Kapalak opa,turk tilidagi Mehmet,Memet ismlari Muhammad ismiga hurmat ma'nosida kichraytirib olinmagan bo'lsa kerak.
Mehmet--Mahmudni turkcha buzilgan shakli. (Bilasizki,turklar a e/i lashtirib talaffuz qilishadi arabcha so'zlardagi.Misol uchun,suralarni ham shunaqa)
Mahmud--maqtalgan degani.
Umuman olganda,Muhammad,Mahmud,Hamad---bir xil o'zakdan kelib chiqqan ismlar bo'lishi kerak.
Kimdur bu niklarni shu zotlarga havas qilib olishadi.
Masalan,Umar ibn Abdulazizga,Imom A'zamga....
Kimdur esa--shu ismni sevganidan oladi.Masalan--Muhammad
Dunyo bo'yicha tarqalgan eng ko'p ism--Muhammad,bilasiz.
Endi,Umar ibn Abdulaziz,o'zbeklardagi mahammad,mamat....--bular o'zbeklarning tiliga o'zlashtirilib,osonlashtirilib,qisqartirilib,buzilib aytiladigan shakli.Va yana ozroq jihati,hali siz aytgandaqa--ruslarning notug'ri yozganligi tufayli. (Aslida notug'ri yozsa ham o'zbeklar to'g'ri aytsa bo'ladi).
Lekin,turklardagi Mehmet,Memet ismlari esa--turklarning til xususiyatlari keltirib chiqargan ismdir.
Qisqasi,tortishishga hojat yo'q.Agar shunaqa nik tanlabdimi,mas'uliyati o'ziga,buning uchun o'zi javob beradi.
ps: Bizning fiqh kitoblarda,bola 12 yoshdan namozga buyuriladi yoki birinchi ehtilomdan keyin
Taqsir, Mahmud ismi turklarda ham bor. Mehmet Muhammad ning buzilgan shakli. Muhammad turkchada Muhammed deb yoziladi. Og'zaki esa, mehmet deb chaqirish oson.
Qisqasi, Mehmetmi, boshqasimi, ism buzilgan.
Bunga o'rislarni sababchi qiling, boshqa omillarni ayting, baribirbuzilganligi asosiy masala.
Umar Ibn Abdulaziz masalasia, alohida mavzu ochib, bu kishining hayotlarini o'rganganimiz ma'qulmi deyman. Nima deysiz aziz forumdosh??
P.S. Fiqh va hadis kitoblarimizda bola 10 yoshga kirganida kaltaklab namozga chaqiriladi deyilgan. Bu haqda imomlarimiz ham ma'ruzalarida ta'kidlashadi