Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1372374 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 182 183 184 185 186 187 188 189 190 191 192 ... 310 B


Musannif Adham  11 Iyun 2011, 01:05:18

1-2 йил бслди, С.А аҳимов метро атрофида жойлашган ксприкдан тушишда бир онахон стирар сди.Кечгача, қишин ёзин. Қачон келарди у ерга, қачон кетади, Худо билади. Ўтган-кетганлар хохишга ксра пул бериб кетишар сди. Балки ҳозир ҳам стиргандир. Балки у кампир қуйидаги суҳбатдаги онахондир. Балки у кампирни сиз ҳам ксргандирсиз?


Йсл четидаги кампир билан суҳбат

Kimning nima deyishi o'ziga havola. Lekin bu maqolani o'qib, menda bir nechta savollar paydo bo'ldi.

Bu kampir asli Jizzaxlik ekan. 18 yildan beri Toshkentda turar ekan. Unda bolalari ham u bilan birga Toshkentda tursa, biror ish qilmaganmi? Kampirning ko'zi ojiz bo'lsa, o'sha ko'chaga qanday chiqadi? Xo'p, uni birov shu yerga olib chiqib ham qo'ydi, deylik. Unda 1-2 kun oldin uni Jip mashinasida urib ketishganini qayerdan bildi? Axir uning ko'zi ko'rmaydi-ku. Keyin ijaraga uy olib, Toshkentda yashagandan ko'ra, o'sha yonib ketgan uyining uyoq-buyog'ini to'g'irlab, Jizzaxda yashagani ma'qul emasmi? Yoshi ham 84 da ekan. Unda haligi qamalib ketgan o'g'illari necha yoshda bo'ladi? Ularning xotini, bola-chaqasi yo'qmidi?

Xullas, mening fikrimcha bu maqoladagi bir voqea ikkinchisiga yopishmayapti. Muallif qandaydir Meksika seriallariga o'xshab, har-xil voqealarni bir zanjirga tizmoqchi bo'lgan, menimcha... Bu kimgadir ta'sirli ko'rinishi mumkin. Lekin men mana shu voqealardagi faktlarga e'tibor beraman ko'pincha. Faktlar esa uzuq-yuluq. Balki reyting uchun qilingandir bu maqola.

Balki men bu fikrlarim bilan o'ta bemehrlik qilayotgandirman. Vallohu A'lam...

P.S. Agar voqea rostdan ham shunday ro'y bergan bo'lsa, Alloh o'sha kampirning qiyinchiliklarini oson qilsin....

Qayd etilgan


Akbarjоn  11 Iyun 2011, 18:35:45

2006 yilda Hayrula Hamidov bilan radiosuhbat uyushtirilgandi, o'sha suhbatni mp3 sini eshitganimda gazate matbuotlardagi shunaqa dardini aytib chiqqanlar yoki shunaqa Musannif Atham birodarimiz aytgandaqa meksika serialariga o'xshagan uzundan uzun voqeali tasirchan hikoyalar haqiqatdan ham bo'lgan voqealar bo'lavermas ekan

o'shanda Hayrula aka  aytgandilar o'zim gazeta jurnalarda ishlaganim uchun shuni aytishim mumkinki, bu narsalar ko'pi to'qima bo'ladi va buni hamasiga ham ishonavermang deb

Shuningdek yana bitta narsa esimga tushib ketdi, bir kursdoshim praktikasini Oliy Majlisda o'tkazgandi, Ish vaqtida darakchi o'qib o'tirsa uning oldiga Davlatimzida o'ta taniqli bo'lgan adiblardan biri kelib, bolam bu gazetani ko'pam ishonib o'qivermang, bundagi bita narsa xaqiqat yani u ham bo'lsa deb bir joyini ko'rsatibdi
qarasa gazeta chetida keltiriladigan shu gazetaning adresi ekan!
:)


Qayd etilgan


ibnUyayna  11 Iyun 2011, 22:10:06


  Eeee Hayrulloh okami oxirgi kunlada rossli eslavotuvdim...
  Alhamdulillah osh ustida mazza qilib suhbatlashib otirishla 1 necha marotaba nasib qigan..
  endi uchrashuv qiyomatga qoldimikin a..
 
 

Qayd etilgan


NANO  12 Iyun 2011, 17:37:27

NANOni kimligini boshidayoq topudim ( :

Kechirasizu mani ham avatarizdagi rasimga o'xshatib yubormadizmi!

