Roviysi esimda yoqku lekin bir hadis manga juda ham tasir qilgan edi.
Rasululloh aytganakanlar:
Men bilgan narsalarni bilganingizda edi kamroq kular koproq yig'lar edingiz - Mazmunidagi hadisni birinchi bor eshitganimda ko'zimga nogahon yosh kelgan edi. Lekin shu kunlarda shu darajada o'zgarib ketganmanki, bu hadisni bila turib, kop kular, umuman yig'lamas bo'ldim. Birodarlar ortimizga qaraylik ozimiz bilan ohirat uchun qanday yukni olib ketmoqdamiz. Bir birimizni hafa qilish, dilga ozor berishdan bo'shamay qoldik. Falonchi meni
Ahli forumni oldida sharmanda qildi deb, unga javoban yanada masharanomuz sozlarni yozib uni ham sharmanda qildim deb oylayapsiz. Vaholanki haqiqiy Mo'min ozgalardan kelayotgan ozorga tahammul qilishlikga organgan bo'ladi. Eng qattiq sharmanda bo'lishlik bu qiyomatdagi sharmandalikdir. Agar odam Allohdan kitobda yozilgani uchun yoki ota onasiga taqlid qilgani uchun qo'rqsa, u hato qilibdi. Allohni qanday zotligini tushungan holda undan qo'rqish va ibodatda bolishlik kerak. Brodarlar insonlarga ohirati uchun kerak boladigan postlarni qoldiraylik. Azizlardan biri aytgan ekan -
Insonlarga foydamzi tegmayaptiku, lekin Allohga shukurki zararimiz ham tegkani yoq - Yani inson insonlar uchun foydali bir ishlarni qila olmas ekan, hech bolmasam zarari ham tegmay tursinda. Eng avvalo inson Allohni bandalari uchun moddiyan manaviyan qanday foydam tegdi deb o'zini hisob qilsin.
Yana bir hadisni mazmunan yozmoqchiman:
Birovlarni kuldiraman db yolgón so'ylagan insonni holiga voy Degan ekanlar Rasululloh
Alloh Yuzimizni yorug'qilsin.