Masalaning ikkinchi tomoni ham borda. Masalan, ko'pchilik iqtisodchilar uchun "sarmoya" so'zi o'rniga "investitsiya"ni ishlatish qulay. Jumladan, o'zim ham shu usuldan foydalanaman. Yaqin yilarda "sarmoya" atamasini ham adabiy til tarkibiga kiritishgan edi. keyinchalik olib tashlashdi. O'zim, ilk marta "uchoq" so'zini ko'rganimda, nima ma'no anglatishini tushunmaganman. Yana bir misol, inglizchadagi "company"ni ham ba'zan o'zbekchag "korxona" deb tarjima qilishdai. Bir tasavvur qilib ko'ring, "Genral Motor korxonasi" ma'qulmi yoki "General Motors kompaniyasi". Shaxsan men uchun ikkinchisi ma'qul. O'zim ham shu kabiu muammolarga ko'p marta duch kelyapman. Yaqinda bir loyihani boshlagan edik. O'zbek tilida jahon iqtisodiyotiga oid yangi sayt ochdik -
www.zukko.uz Hozircha asosan chet el manbalaridan tarjima qilib, mqolalar joylayapmiz. Bunda ham asosiy muammo o'zbek atamashunozligida ba'zi tushunchalarning mavjud emasligi. Bularga bir olam misol keltirish mumkin: "hedge fund", "green technology", "quantitive easing", va boshqalar. Bu iboralarning ma'nisini tushunamiz, lekin o'quvchiga uni sof o'zbek tilida izohlab berishning imkoni bo'lmayapti. Bu v abu kabi muammolarning yechimi hali oldinda katta to'siq bo'lib turibdi.
BBC muxbirlari ba'zi so'zlarni sof o'zbekchalashtiraman deb uni buzib qo'yishmoqda.