Diydor shirin  ( 120323 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B


shoir  09 Yanvar 2010, 15:22:19

Men ayni paytda vatanda masman-da...

Qayd etilgan


Chustiy  09 Yanvar 2010, 15:29:22

Men ayni paytda vatanda masman-da...

Iyee shunaqami?
Qaysidir postizda, forumni hideme.ru orqali ochib, pmlani o'qiy olayotganizi ammo, judayam sekin ekanligini aytganizga man sizi Vatanda deb o'ylabman... Qiziq, forum chet el IPlari uchunam ban qilinganmi va u yerladayam tezlik juda sekinmi?  ::)

Qayd etilgan


shoir  09 Yanvar 2010, 16:03:42

Men ayni paytda vatanda masman-da...

Iyee shunaqami?
Qaysidir postizda, forumni hideme.ru orqali ochib, pmlani o'qiy olayotganizi ammo, judayam sekin ekanligini aytganizga man sizi Vatanda deb o'ylabman... Qiziq, forum chet el IPlari uchunam ban qilinganmi va u yerladayam tezlik juda sekinmi?  ::)

Ha, u paytda vatanda edim. Ayni paytda esa safardaman.

Qayd etilgan


Mr.Twister  27 Yanvar 2010, 10:28:07

Yakshanba kuni bormolmay qolishim mumkin. Chunki, Buxorodan mehmonlar kelishyapti, shularni kutib olishim kerak. Lekin aniq emas hali.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  30 Yanvar 2010, 11:42:26

Assalomu alaykum.

Kecha Osh majlisi zo'r o'tdi!!!

Hamma samimiy suhbat, unaqa-bunaqa deyaptiyu, lekin hech kim oshni eslamabdiku! Mulla Chustiyga osh uchun katta rahmat. Biram maza qilib yedimki... Talabaning qorni to'ygani, boy bo'gani deb bejizga aytishmaydiku.

Rasmlarga kelsak, mana bitta havaskorlik ishimiz na'munasi. Garchi yil yakunlari bo'yicha "Eng yaxshi suratchi" nominatsiyasida birorta ovoz ololmagan bo'lsakda, garchi telefonimizning suratga olish sifati a'lo darajada bo'lmasada, ammo baribir bunday unsurlar, "Osh majlisi"dagi do'stona atmosferani ifodalash uchun to'sqinlik qilmagan deb o'ylayman.


Chapdan boshlab sanaymiz:
1. Orif aka - super professional suratchi.
Ammo aka, kecha baribir mehnatizga ichim achidi. Shuncha mehnat qilib obektivni to'g'irlagandiz, AbdulAziz aka bir harakat bilan hammasini barbod qildilarda. Ha, endi nimayam derdik, admin baribir ADMINda. Indamay o'tib ketaveramiz...
Aytgancha Tort uchun katta rahmat!
Bormaganlarga eslatma: ORIF aka uchrashuv uchun maxsus tort olib kelibdilar. Maza qilib desertga yamlamay yutdik.

2. Akmaliddin - Juda kamgap aka ekanlar. Deyarli ovozlarini eshitmadim hisob. Balki bizni ozgina begonasiradilarmi yoki tortindilarmi... Salomat bo'lsinlar.

3. Muazzin - Bu aka bilan futbolda ko'rishgandik. Oma lekin rasmga tushishni qiyib qo'yarkanlar. Fotoaparat o'zlariga qaratilganligini sezsalar, darrov yon tomonga qarab, hayol surib, ko'zlarini pirpiratmasdan, nafas omasdan turarkanlar. Seluet zo'r chiqarkan bu akada.

4. Muhammad Amin - o'zimizni kuyovbola. Sessiyalarni eson-omon yopib olibdilar.
P/S: O'zbeklar haqidagi fikringizga baribir qo'shilmayman. Har millatning o'ziga xos yutuq va kamchiligi bo'ladi, buni aytish hecham ayb emas. Shotlandlar yubka kiyadigan millat desangiz, ularni haqorat qilgan bo'lmaysizku... Mayli buni hali yana davom ettiramiz...

