Internet olamida islomni yoyaylik,birodarlar....  ( 4921 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Robiya  20 Oktyabr 2009, 16:37:40

Bugun hamma netdan foydalanadi,buni aytib o'tirishning hojati yo'q, jumladan o'zim ham bir necha loyihalarni kuzatib boraman. Moy mir degan loyihani ko'pchiligimiz bilsak kerak, yaqinda shu "dunyoim"dagi bir birodardan quyidagicha xabar olgandim va uni forumda forumdoshlar bilan ko'rsakmikin deb o'yladim... To'g'ri, bu yerda muhokama qilinishga arzimas balkim, lekin fikrlar menga ma'qul bo'ldi. Siz ham tinglab ko'ring, va o'z fikrizni bildiring, iltimos...

                                                                            Bismillohir rahmonir rahiym!

 Yozmoqchi bulganlarim barcha mo'min musulmon birodarlarga! Islomni tushunadigan opa singillarimiz va aka ukalarimizga! Hurmatli birodarlar da'vatning XXI asr kurinishini olib boreylik hammamizdan bilaman e-mailimiz bor hammamiz mail.runing miridan uzimizga "dunyo" ochib olganmiz...aytmoqchi bulganim mail.ru orqali islom haqida bulgan barcha bilganlarimizni boshqa birodarlar bilan bulishaylik! Ular biz bilan dustlik taklif qilishsa otmen qilib ya'ni bekor qilib yubormaylik qaerdan bilamiz mehribon ALLOHimiz uning qalbiga hidoyatni biz orqali solib quymoqchi va buning evaziga bizga kupdan kup savobu ajrlar bermoqchidir?  Hammamizga ma'lum netga kiradiganlarning kupchiligi vaqtini utkazishlik uchun kiradi... biz unga yozsak ham yozmasak ham uning vaqti utadi bizdan ham epchil va chaqqon qizlar yoki bollar bor uzlariga jalb qiladiga uzlarining shahvoniy suratlarini quyib hammani uziga chalg'itadigan! Shulardan oldini olaylik agar bizga dustlik taklif qilsa keling chiroyli odob bilan muomala qilaylikkim dust bulganiga afsuslanmasin aksincha bizdaqa dustlari kup bulishini istasin! (obshi durzyalarda) kuproq bulib chiqib turaylik? gaplarim kulgilidir lekin qachongacha? uzimiz bilan uzimiz ovora bulib netdan foydalanamiz? Ahir shu netni ham yahshi yullarda ishlatsak buladiku? Yoki bizga usha 2ta yoinki 3-4 ta forumni uzi yetadimi? ushetdagi 200 balkim undan kupdir ishtrokchilarni uzi yetarlimi? safimizni kengaytirmaymizmi? butun mirni qamrab olaylik! Netda utirganlarga ma'lum sal adashib ketsangiz rus qizlarining shaytoniy va shahvoniy suratlari bosilgan saytlar lop etib chiqadi ...biz aksincha islomiy dunyoni kengaytirib usha adashganlarga ...islomiy suratlarni kursatib uzimizga jalb qila olmaymizmi? Bir rivoyat esimga keldadi shu urinda...bir odam bularkan yoshi 100dan utgan, u odamkim biror narsada mazza qilmas non yesa ham suv ichsa ham hatto ayoli bilan birga bulsa ham rohatlanmaskan! u odamni oldiga bir kishi kelib ulishni hohlaysizmi desa yuq deb javob beribdi ahir nega hech nimadan rohat topmasangiz yashashni nima qizigi bor desalar man yahshi odamlarni gaplarini eshtib ham mazza qilaman degan ekan ...Biz uzimizzi guzal hulqimiz bilan (agar u bulsa ) boshqalarga urnak bulaylik! salom deb yozsa vo alekum assalom deb aytaylikkim zero u kishi uyalganidan yanagi safar assalomu alekum deb salomlashsin...men bu bilan hamma bilan dust bulaylik yoki hamma sir beraylik demoqchimasman...shunchaki islomdagi bilimizmizni boshqalar bilan baham kuraylik! Dust buldingiz degani siz u bilan kurishib turadigan yoinki telda gaplashadigan degani emas...shunchaki qaysi ma'noda? ya'ni ilmimizni boshqalar bilan ulashish ma'nosida aytmoqchiman! Zero har bir majlisingizda ALLOHni zikr qiling deyilgan ekan ahir qanchadan qancha majlislarimiz bulyabdi? ALLOHni zikr qilmagan! Yoki uzim namoz uqisam buldi qolganlarni gunohi uzini buynigami? Yo'q! Islomning ustini bulgan to'rt asosiy hadisdan birida "Mo'min kishi uzi yahshi kurgan narsalarni birodari bilan bulishmaguncha haqiqiy mo'min bula olmaydi" deyilgan! Bas shunday ekan uzimiz yahshi kurgan yahshi amallarimiz va bilimlarimizzi boshqalar bilan baham kuraylik. Odamlar kitob uqimay quydi, uning urnini internet va sms lar tezkor vositaga  aylanib borar ekan biz ham shu internet orqali odamlar qalbiga yaqinlashaylik. 0960 ga qo'ng'iroq qilib bir kulgili latifa eshtib hadis eshtmasak uzimizzi ustimizdan kuladiganlar topilib qolmaydimi? Hayrulla Hamidov va Avzal Rafiqovlarni ma'ruzalarini nega faqat Ramazon oylarida eshtishimiz kerak? Hech bulmasa internetdan tug'ri foydalanaylik. Internet faqat yomon suzlar va yarim yalong'och qizlar joyi bulib qolmasin uni yahshi amallarimiz va guzal hulqimiz bilan tuldiraylik!  Ju"malarda yoki hayit namozlarida qilinvotgan ma'ruza va amri ma'riflarni eshtvotganalar hammaligi amal qivotti deb uylismi? ahir shuncha odamdan loaqal bittasi uziga kerelisini oladiku...qachongacha da'vatni qori okalarimiz yoki shayh hazratlati yohud muftilar qilishi kerak? Fikr bildirish bizdan, hulosa  sizdan hidoyat esa yolg'iz ALLOHdan! Mehribon va rahmdil ALLOHim hammamizga kuchli iymon qalblarimizni iymon va mehr muhabbat bilan tuldirishligini basirat kuzlarimizni esa hidoyat nuri bilan ochishligini surab qolaman!  Duolaringizda bizni ham qushib duo qilin assalomu alekum va rahmatullohir va barakatuhu! Shohruh Mirzo.

