Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1370210 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 310 B


Robiya  14 Noyabr 2009, 16:17:20

Robiyani "to'y"i haqidagi uydirmalarni boshlagan bebosh user :)



Beboshning sinonimi => "boshsiz". Boshsizning sinonimi => "Kallasi yo'q". Kallasi yo'qning sinonimi => "xumpar".

Qarang Y_U_R_I_S_T, Robya sizni xumpar dediya...;D

Hay hay registan birodar, o'zi endi zo'rg'a yetishganim forumimdan yana ayirmoqchimisiz a? :))

Bo'ldiyey, qaytib gapirmayman bunaqa, hammasini o'zinglar boshlagansila, yo'q joydan to'y boshlab...

ChehMikkkkkk........

Qayd etilgan


Ansora  14 Noyabr 2009, 16:22:44

Loloxon- adash, Sergey Bubkani ko'pchilik tanimasligi mumkin. Lekin juda zo'r atlet. Uning 6.15 uzunlik rekordini hali hech kim yangilay olmadi....
Xatto Ukrainaning Donetsk shahrida unga haykal o'rnatilgan, Ukrainlarning Milliy g'ururi....

To'liq ma'lumot uchun:

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D1%83%D0%B1%D0%BA%D0%B0,_%D0%A1%D0%B5%D1%80%D0%B3%D0%B5%D0%B9_%D0%9D%D0%B0%D0%B7%D0%B0%D1%80%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%87

(Baribir sport musobaqalarida Bayrog'ingni ko'rishday g'urur yo'g'daaaa)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 Noyabr 2009, 16:56:47

Kecha Xayrulla akadan SMS oldim. Yangi ijodlaridan"¦ Shu insonning she’rlariga besh ketamanda. Ularga javob yozish ham maroqli. Alloh rozi bo’lsin ulardan"¦

Olimlarga doim qilamiz ta’zim,
Bu asl fitratdir, haqiqiy mujda.
Bilmagan ilmini bilgani uchun
Malaklar Odamga qildilar sajda!


Ularga javob yozib yubordim. Bir ilhom kelib qoldida:

Besh qo’l barobarmas, ba’zi insonning,
Odamiylik hissi oqmas qonida.
Malaklar ilmini qo’ya turaylik,
Eshshak aqlliroq uning yonida!


Qayd etilgan


Munira xonim  14 Noyabr 2009, 20:17:01

Assalamu alaykum.
"Forumdoshdan forumdoshga savol" bo'limiga yozmoqchi edim bu postni,lekin mavzudan chetlashgim kelmadi.
U yerda mavzuni juda go'zal postlar bilan to'lishiga sababchi bo'layotgan SHOIRga shaxsan minnatdorchilik bildirmoqchman. U kishini go'zal savolariga go'zal javoblar yo'llayotgan Kapalak xonimga, Imlaah, Abdulaziz, Ulug'bek75, Shokirbek,Muslima va qolgan barcha ishtirokchilarimizga ham. Alloh barchalaridan rozi bo'lsin.
Bu postni qilishimga esa Salmoni Forsiyni javoblari bo'ldi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1477.msg203565#msg203565

Ushbu javob menga shunaqa ta'sir qildiki, hatto yig'lab yuborganimni o'zim ham bilmay qoldim.
Salmoni Forsiy Alloh sizdan rozi bo'lsin. Kichik bir hodisa tufayli (aslida kichik emas, lekin biz bechoralarni bunga ko'zlarimiz ko'nikdi) MEHRni nima ekanligini har qalbga tushuntirib berdingiz.
Alloh butun Muhammad SAV ummatlari orasida MEHR degan ulug' ne'matni kam qilmasin. Amiyn.

Qayd etilgan


registan  14 Noyabr 2009, 20:47:05

Va alaykum assalom!

Man sizlardan bir narsani so'ramoqchi edim. Forumda ko'p kishi "Alloh"ni "Allah" deb yozyapti. Bu to'g'rimi? Arab tilida ham "Alloh" deb talaffuz qilinadiku. Man oldin eshitmaganim uchun boshqacha tuyulyapti. Iltimos, shunga aniqlik kiritsangiz.

