Forumchilarning aforizmlari...  ( 436300 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 146 B


Sardor.  21 Noyabr 2009, 07:56:15

Kishilarni so’zingizga ishonqiramay qarashlarining sababi, o’zingiz ham anashu so’zingizni to’g’riligini aniq eslay olmasligingizdan kelib chiqadi.

Qayd etilgan


Sardor.  21 Noyabr 2009, 07:58:35

To’g’riligiga inshonchingiz yetarlicha bo’lmagan narsa haqida aniq gapirmang.

Qayd etilgan


Sardor.  21 Noyabr 2009, 07:59:38

Inson o’zidan ko’ngli to’lmagunicha hech narsadan ko’ngli to’lmaydi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Noyabr 2009, 13:45:32

Yolg'onning haqiqat qarshisida "erib ketishi"- quyosh chiqishi bilan zulmatning yo'q bo'lishiga o'hshaydi....

Qayd etilgan


registan  21 Noyabr 2009, 15:42:51

Yolg'onning haqiqat qarshisida "erib ketishi"- quyosh chiqishi bilan zulmatning yo'q bo'lishiga o'hshaydi....

Haqiqatning boshi berk ko'chaga kirib qolganda,uni faqat yolg'on qutqarib opchiqadi...

Jarko Petan...

uzr,kepqoldi :) mani gapim bumasayam...

Qutulib chiqqan haqiqatning haqiqatligi qolmaydiyu unda. :)

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Noyabr 2009, 18:16:59

 :as:

Dining va iymoning tufayli qancha ko'p tazyiqlar va dashnomlar eshitsang, shunchalik ibodatlaring xolis va lazzatli bo'lar ekan.

Qayd etilgan


_NOSTRA_  23 Noyabr 2009, 01:29:46

Baxtga intilish-Intilishlarning intilishidir
Kim aytgandiya?

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Noyabr 2009, 07:50:37

"MAN ...", "MAN ..." insonni oxir oqaibat MANMANLIKKA olib keladi

P.S. Bir tanishim aytardi
"O'ta kamtarlik ham Manmanlik" dib

Qayd etilgan


Afifahon  23 Noyabr 2009, 12:26:25

Qilayotgan nasihatlarimiz hech kimga ta'sir etmayotganiga ikkita sabab bor.O'zimiz nasihatga muhtojligim uchun yoki o'zimiz qilayotgan nasihatlarimizga o'zimiz amal qilmaydiganlar toifasidanligimiz uchun.


Qayd etilgan


Ansora  24 Noyabr 2009, 12:58:22

Ko'ra olmaslik (qizg'onchiqlik) bir kuni insonni rostakamiga ko'r qiladi....

Qayd etilgan