Bu bid'atdan ko'pchilikning habari yo'qligini bilmas ekanman. Bilib turib eshitaverishadi deb o'ylaganakanman. Kapalak opa, man buni bid'atligini o'zim o'ylab topganim yo'q. Bilgan narsamni eslatdim holos. Gapim sizlarni gapingizga to'ri kelmasa bitta shunga mani o'likka chiqarish kerakmi?! Alhamdulillah...
...bir hikmat esimga tushib ketti: O'lishingdan oldin o'lgin, yoki o'lishindan oldin tirilgin (shunaqamidi)!
A.alaykum. Avvalambor Lolo gaplarim og'ir botgan bo'lsa uzr, men siz shundaysiz, demadim, faqat bu savolni sizga berdim.
Yani siz hechmi ko'nglingizga xush kelgan ishni qilmadingiz, bir eslab ko'ring, demoqchi bo'ldim.
"Xayolga sig'magan xayollar" mavzusida 2-3 marta uzundan-uzun filmday stenariy yozib, hammamizni kuldirdingiz, rahmat. Hattoki tishlarini oqini ko'rsatmaydigan (men shunday deb o'ylayman) o'ta jiddiy Musannif Adham ham sizni xazilingizga yaxshigina kulib, xazilni tushunmaganlarga qarshi ham o'z fikrlarini yozdilar.
Yani biz inson bolasi, gohida jiddiy, gohida xazil bilan to'la hayot kechiramiz.
Nashidalarga kelsak men bu nashidalarga: "Qur'on va Hadis ta'sirida o'rtaga chiqqan yangi asar", deb qarayman. Zotan mavzuni ochgan qizimiz ham bilganimchalik anchagina dindor.
Bir dugonam bor edi, O'zbek. Qabul qilaylik, O'zbekistonda hamma ham to'liq İslom dini haqida bilimga ega emas. Dugonam ham juda yaxshi inson, halol, pok. Birovni haqqini yemagan, lekin Dinimiz bilan bog'liq nima eshitsa hech ta'sirlanmasdi, sababi oilasi o'ta "ruslashib" ketgan insonlardan edi.
Hulllas, shu qiz Turkiyalik Dursun Ali Erzinjanlining Dinimiz bilan bog'liq she'r, qasida, monologlarini eshitib iymoni kuchaydi, hatto namoz o'qidi.
İymonning insonga nimadan, qanday berilishi hech kimga ayon bo'lmaydi. Bir og'iz shirin so'z, yoki bir chiroyli uslubli harakat balki dindan uzoq birini dinga yaqinlashishiga yetadi. Bu albatta nasib masalasi.
Men o'sha kuni yozgan bu satirlarim aynan shu kabi voqealarni o'ylab turib yozilgandi.
Agar o'qiganlar tarafidan: Nafsingizga quloq bering, yoki nafsingiz nimani buyursa shuni bajaring, tarzida anglashilgan bo'lsa uzr so'rayman.
Aslida olib qarasak bazan umumiy forumlarda erkak-ayol aralash-quralash faoliyatda bo'lib, yozishimiz ham siz aytganday bid'attir.
Tortishma yaratuvchilar safiga eng ohirida men kiraman, aslida.
Hoxlaganim, bir-birimiz bilan tinchlik-totuvlik bilan bizga berilgan, nasib vaqtni o'tkazaylik.
Bazida shunday jiddiy fikrlaringiz bilan kimlarningdir iymon bilan junbushga kelmoqchi bo'lgan qalbiga "to'hta" amrini berib qo'yayotganingiz uchungina shu fikrni yozgandim.
Dinda majburlash yo'q. Qarshimizdagi insonga to'g'ri yo'lni ko'rsatmoqchi bo'lsak faqat va faqat shirin so'z va chiroyli uslub-harakatlarimiz bilangina ta'sirimizni o'tkaza olishimiz mumkin.
Bu gaplar boshda o'zimga qaratilgan, yana menga butun ayblarni qo'ydi, demang.
Rabbim bir-birimizga bo'lgan sabrimiz va muhabbatimizni ortirsin inshalloh.