Qayd etilgan


Muhyiddin  20 Oktyabr 2009, 17:29:30

Bu fikrlarni o’qib, bir mulla haqidagi rivoyat esimga tushib ketdi, balki uni siz yaxshi bilarsiz.

Bir kishi qo’shni qishloqdagi dostini ziyorat qilgani boribdi. Do’sti o’sha qishloqni imomi ekan. Shu sabab u to’g’ri masjidga o’tibdi. U erga borsa do’sti yo’qmish, so’rasa, uni choyxonadaligini aytishibdi. U ajablanib choyxonaga boribdi. Yo’lda ketarkan ko’nglidan "œImom bo’lgandan keyin masjidda o’tirmaydimi"¦" degan o’ylar o’tibdi. Borib qarasa dosti besh-o’n chog’li oshiq o’ynayotgan odamlarni yonida turvolib ularni namozga da’vat qilayotgan ekan... Vaziyatni yaxshi anglamagan o’sha kishi do’stiga qarab: "œBu erda nima qilyapsan, yur ketdik!" desa, do’sti "œHozir, shoshmay turgin, etmishti edi ettida qoldi" - degan ekan"¦

As’ad Jo’shon rahmatullohi alayh atganlaridek, biz musulmonlar nafaqat mo’min-muslim, balki, muslih bo’lishimiz kerak. Ya’ni avval o’zini isloh qilib, so’ng o’zgalarni ham isloh qila oladigan. Umuman olganda, atrofimizga sira beparvo bo’lmaslimiz, baholiqudrat, o’rniga qarab amri-ma’rif va nahiy-munkar qilsak ko’p savobli ish bo’ladi.

