Forumchilarning aforizmlari...  ( 499159 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 ... 146 B


As-Samarqandiy  05 Yanvar 2011, 16:21:03

 :bsm:

Haqlilikni o'rnatmoq uchun nohaqlik qilishga to'g'ri keladi.

Qayd etilgan


Мuslim  06 Yanvar 2011, 14:34:53

Hozirgi zamonda birovning haqqidan qo`rqadigonlardan ko`ra,
Birovning haqqiga kun kechiradigonlar ko`paymoqda...

Qayd etilgan


UzMuslim  06 Yanvar 2011, 15:56:30

Bir KUn Boshimiz devorga Uruladi,Qilgan Hatoalrimiz Yuzaga Chiqadi,Biz esa Afsus Chekamiz..

Qayd etilgan


Akbarjоn  14 Yanvar 2011, 16:21:34

Alloh yaratgan xar bandani aybini ko'pam axtaravermasdan o'ylab ko'rginchi
o'zing biron bir narsa yarata olasanmi, bu bilan yaratguvchiga isyonkor bolib qolma

Qayd etilgan


Nurdinboy  14 Yanvar 2011, 17:29:07

     O'z aforizmlarimizni yozayotganimizdan keyin men ushbu so'zning ma'nosini yozib qo'yishga qaror qildim. 
     AFORIZM (yun. aphorismos — ta’rif, ixcham ifoda) — muallifi ma’lum bo‘lgan, ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr. A.ga berilgan ta’riflarda turlichalik mavjud: ayrim manbalarda A. aniq muallifga ega bo‘lishi shart va shu narsa uni maqollardan farqlovchi asosiy jihat deyilsa, boshqalarida bu shart qo‘yilmaydi (q. aforistika). A.lar paydo bo‘lishi jihatidan turlicha. Ayrim hollarda A. maxsus yaratiladi, bu holda uni tom ma’noda janr deb hisoblash mumkin (mas., A.Qahhorning mashhur "œAdabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas", degan gapi). Zero, bu holda ijodkorning hayotiy tajribasiga tayangan holda biron-bir masala yuzasidan umumlashma fikrini ifodalashga imkon beruvchi shakl hodisasi haqida gap boradi. Mas., A.Muxtorning "œTundaliklar", O’.Hoshimovning "œDaftar hoshiyasidagi bitiklar"idan shu janrning ko‘pgina yaxshi namunalari joy olgan. Biroq ko‘p hollarda u yoki bu asardan olingan ixcham ibratli fikr ham A. sifatida ommalashadi (mas., "œSinchalak"dan: "œTo‘kilgandan tomchilagan yomon..." yoki "œChalasavod kishi o‘zidan past, nima desa "œhikmat" deb turadigan odamlar bilan ulfatchilik qilishga moyilroq bo‘ladi").
Dilmurod Quronov "Adabiyotshunoslik lug'ati" 41-bet

Qayd etilgan


azizbek_mx  16 Yanvar 2011, 08:24:18

Компютер вафо, маъшук жафо!

Qayd etilgan


Nurdinboy  16 Yanvar 2011, 10:00:31

Компютер вафо, маъшук жафо!

Kompyuterga uylaning bo'masa ;D

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Aqoid  16 Yanvar 2011, 10:06:58

Tel. sotib olsang eski bo'lsa ham net.ga kiradiganidan ol.

Qayd etilgan


Nurdinboy  19 Yanvar 2011, 20:12:26

Netga kirsang kompdan kir,
Telfondan kirma aslo.
Zero komning imkoni ko'pdir,
Telfon esa seni faqat abgor etaro

Qayd etilgan


azizbek_mx  19 Yanvar 2011, 21:03:20

Ilk mehnatdan moddiy foyda kutma, chunki ilk mehnatdan ma'naviy foyda olasan va kelgusida shu malaka asosida mehnatingni shakllantirasan. Muhimi bir qolipga tushib qolma, bir xillik mijozlarni zeriktiradi

Qayd etilgan