Bir mulohaza aytmoqchiman, muhtaram a'zolarimiz yuraklarini keng qilgan holda o'qisalar, muayyan bir kishiga qaratilgan deb bilmasalar yaxshi bo'lar edi. Kishi qaysi tilda so'zlashsa o'sha til qoidalaridan kelib chiqib, o'sha til terminlariga rioya qilgan holda yozishi kerak bo'ladi. Bu - barcha ittifoq qilgan qoidadir.
Bizning o'zbek tilimizdagi "birodar" so'zi asli forschadan kelib chiqqan bo'lib, tug'ishgan aka yoki uka, degan ma'noni beradi, o'zbek tilida bu ma'noni kengroq olib, "o'rtoq, do'st" ma'nosida ishlatishib, faqat erkak kishilarga nisbatan qo'llab kelishgan va bu so'z hozir ham shu ma'nodan boshqasini bermaydi. Ayollarga esa ayni shu ma'noda "dugona, hamshira (bunisi ancha kam)" so'zlari qo'llangan. Ba'zi muhtarama singillarimiz buni "din yo'lidagi dugona" degan ma'noga moslab olishgan ko'rinadi, ularning "bir birodarim... " deganlarini, keyin hikoya davomida o'sha "birodar"ning ayol kishi ekanini payqadim. O'zbek tilida bunday istiloh chiqarib olish (erkakka ishlatilgan so'zni muayyan ayollarga xoslash) menimcha xato. Buning o'rniga ilgari ayollarga ishlatilib kelgan "dugona, hamshira" kabi so'zlarni ishlatish ma'qulroq. Mabodo, diniy yo'ldagi "uxt" (opa-singil) ma'nosini aytmoqchi bo'layotgan bo'lsalar, unda ayollarga xos terminlardan birini tanlashlari lozim, erkaklarga xos terminlardan birini olmasdan.
Mulohazam qo'polroq chiqqan bo'lsa uzr so'rayman.