Forumchilarning aforizmlari...  ( 499100 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 146 B


Ansora  01 Dekabr 2009, 16:14:00

İnson bolasining 90 yoshga kirganida ham "to'ymadim" degan tuyg'u- mehrdir....

Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2009, 14:58:09

Birgina shu forumda bo'lib o'tayotgan janjallar, tortishuvlaru, bir-birimizga bo'lgan qo'polliklarni ko'rib o'ylab qolaman....

Dunyo yana juda yaxshi turibdi joyida...

Chunki, bu forumdagilarni asosiy qismi O'zbek (balki hammasidir)
Hammamiz asosan Musulmonmiz (balki hammasi)
Hammamiz asosan Sunniymiz (balki hammamizdir)
Hammamiz asosan bir hil urf-odatlarni yashayabmiz, davom ettirayabmiz.

Ho'sh, juda ko'p inson hayotida eng muhim bo'lgan qadriyatlarimiz bir hil ekan, haligacha bir-birimiz bazi masalalarda kelisha olmayotgan ekanmiz:

Qo'shnisi ateist bo'lgan
Direktori Hiristiyan bo'lgan
Kursdoshi Shii bo'lgan

insonlar bir-birini qulaylikla o'ldirishi mumkin ekan-da...

Bizlar bir-birimiz bilan ayni insonday bo'lishimizga qaramay, haligacha "it-mushuk" bo'lar ekanmiz, albatta

Afgg'onistonda- Musulmon qardoshlarimiz Amerikaliklar tarafidan ishg'ol planlariga ma'ruz qolib, turli hil bahonalar bilan yo'q etiladi...

Bag'dodda - yana dindoshlarimiz birma-bir o'ldirilaveradi....

Xitoyda- Uyg'ur qardoshlarimiz faqat Turkiy Musulmon bo'lganliklari uchun dorga osilaveradilar.......

(bu...ro'yhatlarni davom ettirish mumkin afsus...)



Haaa, birgina forum bilan qiyoslaganimizda,,,,dunyoda yana tinchlik hokim ekan, degan hulosaga keldim.......



Qayd etilgan


Sardor.  02 Dekabr 2009, 21:34:35

Buyuk so'zlarga qalin xoshiyalar shart emas

Qayd etilgan


Sardor.  02 Dekabr 2009, 21:43:21

Kuchli va aqilliy insonlarni, haqiqatan ham shunday ekanligini, ularni qilgan ishlarini qilib ko’rmoqchi bo’lganingizda bilasiz.

Qayd etilgan


Sardor.  02 Dekabr 2009, 21:44:07

Aqilli kishilarni ham aqilsiz hisoblaydiganlar, ular yuradigan yo’ldan yura oladilarmi o’ylasinlar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Dekabr 2009, 06:57:24

Bir narsaga qattiq o'rganish... oxir oqibat o'sha narsadan bezib ketishga olib keladi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Dekabr 2009, 00:43:21

Bir narsadan bezib ketish, oxir-oqibat keyinchalik yana o'sha narsaga qattiq o'rganishga olib keladi.

Qayd etilgan


ViVeO  04 Dekabr 2009, 04:11:59

ko'p offtop qilish oxir-oqibat BAN ga olib keladi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2009, 04:45:24

Bir narsadan bezib ketish, oxir-oqibat keyinchalik yana o'sha narsaga qattiq o'rganishga olib keladi.

Qiziq? bunaqasi hali bo'lmagan?  :)

Qayd etilgan


Ansora  05 Dekabr 2009, 18:38:52

Jom'elarimiz- inson bolasi qattiq kasal bo'lganda unga xizmat qiladigan kislorod yostig'iga o'hshaydi, unga hayot beradi.

Tashqaridagi ma'naviyoti kirlangan hayotiga toza havo beradi....

(Turkiya eski Din ishlari idorasi boshlig'ining gapi)

Qayd etilgan