Forumchilarning aforizmlari...  ( 416559 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 146 B


braupov  06 Fevral 2010, 17:13:54

 :as:
Sabr kosasini to'lishi kutish shart emas ......

Qayd etilgan


siddiqa  06 Fevral 2010, 17:34:00

:as:
Sabr kosasini to'lishi kutish shart emas ......

To'lmasdan sindirib qo'yish ham shart emas  :) :)

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  07 Fevral 2010, 00:51:41

Ko'r ko'rni forumda topibdi

(c) Abu Sa'd

Ko'r hassasina bir marotaba yuqotadi

Qayd etilgan


Foniy  09 Fevral 2010, 15:21:39

 :as:
- O`z qadrini bilmaganga nasihat qilishning foydasi yo`q;

- O`ziga yaxshiligi bo`lmagan odamning boshqalarga ham yaxshiligi bo`lmaydi;

- Halol yasha, xor bo`lmaysan;

- Behuda o`tgan umringga afsuslanishdan ko`ra kelajagingni yaxshilash haqida o`ylaganing ma'qulroq;

- Qorning emas, qadring haqida ko`proq o`yla;

- O`tayotgan har bir daqiqang g`animat ekanligini unutma;

- Ko`zlar haqiqatni so`zlaydi, agar e'tibor berib qarasang.

Izoh: Bir necha yillar oldin daftarga tushirib qo`yilgan ekan. Biror joydan o`qiganligim yoki o`zim yozganligim xotiramda yo`q.

Qayd etilgan


braupov  09 Fevral 2010, 20:45:22

Hayotning o'zi seni shunday tarbiyalab qo'yar ekanki, xatto o'zinam sezmay qolarkansan...

Qayd etilgan


Ansora  10 Fevral 2010, 11:17:20

Tajriba- inson bolasining hayoti davomida undan bundan yegan dashnomi, "kaltaklaridan" iboratdir : )

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Fevral 2010, 07:16:08

Mana shu "kaltaklar"ni to'g'ri joylashtirib ko'prik qila olsa manzilga yetadi...,
aks holda jarlikka qulashi hech gap emas... Alloh asrasin

Qayd etilgan


braupov  11 Fevral 2010, 07:23:33

 :as:
Achchiq haqiqatni shirin rohati bor .....

Qayd etilgan


Akbarjоn  12 Fevral 2010, 08:26:04

Kuchuk bilan ho'tikni qancha qilma tarbiya
It bo'lur, eshshak bo'lur aslo bo'lmas odamiy

Qayd etilgan


Ansora  13 Fevral 2010, 21:36:32

Odam bolasi qiziq-da: bir narsa so'rasangiz "bilmayman" deyishga uyaladi-yu, lekin yolg'on ma'lumot berishdan aslo qo'rqmaydi....

Qayd etilgan