Diydor shirin  ( 120356 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 23 B


Y_U_R_I_S_T  29 Oktyabr 2009, 16:08:39

Uchrashuv
(Marhum Ergash Karimovning "Uchrashuv"larini o'ylamang yana)

Hammasi 2 oycha oldin Farg'onaga ishlashga ketgan AbdulAziz akaning Toshkentga sayohatlaridan boshlandi (O'sha mashhur "Toshkentga sayohat" spektaklini o'ylamang yana).
Bundan xabar topgan Chustiy domla, darrov ahli birodarlarni yig'ishga kirishib ketdilar.

Chorshanbamidi-yey, payshanbamidi-yey, vallohi alam, telponim "œTala-lay-lay, tala-lay-lay, tala-lay-lay-laaayyyy" deb jiringlab qoldi. (Telponim "œNoKIA" ekanligini bildingiz-a?) Olsam, bir notanish ovoz, tez-tez gapirib turibdi. Garchi oldin umuman gaplashmagan bo’lsam ham, lekin darrov bu inson Chustiy domla ekanliklarini bildim. Chunki ularning ovozlaridan tarvuzning hidi (balki "œarbuzniy" orBIT chaynasalar kerak), orqa fondan esa kapkirning ovozi eshitilib turardi"¦ Ular meni uchrashuvga taklif qildilar, forum uchrashuviga"¦ Darrov rozi bo’lib qo’ya qoldim. Axir anchadan buyon kutib yurgandimda, bu daydor ko’rishishni"¦

Mana yakshanba kuni ham keldi. Imkon qadar kechikmaslikka harakat qildim. Chunki har doim kamida yarim soatga kechikadigan juda yomon odatim bor. Bu safar ham ozgina kechikdim. Aytilgan lag’monxonaga kelib, ichkariga kirdim va o’z tanishlarimni qidira boshladim. Qarasam yo’q. Keyin telpon qildim. Keyin bilsam biznikilar V.I.P. xonada, 2-etajda o’tirishganakan. Haaa, Chustiy domla, buyog’ini zo’r tashkillashtirgan ekan. Qoyil"¦

Kirsam, ichkarida, AbdulAziz, Abdulloh, Muhammad Amin bor ekan. So’rashdik"¦ AbdulAziz akani anchadan buyon ko’rmagandim, diydorlarini so’gingan ekanman. Akbar bilan (xozirgi Muhammad Amin, yoshligida biz Akbar deb chaqirardik) 1-2 hafta oldin telponlashgandik. Abdulloh bilan esa o’tgan haftada ko’rishgandik (Aytgancha anavi narsani jo’natish esimdan chiqib qolibdi. Menga PM orqali e-mailizni tashlab qo’ying). Chustiyni esa 1-marta ko’rib turishim edi.

Keyinchalik bizning safimizga mendanda kechikkanlar qo’shilishdi. Orif aka va Uzmus birga keldilar adashmasam. Uzmusni ko’rib rosti ustimdagi kiyib olgan toza turetskiy sport kiyimidan uyalib ketdim (kiyimni toza turetskiyligiga e’tibor bering!). O’zimizni milliy kiyimimizdan qo’ymasin ekan"¦ Yarashibdi"¦

Keyin ovqatlandik"¦ Yigitlar kamtarinlik qilib aytishmayapti, ovqatni ham zo’ridan yedik: Tovuqsay"¦midi?! Uylanmagan xo’rozlarni tushida ko’rib chiqadigan yosh tovuqlarning go’shtidan bo’lgan ekan o’ziyam. Shirin ekan"¦

Syurpriz"¦ Gap yo’q!!! Dahshat chiqibdi, oma lekin. Sanoatingizga qoyil!!! Keyin esa Abdulloh fotosharhini bergan Tarvuz Awards bo’lib o’tdi. Yaxshi bo’ldi"¦

Rasmlarga tushdik"¦ Orif aka professional (iltimos, mana shu so’zni inglizchalab "œprofeshshional" deb o’qing!) ekanlar. (Venetka masalasida gaplashamiz aka"¦)

Suhbatlar har xil mavzuda bo’ldilar"¦ Forum, jamiyat, o’qish, WT, futbol, xozirgi zamondagi yangiliklar va"¦ Va Abdullohning yangi sayti haqida"¦ Shu o’rinda aytib o’tmoqchi edimki, www.zukko.uz sayti, Abdullohning tashabbusi bilan ochilgan bo’lib, ushbu saytda iqtisodga oid ko’plab qiziqarli va foydali ma’lumotlar mavjud"¦ (Abdulloh, reklama narxini PMga yozib yuboraman. Har so’ziga 5 ming so’mdan bersangiz yetadi"¦)

Endi navbat har bir userlarga alohida sharhga:

AbdulAziz — ajoyib va samimiy inson. Sermulohazali, kamtarin va dunyoqarashi keng. Haqiqiy va ajoyib suhbatdosh. Ular bilan soatlab gaplashsangiz ham zerikmaysiz"¦ Ular bilan biror uzoqroq sayohatga chiqishni juda orzu qilardim.

