Forumchilarning aforizmlari...  ( 425792 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 146 B


siddiqa  23 Oktyabr 2009, 10:35:44

goho tajribalar ham aldaydi

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 10:45:02

G'am yoki dard kelmagunicha Allohni eslamsam...
Allohim boshimni bulardan chiqarma!!!

Qayd etilgan


Muhyiddin  23 Oktyabr 2009, 11:17:48

Ayol kishi qiyin masalada kuchli fikri egasi bo'lishi mumkin ekan,
shu bilan birga oddiygina masalada "bilmasvoy" bo'lishi ham mumkin ekan

Yuqoridagi fikrni quyidagilar tasdiqlaydi:

Qadimgi nemislarning odatini tashlab  yubormaslik kerak. — Og‘ir daqiqalardagi yig‘in-maslahatlarga ayollar ham taklif etilgan, chunki ayol hozirgi daqiqada nima qilish kerakligini biladi. Maqsadga yetkazuvchi eng qisqa yo‘lni ko‘rsatadi. Xullas, erkak uzoqni o‘ylab, tumshug‘i tagidagi narsani ko‘rmay o‘tirganda, ayol uni ushlab, qo‘lingizga tutqazadi. (Artur Shopengauer. Ayollar haqida)

Qayd etilgan


Muhyiddin  23 Oktyabr 2009, 11:24:08

Xokisor bo’lishga intilish, dengiz tubiga intilishga o’xshaydi. Qancha dengizning tubiga yaqinlashilsa shuncha marvaridlarga ega bo’linganidek, xokisorlikka ham qancha intilsangiz shuncha qalbingiz hikmatlarga to’lib boraveradi. Alloh xokisorlarni (o’zini past tutganlarni) yuqori martabalarga ko’taradi.
Xokisorning mukofoti jannat, mutakibbirniki esa do’zax bo’lishi tayin... Alloh taolo barchamizni hidoyatidan ayirmasin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 11:26:08

Ayamni gaplari:

Allohdan so'ragin...! Eng buyugini, eng oliysini so'ragin!... (hamma narsani)


Qayd etilgan


Ulugbek75  23 Oktyabr 2009, 12:35:11

Boshga tushgan musibatning bir yaxshi tomoni shuki, unda kishi o'z "kuch"ini o'lchab ko'radi...

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 13:13:17

Egoistlarning menga eng yoqqan taraflari nima bilasizmi- boshqalar haqida hech gapirmasliklari  : )

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 13:14:27

İnsonlar- yo qo'rqqan, yo hasad qilgan narsalaridangina nafrat etarlar....

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 13:15:38

Yo bir yo'l top!
Yo bir yo'l och!
Yo bo'lmasa to'g'anoq bo'lmay, yo'ldan qoch!

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 13:19:13

Turmush o'rtog'ingizni tanlar ekansiz juda diqqatli bo'ling, kelagakdagi hayotingizning, baxtli yoki baxtsiz bo'lishingizning 90%i ,bu qarorga bog'liqdir!

Qayd etilgan