O'zbekiston telekanallarining hammasini ko'ramiz, faqat yoqqan ko'rsatuvlarini. Yoqmaganlarini aytish osonroq manimcha, chunki ularning salmog'i baland hozirda.
Uyga kelsam "Turmush chorrahalarida"ni ko'rib o'tirishgan bo'ladi ba'zan. Men iltimos qilaman doim, uydagilardan, shu ko'rsatuvni ko'rmasliklarini. Balki men noto'g'ri fikrlayotgandirman, lekin bu ko'rsatuv tomoshabinni tushkunlikka, kimgadir nisbatan nafratga, behuda siqilishga, asabiylashishga olib keladi. Ba'zi ko'ngli bo'shlar buni ko'rib yum-yum yig'lashadi ham, koshki edi o'shalar behuda o'tayotgan umrlari uchun shunday yig'lashsa. Achinarlisi, shu senariyni kimdir yozgan, o'zicha qandaydir taqdir yaratgan, Olloh saqlasin...
Bir misol, keksayib qolgan ona qishlog'idagi uyiga sig'madi, shahardagi o'g'linikiga ham sig'madi. Uch kun ko'chada sarson bo'lib yurgan onani ko'rsatishayapti: - vokzalda, qo'lida tugunchasi, nochor, holdan toygan...
Yonimda o'tirgan do'stlarim o'sha onaning farzandlarini "bo'ralatib" so'kishayapti, men esa ana shuni yozgan senariychi bilan rejissyorni borib bo'g'ib qo'ygim keldi, Onani shunday xor qilganlari uchun! Tomoshabinga asablar taranglashishidan boshqa hech narsa berisholgani yo'q ular.
Ilgarigi "Otalar so'zi..." bilan buning o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Hozir o'zini oqlashadi "Biz odamlarga ibrat bo'lsin deb qildik bu narsalarni, bunday qilmasinlar keyinchalik dedik..." va hokazo. Lekin hamma narsaning ham chegarasi bor, yaxhshi tomonlarimiz yo'qmi ibrat bo'ladigan?! Hullas, gapiraman desa gap ko'p bu haqida...
Serilallarni aytmasa ham bo'ladi, ularning bizga berayotgan "ma'naviy ozuqalari"ni ta'riflashga til ojiz. Turkiyadagi bir oilaning muammolari bilan nima ishimiz bor. Qo'shnimizning muammosi ularnikidan o'n marta ortiq. (Bir yaxshi serial olaman degan rejissyor bo'lsa kelsin, butun dunyoga mashhur bo'lib ketadi, bu serialdan keyin

)))
Telekanallarimiz ko'pku, lekin bitta faqat ma'naviyatimizni, milliyligimizni o'ylaydigan, yoshlarimizning kelajakda qanday shakllanishi kerakligi haqida qayg'uradigan kanal yetishmayapti bizga...