Akbar (Muhammad Amin deyishga erindim) — o’ta tortinchoq"¦ O’zlaricha men unaqa emasman deydilaru, ammo bitta tarvuz bilan rasmga tushishlari uchun ham rosa yalindik"¦ Ammo bir xislatlarini cheksiz hurmat qilaman. Ular eshitish san’atini biladilar"¦ Bu juda katta gap!

Orif aka — hushchaqchaq ekanlar. O’sha AbdulAziz aka bilan boradigan uzoq sayohatga ularni ham olib ketsak, voobshe zo’r bo’lardi! Aytgancha gap bilan bo’lib, farzandlari haqida so’rashni unutibman. Kichkinalar katta bo’layaptimi, Husniddin aka? (Shu payt bir qiziqarli voqeani aytsam: Orif aka bilan eng ko’p gaplashadigan user Mr.Twister bo’lsa ham, ammo Erkinboy, Orif akaning haqiqiy ismlari Husniddin aka ekanliklarini bilmas ekan. Voy, tovbaaaa!)

Uzmus — Farxod aka ham ajoyib inson ekanlar. Yuzlaridan iymon nuri sochilib turibdi"¦ Dillaridagi bu narsa tillarida ham namoyon ekan. Ilohim, umrlari uzoq bo’lsin, Ollohning o’zi qo’llab-quvvatlasin"¦ Kyimlariga esa respekt!

Chustiy — Aka, yana bir tarvuzdan yeyaylik, iltimos"¦

Abdulloh — ilmli, quvnoq, ochiqko’ngil"¦ Kelajagi "œporloq yo’l savxozida" degan multfilm bo’lardi. Ularni muomala madaniyatiga besh ketaman. Judayam odobli"¦ Judayam"¦

Mr.Twister — Ha, endi bu eski tanish. www.iguzar.uzdan yodgorlik"¦ Erkinni kutilmaganda, kutilmagan gaplarni aytishi odamni quvontiradi. (Aytmoqchimanki, nima deganlariga tushunmayman)

AbdurRahmon — Begzodbekni yo’q joydan chaqirib oldik o’ziyam. Rejada yo’q edilar"¦ To’satdan kimnidir kallasiga ularni chaqirish fikri kelib qoldi deng! Eh, agar imkonim bo’lganda mana shu fikr chiqqan insonning boshini xuddi Loran Blan darvozabon Bartezning kal boshidan qanday o’pib qo’ysa, men ham shunaqa o’pib qo’yardim. Chunki AbdurRahmon kelgandan keyin davramiz yanada qizib ketdi"¦ Shunaqa qizidiki, men ustimdagi toza turetskiy sport kiyimini yechib qo’yishga majbur bo’ldim (kiyimni toza turetskiyligiga e’tibor bering!). Keyin bilsam, pastimizda o’sha kafening nonvoyxonasi bor ekan, shuning uchun qizib ketayotgan ekanmiz"¦
Bir so’z bilan aytganda, AbdurRahmon haqida birinchi taassurotim ijobiy"¦ Garchi MoyMirda do’stlik taklif qilganimda qabul qilmagan bo’lsalar ham"¦

Ziyovuddin — Shu bolani faqat salom berganda ovozini eshitdim. Kamgap va kamsuqum ekanlar. Nega Muhammad Amin bunchalik xursand desam, ular o’zlariga o’xshagan yana bitta tortinchoq bola kelganidan xursand ekan"¦ Buni ustiga ularni eng chekkaga o’tkazib qo’yibmiz deng. Taklif: bundan keyingi uchrashuvlarda, tortinchoq bolalar o’rtada o’tirishlari shart! Esdan chiqib qolmasin yana!!!