Ishotinzdagi o'zizga ma'lumdur boshqasiga fol ochmang!

Qayd etilgan


azizbek_mx  13 Iyun 2011, 01:14:50

aka chahmik bugun titan_uz og'a bilan gaplashudim. Gumon(im)iz noto'ri chiqib qoldiyu

Qayd etilgan


BelleQizcha  13 Iyun 2011, 02:33:42

titaaaan minan gaplashib turimiza, hozir forumga vaqtlari yo... yangi biznes ochmoqchilar...  NONO okamiza/opamiza, isimlari Rustmbek ekan...

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Iyun 2011, 09:59:17

o'rtola bitta narsani topishga yordam bervorila... juda qumsavoman-de o'shani...
Anaqa, esilada bo'sa, telivozorga ancha yillar oldin bir sher qo'yilardi... uzun sher bo'lardi.. Avtubusga chiqqanlar haqida, shafyor haqida, uzbekiston haqida sher yozilgandi.. videosi ham huddi shunaqa edi...
ancha uzun edi..
Manimcha o'sha sheri Zakovat ko'rsatuvini boshlovchisi etardila..
o'sha sheri bilsela yozvorila, o'qigim kevotti..
rahmat!

Hayotning har lahzasi go‘zal

Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Hovli go‘yo yuvilgan chinni,
Yo‘llar go‘yo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni,
El oyoqqa turar jonsarak. . .
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.

Qaymoq isi yayratar tanni,
Dasturxonda issiq kulchalar.
Suv bosgandek qaqroq o‘zanni
Odamlarga to‘lar ko‘chalar.
Asli hatto go‘dak emizmoq
Barobardir og‘ir yumushga.
Oshiqarlar, yuraklar qaynoq,
Birov ishga, birov o‘qishga. . .
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.

Duch keladi yuzlab chehralar,
Ko‘pin qaytib ko‘rmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning o‘zi tuganmas iqbol.
Barchinoylar nigohida sir,
Alpomishlar ko‘zida yashin.
Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,
Eslaysan ilk sevgi otashin. . .
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.

Bir mahallar berishgan salom,
Endi esa olishar alik.
Tillarida duo, xush kalom,
Saodatdir hatto keksalik.
Kulib turgan munchoqko‘z bola
«Tinchlik» so‘zin solar yodingga.
Sochlaringdan erib oq tola
Intilasan yana oldinga. . .
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.

Bu yurtda alp chinorlar o‘sar,
Ko‘k gumbazlar o‘ngu so‘lingda.
Bir azaga kirib o‘tsang gar,
So‘ng o‘nta to‘y uchrar yo‘lingda.
Goh birovlar tanishar ilk bor,
Goh yig‘ilar eski ulfatlar.
Odamzotga dunyo bo‘lmas tor
To mavjuddir shirin suhbatlar. . .
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.

Bosh ko‘tarmas kimdir ishidan,
Kimdir o‘ylar ulug‘ bir reja.
Yana sirli orom qushiday
Qo‘na boshlar yurtimga kecha.
Bugunidan el ko‘ngli to‘lib,
Ertangi kun uchun to‘plar dosh.
Anvar shoir charchog‘i bo‘lib
Tog‘ ortiga yonboshlar quyosh. . .
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat. . .

2002

Qayd etilgan


Музаффар  13 Iyun 2011, 10:37:48

Шу шеърни Фарход Аминов зср интонаяис билан сқиган. Автобус шофери амаки хам жудасм истарали, очиқ чехрали инсонни тасвирга олишган. Ўша ролик хақиқатан хам ажойиб чиққан сди. Лекин сснгги пайтда Ўзтелерадиокомпанисда бундай ёқимли роликлардан ксра тузи паст рекламавий-тижорат дастурлари тош босмоқда. Вахоланки реклама сфирининг 10% ижтимоий реклама бслиши шарти қонун билан белгилаб қсйилган...

Qayd etilgan


Nurdinboy  13 Iyun 2011, 11:35:23

Oldinlari yoshlar kanalidan qo'yardi shu she'rni qoyile. A.Obidjon yozgandi juda chiroyli she'r. Rahmat Davron aka. Yoshligimizzi eslatdiz.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  13 Iyun 2011, 13:14:15

Shu videorolik yo'qmi kimdadir. Youtubedan topa olmadim  :)

Qayd etilgan