Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1369558 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 276 277 278 279 280 281 282 283 284 285 286 ... 310 B


Sayyid90  11 Iyun 2012, 17:44:09

Y_U_R_I_S_T :forum xushhabarlardan aktiv bo'la boshladi qoyil.

Qayd etilgan


Shuhrat_  11 Iyun 2012, 20:23:55

Hushxabarni Turkiyada turib yozganlaridayoq tushunganla tushunib uqigan.
 
 
(hozi hama Aqoid akani habarlarini  kutyapti)

Qayd etilgan


Sadulla  12 Iyun 2012, 13:59:01

 :asl3:

Kecha Kapalak opa bilan gaplashdim. Telefon orqali.

Ishonasizmi, xuddi ertalab uydan chiqib ketib obedlarda opamga tel qilib gaplashganday bo'ldim. G'oyibona shu darajada ko'nglimga yaqin bo'lgan ekanlarki, ovozlarini xuddi har kuni eshitib yurganimdek tuyuldi.

Umrlaridan baraka topsinlar...

Kapalak opani aytishlaricha Abdulaziz rossaaaa sho'x bola bo'libdi. Silarni rosa dodinglarni beradigan bola bo'gan dedilar :7 Ko'z tegmasin ilohim!


P/S: Forumdoshlar tayyor turinglar, tez orada yana bitta xushxabar bor  ;)

Kapalak opa Toshkentda ekanlar,forumdoshlardan ular bilan ko'rishgan bormu ?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 Iyun 2012, 20:09:30

"Navbatdagi xushxabar! Navbatdagi to'y! Navbatdagi forumdoshlar juftligi!" mavzusidan:

Ular kimligiga qiziqayapsizmi? Ismini bilmoqchimisiz? Bu forumdoshlarimiz T.YUsupov va     G_U_l_i! :7




Mana shu joylarini yoza turib, Forumdagi "bolaligimiz", "o'tmishimiz" esga tushib ketdi. Zab davrlar edida. Esingizdami, rosa shunaqa skritiy qilib yozish urf bo'lgandi. Sariq, oq, kulrang ranglarda...

Mahdiyah, esingizdami, bir marta sizni rosa tushurganman. Turmush o'rtog'ingiz Muhammad Amin haqida bitta sirni bilaman, eshiting deb uzuuuuun bo'sh joy qoldirgandim. Aniq ishonamanki, siz o'sha joyda yashirilgan matn bor deb mishka bilan qoraytirib ko'rgansiz :7

Forumni biroz titib chiqdim, unaqa jiddiy urushlar ham yo'q. Hammayoq sokin. Hamma bir-biriga mehribon, hamma bir-birini fikrini hurmat qilgan, hamma bir-biriga sizniki to'g'ri deydi. Shuyam ishmi endi?

Ha, aylantirib solmaysanmi birontasini tanqidiy fikrlar bilan. Tongacha tortishmaysizlarmi biror mavzu yuzasidan? Kechquruni bilan uxlamay, qaniy u nima javob berdiykin deb har 1 minutda obnovit qilib, telefondan bo'lsa ham uzundan uzun qarshi postlar yozib tunni bedor o'tkazmaysizlarmi? Hamma ishini, o'qishini tashlab sizlarning janjalingizni miriqib o'qimaydimi? Qani, endi qanaqa javob yozarkin, qaniy, keyingi seriyasi qanaqa bo'larkin deb intiqlik bilan kutmaydimi?

Bir kun oldin urushib-urushib, ertasi kuni yana hech narsa ko'rmagandek, apoq-chapoq bo'lib ketavermaysizlarmi hammani hayron qoldirib?

Qani u oldingi davrlar? Forumdan "ro'za tutishlar" qilgandik :7 Zo'r chiquvdiya? :7

ChekPuk, Musannif Adham, Mahdiyah, Be'maniQizcha, Arbuzchi, Munira honimlar bilan qanaqa to'polonlar bo'luvdiya?

