Forumchilarning aforizmlari...  ( 498887 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 ... 146 B


JaviK  21 Oktyabr 2010, 12:12:06

Tilidan yomon so`z chiqadigon boladan kelajakda yahshi odam chiqmedi... (Buvijonimning gaplari)

Qayd etilgan


Ansora  22 Oktyabr 2010, 15:20:53

Chiroyli bo'lish uchun sevilish kerak
Sevilish uchun chiroyli bo'lish kerak...


İnsonlar har xil bo'lganiday-chiroy tushunchasi ham xilma-xildir...

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Oktyabr 2010, 15:36:46

• Ikki qo'li ko'ksida, senga egilib ta'zim qilgandan qo'rq. ©

                               * * *

• Pulli ishda sen juda ham taqvoli deb o'ylagan birodaringga ham ishonma. ©

                               * * *

• Yoshligimizda "mashina yo'liga chiqar ekansan, avval chap tomonga qara, mashina yo'q bo'lsa yur, o'rta chiziqqa kelgach o'ng tomonga qara, mashina yo'qligiga amin bo'lgach, yo'ldan o't" deyishardi. Bugun katta yo'lga chiqar ekansan, chapga ham, o'ngga ham, orqaga, hatto bir marta osmonga ham qarab, so'ng qadam tashla. ©

Qayd etilgan


Aqoid  25 Oktyabr 2010, 17:02:00

Uylanish uchun bo'ydoqlikdan voz kecha bilish kerak (c)

 :as: Bo'ydoqlikdan voz kechishni bilmayabsanmi? darhol uylan!
P.S. Muallifning aforizmi juda yoqdi menga.

Qayd etilgan


Aqoid  25 Oktyabr 2010, 17:03:25

 :as: Ho'p desang yutasan.
author:Dadam

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Oktyabr 2010, 11:52:30

Bildimki, eng ko'p zamondan noluvchilar - bekorchilar ekan. ©

* * *

Salomingga alik olish o'rniga boshini qimirlatib qo'ygan odamdan yaxshilik kutma. ©

Qayd etilgan


ibrohim  27 Oktyabr 2010, 12:23:15


Salomingga alik olish o'rniga boshini qimirlatib qo'ygan odamdan yaxshilik kutma. ©


soqov bo'lsachi..?

Qayd etilgan


ibrohim  27 Oktyabr 2010, 12:46:52


Salomingga alik olish o'rniga boshini qimirlatib qo'ygan odamdan yaxshilik kutma. ©


soqov bo'lsachi..?
Soqov bo'lsa gung bo'ladi. Salomni eshitmaydi. Boshini qimirlatmaydi.

og'zini qimirlatganda sezadiku..?

Qayd etilgan


ibrohim  27 Oktyabr 2010, 12:59:52

Salomingga alik olish o'rniga boshini qimirlatib qo'ygan odamdan yaxshilik kutma. ©
soqov bo'lsachi..?
Boshini qimirlatib deganda faqat boshni qimirlatish tushunilmasligi kerak menimcha.
Salom bersa "Yahshimisiz?", "Qalesiz?","Hormanglar!" deydigan, qisqa qilib aytganda alik olmaydiganlarni nazarda tutilgan bo'lsa kerak.

demak, xulosa qilib aytadigan bo'lsak...(davom ettirin)

Qayd etilgan


ibrohim  27 Oktyabr 2010, 13:10:21

demak, xulosa qilib aytadigan bo'lsak...(davom ettirin)

Bildimki, eng ko'p zamondan noluvchilar - bekorchilar ekan. ©


noliganimyo'gu, mullo..
shunchaki har bir narsani ikkinchi tomonini o'ylab ko'rdim-da(de)....

Qayd etilgan