Kim qoldi yana? Haya, kaminaning o’zi qolib ketibdiku"¦ Bizni taniysiz endi"¦ Egnimiz 42, oyog’imizni razmeri 40.. Buyog’i himmatingiz endi"¦

Keyingi uchrashuvlarda ko’rishguncha xayr!!!

P/S: ChehMikni yo’qligi juda bilindida"¦

P/S-2: AbdulAziz aka, o’sha kuni to’g’ri aytgan ekansiz. Esingizdami, xayrlashayotganda, "œSiz bilan ko’p ko’rishamiz, Farg’ona tomonlarga tez-tez borasizu" degandiz. Mana niyatiz xolis ekan, ertaga kechki payt Farg’onaga yo’lga chiqayapman. Komandirovka bilan"¦ 1 haftaga"¦ Ko’rishib qolarmiz-a???

Qayd etilgan


Chustiy  29 Oktyabr 2009, 19:14:35

Zakunchi ukam yaxhsi yozibsiz...bir yaxshi maqola o'qiganday bo'ldim...Husniddin akaga ishlaturing vinetkayizzi,u kishi profeshshinil, bizanikiniyam zo'r qilib ishlab berganla... (orif aka, reklamaga haq omiman man Yuristga o'xshab :) )

Uzmusni rostdanam milliy kiyim kiyib kelganini bilmagandim..qoyil,Mavlono :)

a Ziyovuddin b-n Akbarni uyatchanligi rasmlardanam bilinib turibdi...

eeng qizig'i o'sha kuni Jamshidjon ham borgan ekan Toshkentga :)

safariz bexatar bo'lsin

U kishim, nafaqat vinetkalani, balki to'ylaniyam qotirib qo'yadilar, tak chto to'y, aqiqa, beshik to'yi, uy to'yi, sunnat to'yi hullas hayrli marosimlani hammasiga etuvrasiz tortinmasdan... Sindirib taylaydilar inshaAlloh... Hizmatlar licenziyalangan...

Mana bunaqa qilib rekalama qiladi...

Jamshidjon, forumga ko'rpa to'shagini solib yotvorardilar, aksiga oli o'sha paytlada kirmay qo'yganliklarini qarang a? Kirganlarida, bilki ular ham kelarmidilar, shu bahona husnu jamollarini ko'rib olarmidik a?  ::)  ;D

Qayd etilgan


Ziyovuddin  29 Oktyabr 2009, 19:23:13

Iqtibos
Hizmatlar licenziyalangan...


Bu haqda Y_U_R_I_S_T va ORIFakalar kelishib olishgan menimcha o'sha uchrashuvda. :D

Qayd etilgan


ORIF  29 Oktyabr 2009, 20:39:46

Barchaga rahmat, lekin reklomni saaal mubolag`a qilib yuboribsilarda. Mayli, hamisha ishonchlarizni oqlashga harakat qilamiz.

Uchrashuvdan Mr.Twisterni ham xabarlari yo`q ekan. Men Chustiy hazratlaridan so`rasam "menda ularning telefonlari yo`q" dedilar. Men Mr.Twisterning bizness raqamlariga qo`ng`iroq qilsam "Janob muhim uchrashuvdalar" degan xabar keldi. Keyin Mr.ni "o`ta muhim" degan raqamlari qo`ng`iroq qilsak... haqiqatdan ham uchrashuvda ekanlar...

Iqtibos
O’sha AbdulAziz aka bilan boradigan uzoq sayohatga ularni ham olib ketsak, voobshe zo’r bo’lardi!

YURIST, xabarizni mana shu joyi rossayam qiziqtiryapti. To`g`risi sayohat jonu dilim. Qanaqa sayohat o`zi? Qulog`imga aytavering.

Qayd etilgan


saltanat  30 Oktyabr 2009, 07:23:14

ofarin...
 judayam xavasim kelyapti sizlarning bu inoq birodarligingizga, Allohim yomon ko'zdan asrasin va bardavom qilsin, bizga ham shunday go'zal uchrashuvlarni nasib etsin. :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Oktyabr 2009, 10:44:38

Bilmadim kimningdir tashabbusi bilan nickim Mr.Twister - Ministr bo`lib qoldi. Taxminan bu Abdullohdan chiqdi.

Yo'q, bu mendan chiqqan edi. Sizni ko'rib, yoshligimizda rus tilida o'qigan she'rim esimga tushib ketdi:
Mister Kvister,
Glavniy minister.
Yaxshi niyat yarim mol. Ziyouzchilar orasida hali ministrlar chiqishiga go'zal niyatlarimiz bor.

