Forumchilarning aforizmlari...  ( 500413 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 ... 146 B


AbdulAziz  11 Sentyabr 2011, 06:45:55

Inglizlar musulmonlar yurtlariga bostirib kirarkan, ularning qirollaridan biri shunday degan ekan:
"Agar musulmonlar bizning qarshimizga juma namozida to'planganlari kabi chiqqanlarida edi, bizni albatta tor-mor etardilar".
Hozirgi holatimizda esa:
"Agar insonlar Vatan taraqqiyoti yo'lida nahorga oshga borganlari kabi uyushganlarida, zahmat chekkanlarida edi, biz ham "mening akam Nobel olgan" deb maqtanib yurardik..."

Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2011, 11:57:55

Insonning musulmonligiga uning kiygan kiyimiga emas, balki amaliga qarab baho bering

Humayrojon bir e'tirozcha borda, gunohni bilgan inson shunga qarab kiyinadi, ro'mol o'rashini iloji bo'lmay siqilib yurgan inson hech qachon kalta kulta, tor kiymaydi...xozirgi kunda kiyimiga e'tibor berishini o'zi ham katta amal menimcha, chunki siz bu kiyimingiz bilan insonlarni gunohga chorlashingiz mumkin, yoki boshi o'ralmagan bo'lsa ham keng, uzun kiyim kiygan qiz, o'zini hijobdaman, deb o'ylagan, kiyimi badaniga yopishib turgan bazilarga juda katta "dars" bo'lishi mumkin. Dindor insonni kiyimini bir tarafga qo'ya turing, uni qarashlari ham hayosidan, iymonidan darak beradi, Rabbim nafaqat o'zimizni, balki boshqalarni ham gunohga botirishdan saqlasin iloyim...

Qayd etilgan


Humayro  12 Sentyabr 2011, 07:14:40

Ayol oilasining shani va nomusidir, ayolining shani to'kilgan oilaning shani ham to'kiladi. Shu bois hattoki ayollarning qanday kiyinishi nafaqat uning shaxsiy ishi, balki oilasidagilarni va qolaversya u yashab turgan jamiyatni qiziqtirayapti bugun.

Qayd etilgan


Ansora  12 Sentyabr 2011, 12:55:23

"Alloh shunday chevar zotki, u kofirning qo'li bilan ham Islomga quvvat beraveradi" 

Davronbek Tojialiyevga oid so'z menga judayam yoqdi, rahmat:)

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  12 Sentyabr 2011, 13:42:56

Qanday amallar qilayotgan bo'lsak, o'zimiz ham shundaymiz.

Qayd etilgan


ree7  12 Sentyabr 2011, 15:21:57

Gunoh amal zaxarlangan hushxo'r taomga o'xshaydi. Ishtaha bilan yeydi, keyin oxiri voy bo'ladi...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  12 Sentyabr 2011, 18:04:08

Rohatning ozuqasi azob,
Azobning ozuqasi rohat.

Qayd etilgan


Secret  12 Sentyabr 2011, 18:30:40


  Kenayimning ovqatini mazali qilgan - Akamning masallig'i

Qayd etilgan


azizbek_mx  12 Sentyabr 2011, 19:24:16

Dadamning masalligini mazali taom qilgan - onamning ilmi va bizga b?lgan mehridir!

Qayd etilgan


Oymoma  18 Sentyabr 2011, 00:17:09

   Bolalarning quvnoq kulgulari bu ota-onalarining ular uchun tortgan qayg'ularining samarasidir.

  Yoki ota-onalar g'am-qayg'ulari evaziga bolalar öynab hayotdan zavq olib yashaydilar.

Qayd etilgan