Forumchilarning aforizmlari...  ( 499763 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 146 B


Ansora  27 Oktyabr 2009, 10:58:34

Rahbari qarg'a bo'lganning kallasi go'ngdan chiqmas ekan...

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2009, 11:52:18

Bola sizniki bo'lishi mumkin, lekin tarbiyasi sizga oid bo'lmaguncha, tom ma'noda sizning bolangiz hisoblanmaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Oktyabr 2009, 21:53:20

Inson o'zining nazdida arzimas bo'lib ko'ringan narsasiga ham (Alloh nasib qilmasa) erisholmaydi...
Ojizligimizni esa shundan ham bilishga ojizmiz....

Qayd etilgan


Mr.Twister  28 Oktyabr 2009, 23:21:08

Nega kerilasan, hali ertalab uyg`onarmikansan.

Qayd etilgan


registan  29 Oktyabr 2009, 23:16:12

Bir do'stim aytardi: "Bolalarimizni bizning armonlarimizning ulashishi yo'lidagi vosita qilib qo'ymasligimiz kerak. Chunki ularning ham orzulari armonga aylanishi mumkin."

Qayd etilgan


Ulugbek75  30 Oktyabr 2009, 14:59:34

Bir do'stim aytardi: "Bolalarimizni bizning armonlarimizning ulashishi yo'lidagi vosita qilib qo'ymasligimiz kerak. Chunki ularning ham orzulari armonga aylanishi mumkin."
Do'stingizdan iqtibos keltirganingizga, mening ham yodimga bir narsa tushib ketdi.

O'smirlikdan birga ulg'ayganim bir do'stimning, hech esimdan chiqmaydigan bir gapi bo'lar edi. U taxminan quyidagicha yangrardi:

Agar har bir musulmon o'zi uchun tirishgandek Islom ravnaqi uchun ham tirishsa edi, dinimiz hozirgidan ancha rivojlangan bo'lurdi.

ps. Biroz idealistlarcha aytilgan gap, ammo baribir ibratlanadigan jihatlari bor...

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Oktyabr 2009, 21:40:11

Farzandlaringizda yomon "xislat"lar ko'payshni booshlasa, siz birinchi o'rinda o'zingizni taftish qiling...

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Oktyabr 2009, 07:03:18

 :as:

Inson kulish bilan ich ichidan yig'laganichalik mazza qilmas ekan...

Kulishni yaxshi ko'raman, lekin yig'lashchalik emas...
Yig'lashni yaxshi ko'raman lekin kulgandan keyin emas!...

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Oktyabr 2009, 07:07:34

Hayotda kimgadur IBRAT bo'lmasangiz "YASHADIM" demang!

Qayd etilgan


Ansora  01 Noyabr 2009, 20:39:33

"Munofiqlar- guruchni ichidagi oq toshlarga o'hshaydi, ko'rinmaydi, lekin tish sindiradi" ...

Din ustozlaridan birining suhbatlarida eshitgandim...

Qayd etilgan