Qisqasini aytganda, kimni qo’lidan kelsa, o’ziga ishonsa bu ishga qo’l ursa bo’ladi! Shundaylarga Alloh yor bo’lsin! Alloh taolo ularni bu hayrli ezgu ishlarida muzaffar aylasin! Omin"¦

Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 19:49:40

Xalqimiz bekora yaxshi niyyat yarim mol, demagan. Alloh solih niyyat bilan yo'lga chiqqan insonga albatta bu solih amalni nasib etadi insholloh.
"Moy Mir" yoki boshqa saytlarni bilmaganim uchun hech narsa deya olmayman.
Alloh Taolo: "Gunoh ishlamang," demaydi "Gunohga yaqinlashmang," deb bizni ogohlantiradi. Harhil toifadagi insonlarni dinga chaqiramiz, deb o'zimiz ham gunoh ishlab qolmaylik-da shundan qo'rqaman holos...

Qayd etilgan


Muhyiddin  21 Oktyabr 2009, 13:56:58

Assalomu alaykum!
Bunga o'shash mavzular avval ham muhokama qilingandi. Nazarimda yuqoridagi fikrlarni biroz izohlashga ehtiyoj sezilmoqda...

Men ham ushbu fikrga qo'shilaman.

Harhil toifadagi insonlarni dinga chaqiramiz, deb o'zimiz ham gunoh ishlab qolmaylik-da shundan qo'rqaman holos...
Men
Iqtibos
Kimni qo’lidan kelsa, o’ziga ishonsa bu ishga qo’l ursa bo’ladi!...
deganimda, da'vat qilishga maxsus tayyorlangan yoki shunga loyaqatli, irodasi mustahkam va ilmli (vaqti bor ishi net bilan bog'liq) kishini nazarda tutgan edim.
Boshqa jihatdan o'sha "Мой Мир", "Одноклассники " va boshqalar portallarga kiruvchilar islom.uz, ziyouz ga o'xshash diniy-ma'rifiy saytlardan ham ozmi-ko'pmi xabardor, ya’ni ularni butunlay hamma narsadan bexabar deb bo’lmaydi. "œNega unda?... "œ kabi savollarga javobni iymon zaifligi, muhit ta’siri hamda vaqt o’tkazish uchun ermak (ko’ngilxushlik) kabi omillar bilan izohlash mumkin"¦

Hali tajribasiz, balog’at yoshidagi beg’ubor qalbli ukalarimiz va ayniqsa singillarimizning bu ishni o’z uhdalariga (zimmalariga) olishlari ancha havfli! Shuning uchun, yaxshisi, o’sha birodarlarining haqqiga duo qilish bilan chegaralanib o’z ilmlarini oshirishsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Bu ish bilan jiddiy shug’ullanadiganlar, inshaalloh, topiladi"¦

Bunga qarshi kurshishni boshqa choralari ham bor:

- Avvalo, (gap yana o’sha tarbiya borib taqalishini takidlaymiz) bunga oila va maktabda ta’lim tarbiya yo’li;
- Bazi portallarni muqobillarini, undan ko’ra yaxshi bir yo’sinda UZ domenida tashkil qilish (Ya’ni UZ domenda bepul muqbil, ularni o’rnini bosa oladigan, pochta va boshqa turdagi xizmatlarning yo’qligi ham bunga sabab bo’la oladi);
- Bazi saytlarni butunlay yopib tashlash va h.k.
- ...




Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 14:08:56

Davrimizning eng katta kasalligi huzursizlik kasali. Yuqorida aytilganday saytlarda "vaqt o'ldirayotgan" qardoshlarimizni aslida yuragida notinchlik bor. Afsus bu tur bo'sh narsalar bilan vaqt o'tkazish insonga yana faqatgina huzursizlik beradi. İnsonni ichida baribir zarra bo'lsa ham iymon nuri bor. Shu nur, ahloq-odobga to'g'ri kelmagan nohush ishlar qilganida zadalanadi, iymon egasining huzurini qochiradi.
Bir ustoz aytgadilar. Haq gapni aytaverish har doim ham mumkin emas bu davrda, siz shunday paytda tashqi ko'rinishingiz, o'zingizni tutishingiz bilan tashaqridagi insonlarga o'rnak bo'ling.
Allohini tanigan, dinining amri bilan yashagan insonlar har qanday qiyinchiliklarga qaramay, ichida huzur bor. İshonamanki, huzur bilan to'la qardoshlarimizni ko'rgan har qanday inson ularga ergashadi, nasihat oladi, dardini aytadi. Shu savollarga sabr bilan javob bera olish, to'g'ri yo'lni ko'rsata olish hammamizga nasib qilsin insholloh...

Qayd etilgan