Qayd etilgan


Arbuzchi  14 Noyabr 2009, 20:50:14

Arabchada Alloh deb talafuz qilinmaydi. Allah deb talaffuz qilinadi. Agar o'zbeychada etadigan bo'seyz Olloh bo'lishi kerey. Nimaga Ollohni, Alloh deb yozyapsiz?! :(

Qayd etilgan


registan  14 Noyabr 2009, 21:02:02

Munozara mavzusi arab tili yoki o'zbek tili emas. Man qur'on arab tilida yozilganligi uchun arb tili dedim. Siz "Alloh" so'zi qur'onda kelganda qanaqa talaffuz qilasiz? "Olloh" debmi? Manimcha hech kim bunaqa talaffuz qilmaydi. Shu nuqtai-nazardan aytgandim. Tajvidda "Alloh" lafzini talaffuz qilishda, yozishda "Allah" yoziladi ammo "Alloh" deb o'qiladi deyishgandi. Yana ham Alloh bilguvchidir.

Qayd etilgan


Shokirbek  14 Noyabr 2009, 21:20:51

Arab tilida bir xil shaklda talaffuz qilinmaydi, balki nahviy qoidaga binoan agar Alloh kalimasidan oldin oxiri fathali yoki zammali kalima kelsa h dan oldingi harf o o'qiladi, agar kasrali bo'lsa h dan oldingi harf a o'qiladi. Masalan: Ka'batulloh, Innalloha, Bismillahi va h.k. Undan tashqari Alloh so'zi alohida gap va jumla boshida kelsa ham h dan oldingi harf o o'qiladi. "Allohu nazzala ahsanal hadisi" oyati kabi.

Shunga ko'ra, o'zbek tilida Alloh kalimasini boshqa kalimalarga qo'shsak-qo'shmasak o'zgarmagani uchun "Alloh" shaklida yozish maqsadga muvofiqdir, turklar "Allah" shaklida yozishi bizga hujjat bo'lmaydi, turklarning talaffuzi boshqacha.

Ba'zi ulamolarimiz, adiblarimiz yozganidek "Olloh" shaklida yozish ham menimcha uncha to'g'ri emas, chunki arab tilidan bizga kirib kelgan so'zlarda agar uzun-cho'ziq unli (madli) harf bo'lsa, o'shalarni "o" qilib o'qiymiz, madga dalolat qilsin deb. Masalan: Shafoat, sanoat, shijoat, munozara, mutolaa, mustazod va hk. "O" harfi kelgan yeri arab tilida cho'ziq (zabardan keyin ham alif-madi bor bo'lgan) harf hisoblanadi.

Qayd etilgan


Nurzoda  15 Noyabr 2009, 02:35:50

:)Hamma forum a'zolariga Assalomu Alekum!
Man betda yengi bo'ganimga hali unchalik tushunmiman forumni mani bitta iltimosim boridi forumga qanaqib foto joylash mumkin iltimos o'rgativoriyla oldindan kotta rahmat  :  : )
http://imageshack.us/ saytiga kirasiz, browse orqali kerakli rasmni tanlisiz, start upload qilasiz forum uchun ssilka beradi ushani qo'yasiz, yoki img.uz saytidan foydalanishingiz mumkin

Kotta rahmat yordamiz uchun Alloh rozi bo'lsin.=)[/b][/color]

Qayd etilgan


Nurzoda  15 Noyabr 2009, 02:38:54

:)Hamma forum a'zolariga Assalomu Alekum!
Man betda yengi bo'ganimga hali unchalik tushunmiman forumni mani bitta iltimosim boridi forumga qanaqib foto joylash mumkin iltimos o'rgativoriyla oldindan kotta rahmat  :  : )
waalaykum assalom Nurzoda...

yana bir oson yo'li--post qoldiradigan joyda "Oldindan ko'rish" degan tugma bor...shuni bossez, pastda Fayl yuklash degan  tugma chiqadi...o'shettan kompizdagi rasmlarni qo'yas...faqat qo'yayotgan rasmiz--1 MB 24 kb dan oshmasligi kere...

off da off: o'zi koooop narsalalrni tushunmagan yaxhsikan forumda....
Omad hammaga...

har xil shubha gumonlarga borurmela, agar hech o'zlarini to'xtatolmasela gumonga borishdan,yaxshi gumon qipqo'yurila...

Kotta rahmat sizgayam yordamiz uchun Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan