Forumchilarning aforizmlari...  ( 499845 marta o'qilgan) Chop etish



Lu`lu`  17 Sentyabr 2012, 04:46:44

Севсанг сев, лекин иймони даражасида сев.

Qayd etilgan


Хадича  17 Sentyabr 2012, 06:59:00

Eng ko'p qaytaradigan gapim va miyamga o'rnashib olgan kuchli,hecham vos kechmaydigan aforizmim:

"Yomon inson bo'lmaydi, yomon hislatlar bo'ladi...."

Qayd etilgan


Mufazzala  20 Sentyabr 2012, 17:46:26

 :asl3:

Bu hayotda sovuqqon bo'lish kerak.

Qayd etilgan


Shuhrat_  01 Oktyabr 2012, 07:29:47

:asl3:

Bu hayotda sovuqqon bo'lish kerak.
???

Qayd etilgan


NANO  13 Oktyabr 2012, 23:12:26

:asl3:

Bu hayotda sovuqqon bo'lish kerak.

Unda baliq bup qolamizu!  :1

Qayd etilgan


Хадича  21 Oktyabr 2012, 08:50:13

O'z kamchiliklarini ko'ra olgan inson-qum ostida berkitilgan marvarid misol...


Haqiqat yerga ko'milgan bilan u bir kun kurtak yozadi,bu dunyoda bo'lmasa,aniq Qiyomatda...

Mo'minlar- bir chiroyli gul bo'lsa, ularga zug'um qilib iymonini toptayotganlar- gulga o'ralgan chirmoviqdir.


Haqiqatni izlamang...
Haqiqat faqat - Haq zotda bo'ladi...


Kapalak ham ,ari ham, qush ham eng go'zal,xushbo'y gulga intilgani kabi, chirmoviq ham eng Xushbo'y va Go'zal gulga chirmashib yo'lini to'sadi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Oktyabr 2012, 15:12:32

Mashaqqatsiz erishilgan ilm tez unutiladi.

* * *

Yosh do'stim, telefonda hamma qiz ham oydek "ko'rinadi". Simlar, havolar uza shirin so'zlarga aldanib, olmosdek vaqtingni boy berma. Unutma, sen qanday bo'lsang, senga ham shunaqasi nasib etadi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Oktyabr 2012, 10:40:46

Kecha internet sahifalarining birida bir gap o'qib qoldim, manga yoqdi (kimdur yozganakan):

150 kg shtanga ko'targan insonmas, balki 0,5 kg li joynamozni bomdod uchun ko'targan inson kuchlidir!

Qayd etilgan


IRFON-2012  31 Oktyabr 2012, 18:42:32

Tarixda o'tgan ba'zi avliyolarga uzoqdagi boshqa bir avliyo bilan gaplasha olish karomatini Alloh ato etgan. Hozirda esa yaxshiyu yomon barobar shu imkonga ega bo'lmoqdalar. Bu imkoniyatning nomi internet deyiladi.

Qayd etilgan


Хадича  08 Dekabr 2012, 12:06:06

Bir ishni hayrlik ( ezgu ) tarafini  ko'ra olmas ekansan,demak sening qalbing kasal...
Hatto atrofing to'la Baxtdan ham qalbingdagi qora liboslik "Gumon"tufayli yomonlik ko'raverasan,izlayverasan...bunday holda chindan ham eng xavfli inson o'zingsan
   
 *  *   *
Baxtsiz inson- bu Baxtsizlikni izlagan insondur...

     *    *    *
Ne'matni avaylash-bu ne'matga bildirilgan shukronadur...

    *    *     *
 Tashvish insonni qidirib kelmaydi,
Inson o'zi tashvishni izlaydi aslida....
Biz o'zimiz izlagan Baxtsizlikda yashaymiz, Baxtni izlamay turib...
Qayg'uni qidiramiz, Shodlikni eslamay turib...
Baxt ham, shodlik ham qalbdagi Iymonimiz... Shuni anglamay,dunyoni Baxtsizligiga yopishib qolamiz...

Qayd etilgan