AbdulAziz aka postlarimizni o'chirib, ban berib bezor bo'lardilar :7

Kapalak opa, o'rtamizga tushib, yarashtiraman deb halak bo'lardilar :7

O'zi o'ylab qarasam, faqat ishkal qilganakanmizda-a? Bir tayinli foydamiz tegmaganakan forumga. Tovba, yana g'ururlanib, maqtanib eslashimni qaranglar... Jinnini bir qilig'i ortiq deyishadiku.

Yosh va yangi a'zolarga, ukalarim, singillarimga nasihat! (ho, xuddi 80 ga kirgan cholday gapirishimnichi :7)

Forumni gullab-yashnating! Faqat va faqat foydali, birovlar o'qisa bahra oladigan, o'zi uchun biron yangi narsa o'rganadigan postlar qoldiring! 1 oy, 1 yil, 2 yildan keyin Forumga kirganingizda afsuslanadigan, bekor shu postni yozibman deya pushaymon bo'ladigan postlar qoldirmaslikka harakat qiling! Bunaqa postlardan uzoqroq yuring! Vaqtingizni qadrlang!

Birovlarni ko'nglini og'ritishdan tiyiling. Men haqiqatni gapirayapman deb o'ylamang sira, qattiq adashasiz! Chunki hammani o'z haqiqati bor. Asl haqiqat faqat O'zigagina ma'lum!

Biz qilgan xatolarni takrorlamang. Forumda postlaringiz sonini ko'paytirishga, yulduzchalaringizni oshirishga harakat qilmang. Men forumda shunday insonlarni bilamanki, ularning bor-yo'g'i 42 ta posti mening 4200 ta postimdan foydaliroq va afzalroq! Songa emas, sifatga e'tibor berish kerak ekan.

Mullani aytganini qilu, qilganini qilma deydi. Meni ham aytganlarim hisob, qilganlarim emas.

Bir gap kelganda aytib qo'yay dedimda. Yana forumga qachon kiraman Xudo biladi. Xushxabarlar bo'lib qolsa, kirishim mumkin. Ilohim, forumdoshlarimiz hayotida faqat va faqat xushxabarlar bo'laversin, toki men tez-tez forumga kirib turay.

Bizni unutmang... Ko'z yoshlaringizni arting, ko'z yoshlarga toqatim yo'q :7

Cheksiz hurmat va samimiyat bilan,
Y_U_R_I_S_T.

Qayd etilgan


Mufazzala  12 Iyun 2012, 21:17:54

 :asl3:

Vasiyat matni chiroyli chiqibdi.

Qayd etilgan


AsiRa  12 Iyun 2012, 21:58:37


Y_U_R_I_S_T
bu bilan men kirsam yangilik bo’ladi kirmasam yangiliksiz yurasizlarrrrr demoqchimisiz?

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  13 Iyun 2012, 09:48:48

Чамамда, Юрист хам биронтасини топди-ёв! Васист ёзишга киришибди. Уйланганлар куркитдими дейман? :) Жаа унчалик смас, куркманг!

Qayd etilgan


Mufazzala  13 Iyun 2012, 09:58:24

 :asl3:

Muhammad Sohib, o'ziz tasalli bervoring, har qalay
boshidan o'tgan tabib, deyishadiku.

Qayd etilgan


Donishmand  13 Iyun 2012, 10:20:01

Uylanaveringlar, odamlar gapiraverishadi, hammasi o'zlaringizga bog'liq. Supur-sidir, ovqat qilish, kir yuvish qo'lingizdan kelsa, yana buning ustiga yaxshi daromadli joyda ham ishlasangiz oilada hech qanday muammo bo'lmaydi.


Qayd etilgan


Mufazzala  13 Iyun 2012, 10:23:20

 :asl3:

+bolaga qarashni ham bilish kerak.

Qayd etilgan