Sovg'a ajoyib estalik bo'ladigan narsa bo'libdi.....Baraka toping Chustiy 

Sovg'a zo'r bo'ldiyuuuu, ochko'z talabalar Chustiyning mehnatini 10 minutdayoq oshqozonga joylab qo'ydilar : ) Hazillashdim, osh bo'lsin.

Ikbaljohn Toshda edilar,bilmay qogan bo'sala kere,bo'masa borardila...
Abdulaziz,Twister,Abdurahmondan boshqa hamma ozg'ingina ekan buydoqladan :)

Ikbaljohnni rosa istadik (anjanchasiga qidirdik, degan ma'noda), lekin topolmadik, o'zlariyam kirib xabar olganlarida, ko'rishvolardik.
Abdulaziz ham 2 yil avval talaba edi. Uyam juda ozg'ingina edi : ) O'rtoq talabalar, sizlarga xavas qilamiz. Talabalikning yovg'on (yolg'on) sho'rvalarini qo'msab-qo'msab turaman.

Chehmickjon sizni ham ozgina "g'iybat" qildik o'sha kuni. Qulog'iz qizimadimi? Xullas sizni internet olamidagi kashfiyotning egasi deya ta'rifladik: (sariq rangda yoki oq rangda smayliklarning o'zbekcha kengaytmasini yozuvchi). : )

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Oktyabr 2009, 10:52:33

Uzmus okamiz, indamasdan, bir kichikroq, mahalla masjidida imomlik qilsala ham bo'laverarkanu, adashib "Muhabbat" bo'limida yuribtilada...  ;D  ;D  ;D

Sevib Mirzo aziz do‘stlar,
Ko‘nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.
(Mirzo Kenjabek)

P/S-2: AbdulAziz aka, o’sha kuni to’g’ri aytgan ekansiz. Esingizdami, xayrlashayotganda, "œSiz bilan ko’p ko’rishamiz, Farg’ona tomonlarga tez-tez borasizu" degandiz. Mana niyatiz xolis ekan, ertaga kechki payt Farg’onaga yo’lga chiqayapman. Komandirovka bilan"¦ 1 haftaga"¦ Ko’rishib qolarmiz-a???

Bo'larkan-u. Xullas biz shu yergamiz (Orif aka, siz ham keling). Farg'onadayam forumchilar uchrashuvini o'tkazsak nima deysizlar?
PS. Maqolamisan, maqola bo'pti :)

eeng qizig'i o'sha kuni Jamshidjon ham borgan ekan Toshkentga :)

Ana Toshkentda uchrasholmagan Jamshidjon ham Farg'onaga qo'qonlik userlarni boshlab kelsalar, bitta marg'iloncha osh bizdan-da : )

YURIST, xabarizni mana shu joyi rossayam qiziqtiryapti. To`g`risi sayohat jonu dilim. Qanaqa sayohat o`zi? Qulog`imga aytavering.

Ako, bu hozircha, Farg'ona sayohati-da. Birga kelsangiz, boshqa uzoooq sahoyatlar haqida ham maslahat etib olardik.

Qayd etilgan


ORIF  30 Oktyabr 2009, 19:02:50

Ako, bu hozircha, Farg'ona sayohati-da. Birga kelsangiz, boshqa uzoooq sahoyatlar haqida ham maslahat etib olardik.
Vodiyga o`tishga biror bahona yetishmayaptida. Lekin o`zim jon deb turibman. Sal bahona bo`lsa bo`ldi ketavermaizda.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  30 Oktyabr 2009, 21:57:49

Ako, bu hozircha, Farg'ona sayohati-da. Birga kelsangiz, boshqa uzoooq sahoyatlar haqida ham maslahat etib olardik.
Vodiyga o`tishga biror bahona yetishmayaptida. Lekin o`zim jon deb turibman. Sal bahona bo`lsa bo`ldi ketavermaizda.

Aka, bahona bor. Bahona: AbdulAziz aka va'da qilgan Marg'iloncha osh! Bundan ortiq bahona böladimi???
Ha, mayli, sizlarni bilmadimu, men allaqachon Marg'ilondaman! Bu yerda ham uchrashuv qilsak zör bölardi!

Qayd etilgan


Murod_bek  31 Oktyabr 2009, 17:46:17

Uchrashuv bo'lib o'ttimi? Manga Yurist akamiz taklif qilgandilar....

Qayd etilgan