Diydor shirin  ( 120444 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 23 B


Abdullоh  26 Oktyabr 2009, 00:40:43


Xo'o'o'sh, biz bu yerda gap sotib o'tiribmiz-u, forumdan habar olmabmizku. Qani, ZiyoUZ tarvuzini olib beringlarchi, forumda nima gaplar ekan. Ha, rostdan ham texnologiya rivojlanmoqda. Kim o'ylabdi deysiz, oddiy poliz ekini orqali Xalqaro o'rgimchak to'riga bog'lansak  :o

Qayd etilgan


Abdullоh  26 Oktyabr 2009, 00:43:49

Xulosa qiladigan bo'lsam, bu kungi uchrashuv juda ko'tarinki ruhda o'tdi. Bundan har kim olam-olam ma'nolar bilan qaytdi. Eng muhimi, uchrashuv haqiqiy o'zbekona ruhda o'tda. Zero, ZiyoUZ - haqiqiy o'zbekona forum!

P.S. InshaAlloh keyingi uchrashuvlarimizda yangi a'zolarni ham kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Robiya  26 Oktyabr 2009, 06:13:02

:as:

Mana buni haqiqiy birodarlik desa bo'ladi. Ana diydoru, mana uchrashuv. Avvalo, bu haqda eshitib xursand bo'lgandim, yaxshi o'tgani yanada quvontirdi. Tilagim, mana shu birdamligingizga ko'z tegmasin, ilohim. Bunday diydorlarni ko'pini ko'ringlar.

OFF: telda rasmlar ochilmasakan, ertagacha o'chirvorilsa kerak :( Ha mayli, bu ham yaxshilikka :)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Oktyabr 2009, 06:29:56

Bu safargi uchrashuv oldingilariga nisbtan ancha jonli kechdi. Forumchilar bir birini yaxshi tanib olishdi. AbdulAziz aka hamon meni tortinchoq deydilar. Aslida unday emas. Mendan ko'ra tortinchoqlar ham bor ekan. Lekin men tortinchoq emasman . . . :D

Qayd etilgan


Chustiy  26 Oktyabr 2009, 11:19:28

Darvoqe, ko'p vaqtdan buyon forumdoshlarni suratlarini olib, ularga hizmat qilib kelayotgan ORIF akamizgayam forumdoshlarimiz nomidan o'z minnatdorchiligimizni izhor etib qolamiz... Patapparatli aslo buzilmasin, spishkalari kuymasin, hamisha "chirqqilab" tursin... :D

Okam, yaxshi kunlarizda hizmatta bo'lilu... ;)

Qayd etilgan


Ansora  26 Oktyabr 2009, 11:54:16

"Dunyoning shodligi yig'ilsa bugun
Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun"

Sizlar uchun rorsa xursand bo'ldim.
Shunday uchrashuvlar soni ko'payaversin insholloh.
 
"İnternetten do'st topsa bo'ladimi-miii", deb so'raganlar suratlarga qarasinlar : )

Alloh O'zining rizosi uchun otilgan do'stlik qadamlaringizni bardavom qilsin.
İnsonlar kunimizda turli bahonlar uchun, turfa hil joylarda, turfa hil shaklda uchsrashuvlar uyushtirishadi....
Sizlarni ko'rib, mana shunday chiroyli uchrashuvlar ham tashkillashtirsa
bo'larkan-u, dedim : )

Rasmlardan bizlarni ham bahramand qilganingiz uchun katta rahmat.

Alloh bardavom qilsin....

Qayd etilgan


Ziyovuddin  26 Oktyabr 2009, 12:18:01

 :as:
 Uchrashuv zo'r o'tdi! Oldinlari hech kim bilan ko'rishmagan bo'lsam ham lekin hammani bir ko'rishda tanib oldim. Qiziq suhbat va samimiy hangomalar... Uchrashuv so'ngida go'zal duo qilib yakunladik. Keyin AbdulAzizaka, AburRahmon biroz piyoda yurib suhbatlashib ketdik.
 Uchrashuv maroqli o'tishi uchun hamma o'z hissasini qo'shdi. Buning uchun hammaga minatdorchiligimni bildiraman. Uchrashuvni uyushtirgan  Mirzo Chustiyg'a alohida rahmat ayturmen. O'ylaymanki bu birinchi uchrashuvimiz va oxirgisi ham emas. Hali bunday yig'ilishlarimiz, diydorlashuvimiz ko'p bo'ladi deb umid qilaman.

Qayd etilgan


Mr.Twister  26 Oktyabr 2009, 17:58:38

 :as:
Bir kuni Orif aka bilan uchrashganimizda (o`shanda Universitetga dokument topshirib qaytayotgandim) Orif aka Osh majlisga juda ham havasim ketgan. InshoAlloh o`qishga kirsam biiiiir yig`ilamiz degandim. Alhamdullilah Rabbimiz shu kunga yetkazdi.

Uchrashuv juda -juda maroqli o`tdi. samimiy suhbat, samimiy hazillar, bir qancha muammolarni o`zimizcha yechishga harakat qildik... Bilmadim kimningdir tashabbusi bilan nickim Mr.Twister - Ministr bo`lib qoldi. Taxminan bu Abdullohdan chiqdi. "Do`stlik aurasi" uchrashuv joyiga yetmasdan sezilardi. Tashkillashtirish ishlarida qatnashgan har bir userdan Alloh rozi bo`lsin.
Orif akaga tushirgan rasmlari va menga shaxsan o`zlari uchrashuv haqidagi xabarni yetkazganlari uchun alohida rahmat.

Uchurshuvdan olganlarim:

- Virtual dunyodan real dunyoga qo`yilgan qadam
- Do`stlar diydori
- olam qadar xursandchilik
- olam qadar shirin diydor...

Qayd etilgan


Afifahon  26 Oktyabr 2009, 23:37:16

Vooy  :ms:     :o Havasim keldi,inoqliklaringni ko'rib.ALLOH davomli qilsin.
Sovg'a ajoyib estalik bo'ladigan narsa bo'libdi.....Baraka toping Chustiy

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  27 Oktyabr 2009, 15:54:01

 :as:
Боролмаганим учун маъзур курасизлар.
Бундайин ахиллик, биродарлик, самимистга куз тегмасин, бардавом килсин!

Qayd etilgan