu elektron obunaga o'xshash narsa bo'lib, unga obuna bo'lsangiz, forumdagi yangi postlardan osonroq ko'rinishda xabardor bo'lib turishingiz mumkin.
Alloh barchamizning muammolarimizga chiroyli yechim bersin! aamin!