Forumchilarning aforizmlari...  ( 433421 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 146 B


lolo  17 Noyabr 2009, 07:30:43

Qalb insonning dalasidir. Nimani eksa o'sha chiqadi!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Noyabr 2009, 10:17:05

Qalb insonning dalasidir. Nimani eksa o'sha chiqadi!

Faqat uni bir shudgor qilish kerak....

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2009, 11:51:13

Qalb insonning dalasidir. Nimani eksa o'sha chiqadi!

Faqat uni bir shudgor qilish kerak....

Assalamu alaykum.
Shudgor degani, yumshatish deganimi?
Agar shunday bo'lsa, bu gap 100% haq.
Chunki avvalo qalbni yumashtilmasa u yerdan hech narsa unib chiqmaydi. Tikondan boshqa. Chunki tikon toshlik qattiq joyda ham unib chiqaveradi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Noyabr 2009, 00:46:09

Qalb insonning dalasidir. Nimani eksa o'sha chiqadi!

Faqat uni bir shudgor qilish kerak....

Aha, ayniqsa "bepayooooooooooooon dala" bo'lsa... ;)  :D

Qayd etilgan


saltanat  18 Noyabr 2009, 06:59:27

Bandasining iymoniga baho berish maning ishim emas, Allohning ishi.Man Yaratgan emasman,Yaralganlardanman.Qiyomat kunida amallarni so'raguvchi emasman,balki amallaridan so'ralgubchilardanman.Man Hukm qiluvchi emasman,manga Hukm qilunuvchilardanman.Xato-gunohlardan xoli emasman,xatokor-gunohkorlardanman.Yo Rabbim hidoyat yo'lingda cobit turishimiz uchun biz bandalaringga O'zing madad ber,omiyn.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Noyabr 2009, 07:06:12

Hayot bir sinovdir har bir insonga.
hayot ko'priklaridan o'tib olish esa har bir insonning o'z qo'lidadir. Bu ko'prikdan o'tishda ba'zilar yiqiladi ba'zilar esa o'tib oladi...

Qayd etilgan


lolo  18 Noyabr 2009, 07:36:14

Suvning sofligi unga qiymat bergani kabi insonning samimiyligi ham unga qadr keltiradi!

Qayd etilgan


saltanat  18 Noyabr 2009, 08:31:25

Hayotda shunday kishilar borki,man ularni teshilmayotgan,lo'qillab og'rib turgan patos-yiringli yaraga o'xshataman.Bunaqa yara chiqqan odam yarasining lo'qillab og'rishidan butun badani ozor chekadi,tana xarorati ko'tarilib joni hech qayerda orom topmaydi.Yarasi yorilsada yiringidan qutulish uzoq muddatgacha cho'zilib, og'riqli va qiyin kechadi.Endi shu toifadagi kishilarga nafsi ko'tarolmaydigan biron gap yoki biron ish qilsangiz ana ko'ring tomoshani,Ularning fisqu-fasodli gaplari, qalblarining kekiyu-ginasi oldida haligi yiringli yara misoli "holva" bo'lib qoladi.Chunki shu dardni tortish bilan odam Allohning oldida qaysidur gunohlaridan qutulib ketishi mumkin.Lekin yarasifat odamlarni dastidan nojo'ya gap gapirib gunohga botish hech gap emas.

Allohim qalbimni kibru-havodan holi tutishimda O'zing yordam ber.Ko'tara olmaydigan boyligimni, amal qilmaydigan ilmimni manga bermaginki--bu boyligu,ilmimga quvonib, boshqa bandalaringdan o'zimni yuqori bilib kibrga berilib ketmay.Kibr shaytoniy xislat, olib boradigan joyi esa jahannamdir.Jahannamdagi azoblaringdan qo'rqadigan bandalaringdan bo'layinki, shunda Rahmoniy yo'lingdan chiqib ketmayman.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  19 Noyabr 2009, 01:10:07

Nuhtachalik manfat uchun, Vergulchalik egilma. ,

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  19 Noyabr 2009, 01:16:51

O'qishni eplay olsangiz, Har bir Inson bir kitobdur.


Qayd etilgan