Forumchilarning aforizmlari...  ( 500356 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 ... 146 B


tengdosh  13 Avgust 2011, 17:11:11

Ayollarni buyuklar hurmat qiladi!

Qayd etilgan


tengdosh  13 Avgust 2011, 17:13:59

...ming doyidan (tog'a, amaki, xola, ammalar nazarda tutilmoqda)-bir shoyi (afzal!)...

Qayd etilgan


tengdosh  13 Avgust 2011, 17:14:50

Dunyo to'liq-nasihatga, naqlga,
Oqillar ham muhtojdirlar aqlga!

Qayd etilgan


Nоdirbek  13 Avgust 2011, 18:42:56

Inson atrofidagi yaqinlariga qanchalik yaxshilik qilmasin, lekin bir kun kelib xato qilsa, yaqinlariga ham qilgan xatosi ko'rinarkan xolos.

Qayd etilgan


azizbek_mx  13 Avgust 2011, 19:00:05

Eng asosiy shart:
Bu gaplar biror mashhur insonniki bo'lishi kerak emas.
Albatta sizning yoki biror tanishingizning gaplari bo'lishi kerak!



qoidani unutib qöymaylik

Qayd etilgan


Муслимшухрат  13 Avgust 2011, 21:25:08

Bugun Andijonlik bir savdogar aka bir gap autdi. Esdan chhqmasin deb shu erga yozib qoydim.
 "Dunyo va odamlar yangilanib turadi.
Shayton esa òsha òsha ,uni tajribasi yildan yilga oshib boraveradi." 
 

Qayd etilgan


UzMuslim  15 Avgust 2011, 03:46:51

Insonlardan emas Allohdan Mehr kutaylik,insonlarga emas Allohga Yolvoraylik,Insonlardan emas,Allohdan Umid qilaylik.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  15 Avgust 2011, 13:40:35

Ko'r insonga ko'zoynak taqqaningiz bilan ko'radigan bo'lib qolmaydi.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  15 Avgust 2011, 16:57:24

Hayot ba'zan ko`nglingizga qiyofadosh insonni ro`para qilib qo`yadi. Bahonada ko`zguga qaragandek uyoq-buyoqlaringizni to`g`irlab olasiz.

Qayd etilgan


bir_qizcha  15 Avgust 2011, 17:30:51

aytilmagan sirga o'zimiz egalik qilamiz,aytilgan sir esa bizga egalik qiladi

Qayd etilgan