Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1369594 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 ... 310 B

Chustiy  15 May 2010, 02:43:40

:as:

Bugun ajoyib bir tush ko'rdim, Juma namozidan so'ng masjidga kelganlarga Shayh MSMYning o'zlarining "Hadis va Hayot"ning qaysidir juzini o'z qo'llari bilan jamoatdagilarga tarqatmoqdalar, qandaydir marosim tufayli edi... Bizam bollar bilan bir chetga o'tib, agar kitob ortib qolsa keyin olamiz deb turibmiz ekan... Jamoatagilarga kitob tarqalgach va jamoatni o'zi ham ketgach Shayh kelarkanlar bittadan kitob berib, hamma bilan ko'rishib, keyin manga qarab "Man sizi yaxshi taniyman" deb yuzimdan chimchilab, yelkamga urib (erkalagandey) keyin duo qilib, suhbatlashib o'tirarkanmiz, mavzu www.hilol.com haqida edi :)
Uyqudan hursand bo'lib turdim, Alloh nafaqat tushimda, balki ong'imdayam yetqazsin deb qo'ydim....   :)

Wa alaykum assalom, amiyn. Alloh bundanda yaxshi tushlaringizni o'ngidan keltirsin.

Shayx "Prospekt Mira"ga borgan ekanlarmi? :P

Rostini etsam, aynan qaysi masjidligini bilolmadim, qandaydir notanish masjid edi lekin...

Qayd etilgan

JaviK  16 May 2010, 12:51:45

Dam olish kunlari toza havoda nonushta qilgandan keyin, yangi gazetalarni bemalooool, erinmay o'qishni yoqtiraman : )
Turk seriallari esimga tushib ketdi opajon ;)

Qayd etilgan

Chustiy  17 May 2010, 12:40:00

Bir necha kun oldin, 16-mayga 100 kishilik banket bo'ladi deb ketishgandi, keyin kelib 50 kishi keladigan bo'lishdi, banket qimasdan furshet qip qo'yamiz deganda, "har doimgidek, imom domlalar kelishsa kerak" deb o'ylagandim...
Bugun qarasam, bir islomiy tanishuv agentsvosi borakan, o'sha agenstvo mutasaddilari kecha o'tkazib, kechada tanishturuv marosimi bo'ldi....
Buni ko'rib bir hursand bo'lsam, bir hayron bo'laman, bir hapa bo'laman..
Hursand bo'lishim, har bir oila qurmoqchi bo'lgan yoshlar o'zlariga muslim yoki muslima ahliya izlayotgani bo'lsa...
Hapa bo'lganim, hamma aralash, misol uchun bir stolda 3-4ta qiz o'tirsa, galma galdan bittadan bolla kelib suhbatlashib, turib ketishmoqda edi, (bu huddi bir paytlar "lubov' s pervogo vzglyada" degan ko'rsatuvga o'xshab ketardi) qolaversa huddi bir modellar uyidagidek, o'rangan qizlar birma bir sahnaga chiqib sahnani bir kurug aylanib  chiqishdi...

Hayron qolganim, hayrli ish qilamiz deb, aksini qip qo'yishmayaptimikin degan savol ko'ndalang bo'lishi...

Biroz qo'l bo'shagach organizatorini suhbatini olish uchun kuhnyaga chaqirtirdim, azgina suhbatlashdik, bundan tashqari yana bir nechta proyektlari borligini aytdi, gap orasida, bilmadim, qizla ko'pu bolla kam kelgani uchunmi yoki anketani to'ldirgani uchun 500 rubl "hizmat haqqi" olish uchunmi pojaluysta zalga chiq, o'zin ko'r deb ham qo'yardi.

Balki bu makon va zamon talabidir, wAllohu a'lam...

Qayd etilgan

muhibb  17 May 2010, 12:58:50

Russiyada ko'pchilik endi Islomni qabul qilayotganini, o'rislarning Yevropa mamlakati va aholisi yevropacha fikrlashini hisobga olsak, bu normal holat.

P.S. Organizatorlarni qo'rqmay chaqirtirganingiz va suhbatga tortganingizdan shuni bilish mumkinki, ular ham siz va menga o'xshagan "chala mullalar" bo'lib, katta "okalar" bilan bemaslahat ish qilyaptilar. Aks holda, bunchalik hayratga tushiradigan ish qilmasdilar.
Yana, bu tadbir birinchi marta o'tkazilayotgan bo'lsa, kamchiliklar haqida ularga bildirish qilsangiz, keyingi safar to'g'rilashadi inshaalloh.

