Forumchilarning aforizmlari...  ( 499229 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 ... 146 B


gayrat17  06 Dekabr 2010, 09:43:01

Kechqurun o'zing uchun, ertalab boshqalar uchun tishingni yuv, degandi bir Mirsa degan bola ;D

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  06 Dekabr 2010, 10:14:39

Inson qachon chinakamiga qariydi, bilasizmi? Qachonki BOLALIK uning jismini emas, yuragini tark etganida...

Tog`ri maqtov- hushomad va laganbardorlikdan ming chaqirim yiroq bo`lib, muvaffaqiyatga tomon boshlovchi eng qisqa yo`ldir...

Nodon donolarcha suhbatingizni ham nodonlarcha qabul qiladi. yaxshisi nodon bilan nodonlarcha suhbatlashing shunda u sizni donolarcha hurmat qila boshlaydi...

Muhabbat shunday buyuk kuchki, u har qanday qo`rqoqqa jur'at bera oladi, har qanday kuchli ayol ham uning qoshida ojizaga aylanadi...

ishdagi oddiy haqiqat: Nega kech kelding deb hamma so`rashi mumkin, biroq nega kech ketyapsan deb hech kim so`ramaydi!

rishtalar bog`lanishi, yoki uzilishi uchun oradagi masofaning ahamiyati yo`q 
   

Qiyinchiliklarni yengib o`tishdan qo`rqma, qiyinchiliklar seni yengib qo`yishidan qo`rq! 
   

Muhabbatsiz insonning toshdan birgina farqi - gapira olishida

Dunyoda uch narsaga ishonib bo`lmaydi: nodondan va davlatmanddan donishmand yetishib chiqishiga, laganbardorlarning maqtoviga va shoirlarning muhabbatiga...

Dunyodagi eng arzon narsa - mehr. Arzon narsani topish esa, hamisha qiyin bo`lib kelgan...

Aql va pul orasida bog`liqlik yo`q deganlar bekor aytibdi! Qashshoq donishmand aql o`rgatsa hamisha ahmoqdek ko`rinadi. Boyning ahmoqona gaplari esa hamisha haq 
   
Insonlar uch toifaga bo`linadi: Hushomadgo`ylar, hushomadgo`ylarga ishonuvchi ahmoqlar va ularning ikkisni ham ko`rarga ko`zi yo`q omadsizlar:)

(Hammasi o`zimizning kompyuter hoshiyasiga bitilgan bitiklarimizdan)

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  07 Dekabr 2010, 19:26:34

 :bsm:

Yolg'onsiz haqiqat yo'q.

Qayd etilgan


AL_laziz87  08 Dekabr 2010, 11:45:42

:bsm:

 :as:

Seni onlayn ekanligingni bilmasliklari hohlaysanmi?, unda Adminga ayt, yashirip qo'yadi  :D.

Bu holat hozir rasaaa avjida :13.


Off: Parolni unutma etti, etti ,to'qqiz

Oforizm: doim vaqtim yo'q deb vaqtini zoye ketkizyotganlar o'z joniga qasd qilganlardur.

Qayd etilgan


Aqoid  08 Dekabr 2010, 19:20:59

Netda pulim ozroq ketsin desang, tel.dan kir.

Qayd etilgan


ibrohim  08 Dekabr 2010, 20:19:36

... forumga teldan kirma, qiynalasan na iqtibos bor , na rahmat. Undan ko'ra netdan kir -  qulay...

Qayd etilgan


Aqoid  08 Dekabr 2010, 20:29:58

... forumga teldan kirma, qiynalasan na iqtibos bor , na rahmat. Undan ko'ra netdan kir -  qulay...
puling ko'p bo'lsa, komp.dan kir.
Puling oz bo'lsa tel.dan kir.

Qayd etilgan


ibrohim  08 Dekabr 2010, 20:35:09

... forumga teldan kirma, qiynalasan na iqtibos bor , na rahmat. Undan ko'ra netdan kir -  qulay...
puling ko'p bo'lsa, komp.dan kir.
Puling oz bo'lsa tel.dan kir.

shaxsiy komp.in bo'sa karta olib kompdan kir - qulay....

Qayd etilgan


Aqoid  08 Dekabr 2010, 20:40:08

Qaniydi!!!

Qayd etilgan


ibrohim  08 Dekabr 2010, 20:41:38

Bo'pqolar!!!

Qayd etilgan