5. Ziyovuddin - eng kamgap yigitimiz. Haliyam o'zgarmabdilarey. O'sha-o'sha Ziyovuddin...

6. Chustiy bratan - super oshpaz, jamoatchi, sportchi... (Shashkada AbdurRohmanni yutganku) Ta'rif shartmasdirey...
Lekin akam, yomonam uylangiz kebdiyey. A desayam to'yni gapirdiz, B desayam...
Uylantiraylik tezroq sizni...

7. AbdurRohman - yaqinda talabaligi esiga tushgan userimiz. Eng kech kelgan va kech ketgan user.
Muhammad Amindan daftarni oldizmi?

8. TITAN - (Atayin -UZ degan qo'shimchani qo'ymadim, chunki ba'zilarni fikriga ko'ra O'zbek deyish mumkinmasakan... :))))

9. Foniy - Ko'rinmas moderator. O'xshashlikni qarangki, rasmda ham ko'rinmaslikni afzal ko'rganlar shekilli.
P/S: Aslida ADMINning soyasi ularni to'sib qolibdilar. Ha, endi nimayam derdik, admin baribir ADMINda. Indamay o'tib ketaveramiz...
Aytgancha, Qashqadaryoga yaxshi yetib oldingizmi aka?

10. AbdulAziz - ADMINISTRATOR!!!
Ularni ko'rganda hamma "oooooo" deydi.
Bugun ketmoqchi ediza? Yaxshi yetvoling aka. Uydagilarga salom ayting.

11. Mister-Twister-Ministr-Vandam-Shvarsnegr. (ChehMikning ta'rifi) Bola xursand, sessiyani yopganidan... Keyingi sessiyalarda ham omad. Bu safar 4 omang.
Lekin osh yeyishga yaxshi sherik ekansiz. Kamroq yerkansiz. :)))

12. Y_U_R_I_S_T - Kamina. Futbolda ham 12-o'yinchi - bu muxlislar hisoblanadi. Ular maydondan tashqarida turadi. Men ham "maydonda"gi o'yinchilarga chetdan turib muxlislik qilib turdim. Rozi bo'lasizlar...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Yanvar 2010, 14:29:53

YURISTbek yaxshi ma'noda "o'zbek" desangiz hech kim hech narsa demaydi. Lekin ko'pchillik "Biz o'zbekmiz katta ishlar qo'limizdan kemaydi" deyishadi bu menga yoqmaydi. O'zbeklar kimdan kam hech kimdan to'g'rimi? Yaxshi ma'noda ishlating bemalol...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  30 Yanvar 2010, 15:10:28

YURISTbek yaxshi ma'noda "o'zbek" desangiz hech kim hech narsa demaydi. Lekin ko'pchillik "Biz o'zbekmiz katta ishlar qo'limizdan kemaydi" deyishadi bu menga yoqmaydi. O'zbeklar kimdan kam hech kimdan to'g'rimi? Yaxshi ma'noda ishlating bemalol...

Voy, qaysi ahmoq shu gapni aytdi? Menga ko'rsating shuni. Yomon ma'noda ishlatsa albatta bu noto'g'ri. Hech kim hech kimdan kam emas bu dunyoda.

Sizni tushundim... :))) Baribir o'zbekmizda.... Eh, o'zbeklar....

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Yanvar 2010, 16:03:01

7. AbdurRohman - yaqinda talabaligi esiga tushgan userimiz. Eng kech kelgan va kech ketgan user.
Muhammad Amindan daftarni oldizmi?

Assalamu alaykum!
yo'q olmadim, bugun institutga kelmabdi. ??? ???

Qayd etilgan


Akbarjоn  30 Yanvar 2010, 19:38:50

:) boshqa rasmlar yo'qmi ;)

Qayd etilgan


Abdullоh  30 Yanvar 2010, 20:33:14

Yana bir marta so'rasangiz, o'zim eski rasmlarni qo'yib yuboraman  ;D

AbdulAziz aka o'z ona yurtiga borib, shoshmay qo'yarkanlar, mish-mishlarga qaraganda  :1

Qayd etilgan