Forumchilarning aforizmlari...  ( 499008 marta o'qilgan) Chop etish



AbdulAziz  08 Dekabr 2012, 12:42:28

Agar erishganlarimni muvaffaqiyat deb atash mumkin bo'lsa, ushbu muvaffaqiyatlarim siri yigitlikning shahvatini ilm o'rganish bilan yengganimda deb bilaman...

Qayd etilgan


Ҳанафий  08 Dekabr 2012, 14:03:06

 :asl3:

Juda ham ajoyib so'zlar bor ekan, har biriga rahmat aytsam ham kam.

Arzimasada, men ham bitta so'z yozib qo'yay...

Sajdadan ko'ra qiyomda kam turgani Robbimdan hayo qilaman


Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Dekabr 2012, 10:36:27

Gohida ayol kishi kerakli payt sabr qilolmaydi, erkak kishi esa keraksiz payt sabr qiladi.

Qayd etilgan


Mufazzala  31 Dekabr 2012, 02:56:52

Assalomu alaykum!

Tilimni tiya bilganimda bu dunyoda ham xursand yashardim.

Qayd etilgan


Хадича  10 Yanvar 2013, 14:24:07

"Odam"bo'lib yaratilgani bilan
hamma ham " Inson" bo'lavermas
ekan...
  * * *
O'zimni o'zim seva boshladimmi-
demak bu mening Halokatim...
  *  *  *
Odamlar orasida kamroq
yurib,yolg'izlikda Haqni tafakkur
qilish- Naqadar ojiza
ekanligimni,hayotga chekkadan turib
baho berish bahtini va dunyoga
g'arq bo'lish Baxtsizligini tushuntirib
qo'yar ekan...
   *  *  *
  Dunyoga kimgadur qattiq ko'ngil
berish,uni yo'qotib qo'yishdan
hadiksirab yashashdan ortiq Zorlik
bormi?
  Haqni sevib,doim biz bilan birga
ekanligini his etib yashashdan ortiq
Boylik bormi?..
  *  *  *
Man dunyodagi eng ojiz
Mavjudotman-chunki nafsim bor...
Man dunyodagi eng Baxtli
Mavjudotman-chunki Allohim bor...
Man dunyodagi eng g'arib
insonman-chunki
xatolarim,gunohlarim bor...
Man dunyodagi eng Baxtli insonman-
chunki Arshda gunohlarga qilingan
tavbani kechirguvchi Robbim  bor...
Man dunyodagi eng xavfli insonman-
chunki shayton qonimda aylanib
yuribdi...
Man dunyodagi eng oliy
Mavjudotman-chunki Robbimni ijod
mahsuli,ruhidan puflab jon
kirg'azgan "Odam"man...
  *  *  *
 Aql butun vujudga Hokimlik qila
olmasa-bu Aqlning ojizligidan emas,
vaqtida Nafsni boshi olinmaganidan...
    *  *  *
Ko'z yoshimni dunyo uchun
to'kkanim-bu yashamaganimdan
darak...

Qayd etilgan


JaviK  12 Yanvar 2013, 11:32:45

Do`stlarimni ko`pligi bu -bahtliman deganim emas.
Haqiqiy do`stimni borligi bu-Bahtimdir

Qayd etilgan


Best friend  13 Yanvar 2013, 16:51:58

Qilingan xatoni balki o'nglab bo'lmas, ammo uni takrorlamaslikning imkoni albatta topiladi.

Qayd etilgan


Mufazzala  14 Yanvar 2013, 13:36:24

 :asl3:

Hech qachon katta gapirish kerak emas ekan.
"Men hayotda bunday qilmayman", degan ishlarni
ichida bir boqasan o'zingni topasan.

Qayd etilgan


Donishmand  14 Yanvar 2013, 13:49:40

:asl3:

Hech qachon katta gapirish kerak emas ekan.
"Men hayotda bunday qilmayman", degan ishlarni
ichida bir boqasan o'zingni topasan.

Bir paytlar diplomimga taqriz uchun bir zavodga kirib chiqishga to'g'ri kelgandi. Chiqayotganda "Qaytib hayotda bu zavodga kirmayman!" - deb chiqqandim.
Mana 10 yildirki hayotimning har kunida shu zavoddaman. Endi bu yersiz hayot degan tasavvurning o'zi yo'q.

Qayd etilgan


Lu`lu`  14 Yanvar 2013, 19:21:21

:asl3:

Hech qachon katta gapirish kerak emas ekan.
"Men hayotda bunday qilmayman", degan ishlarni
ichida bir boqasan o'zingni topasan.

Bir paytlar diplomimga taqriz uchun bir zavodga kirib chiqishga to'g'ri kelgandi. Chiqayotganda "Qaytib hayotda bu zavodga kirmayman!" - deb chiqqandim.
Mana 10 yildirki hayotimning har kunida shu zavoddaman. Endi bu yersiz hayot degan tasavvurning o'zi yo'q.

:)

Манам бир кун аччикда "Ок товба, кук товба,  хеч качон шу ерга келмайман" деган сдим. 6 йил булибди, хануз уша ерга насибам кушилмайди.

Qayd etilgan