Qayd etilgan

Ansora  17 May 2010, 13:04:06

Forumda "imom a'zam" ismida a'zo ko'rdim. Haddim sig'magan holda e'tirozim bor. Menimcha bu ismni olish to'g'rimikan, tabiiy biz ham ularga ergashishni havas qilamiz, Alloh ularni ilmlaridan bahramand aylasin inshalloh. Lekin masalan men ulug' zotlarni ismlarini o'zimga qo'yishga uyalaman...

Qayd etilgan

Ansora  17 May 2010, 13:08:18

Imom A'zamdan ham ulug' zotlarning ismida forumchilar bor...

Buni hech yomon va ajablanarli tarafi y'oq.

Aytdim-ku meni shaxsiy fikrim deb. Sababi, biz oddiy insonlarmiz, bazan juda qattiq xatolar qilamiz, bir-birimizni haqiqiy ismlarini bilmaganimiz uchun to'ppa-to'g'ri- "hey imom azam" yoki boshqasi deb yozamiz. Bu ish juda qattiq mas'uliyat keraktiradigan ishdir. Qolganlar uchun ham fikrim shu...

Qayd etilgan

Ansora  17 May 2010, 13:16:15

ChehMik- bugun chap tarafingiz bilan turdingizmi deyman ;D

Ana ko'rdingizmi asl ismingiz bilan emas tanlagan ismingiz bilan murojaat qilyabman : )

Qayd etilgan

muhibb  17 May 2010, 13:17:55

Forumda "imom a'zam" ismida a'zo ko'rdim. Haddim sig'magan holda e'tirozim bor. Menimcha bu ismni olish to'g'rimikan, tabiiy biz ham ularga ergashishni havas qilamiz, Alloh ularni ilmlaridan bahramand aylasin inshalloh. Lekin masalan men ulug' zotlarni ismlarini o'zimga qo'yishga uyalaman...

1. Bunaqa ma'nodagi niklarni qo'yish-qo'ymaslik ularning hohishi. Asosiysi, mana shu nikka munosib bo'lish. Shu nikning mas'uliyatini his qilish.
2. Xalqimiz orasida "Abdurayim, mamarayim, mamat,..." (bu narsa turklar orasida ham ko'pligiga shohid bo'lgandirsiz!) ismlari nima sababdan qo'yiladi? deb o'ylar edim. Keyin bilsam, aslida, bu zolarga havas qilib qo'yilgan ismdagi bolani so'kishga yoki urushishga ota-onalar jur'at qila olmas ekanlar. Shunga "Muhammad" ismi o'rniga "Mamat" deb qo'yishgan ekan. Shunday buyuk zotlarning ismlarini nik qilib olishgan ekanmi, ularga muomalalarimizda ehtiyotkorlik talab qilinadi.

Qayd etilgan

Chustiy  17 May 2010, 13:18:38

Russiyada ko'pchilik endi Islomni qabul qilayotganini, o'rislarning Yevropa mamlakati va aholisi yevropacha fikrlashini hisobga olsak, bu normal holat.

P.S. Organizatorlarni qo'rqmay chaqirtirganingiz va suhbatga tortganingizdan shuni bilish mumkinki, ular ham siz va menga o'xshagan "chala mullalar" bo'lib, katta "okalar" bilan bemaslahat ish qilyaptilar. Aks holda, bunchalik hayratga tushiradigan ish qilmasdilar.
Yana, bu tadbir birinchi marta o'tkazilayotgan bo'lsa, kamchiliklar haqida ularga bildirish qilsangiz, keyingi safar to'g'rilashadi inshaalloh.

yog'e yaxshigina vesi borakan bo'tta.. Man uni avvaligi kimligini bilmagandimde :D keyin bilsam takoylardan ekan :) zato bahonada tanishib oldim, bizi bog'lab turadigan yana bir narsa borakan, "Rayana" halol restoranni ho'jayini ekan, :) kechada bir masjidni imom domlasiyam kelib "sevgi" haqida ma'ruzayam qiberdi.. :)

Qayd etilgan

Ansora  17 May 2010, 13:20:27

Ruzibayev- postlaringiz qani : )

Qayd etilgan