AbdulAziz: Chatlarning ko'pchiligida bemaza suhbatlar bo'ladi. Bu mani shaxsiy fikrim.
Maniyam fikrlarim siznikiga o`xshash. man kirib ko`rgan chatlarning deyarli hammasi bema'ni. Hatto Islamiy ba'zi chatlarga ham ayrim g`oyasi buzuq kishilar kirib olishadi-da, kayfiyatni bulg`ashadi. Shuning uchun ham, mana bir yilki, chatga kirganim yo`q.
Bemaza suhbatlarga ko'p guvoh bo'lganman. Bundan tashqari niklarga ham e'tibor bering: od**ni jahlini chiqazadigan niklar ko'p. Xatto yozishga or qiladigan niklar ham bor...
Gaplarizga yuz foiz qo`shilaman. Aynan o`zbek "milliy" chatlarida (ayniqsa, Oloy, Narod, Choyxona) ham shu holat borki, adminlar nimaga qarayapti hayronman. Yigitlar o`zlarining odam aytsa uyaladigan qismlarini aynan nik qilib olishsa, qizlar esa bunga ehtirosiy tarafdan yondashishadi. (Asalqiz, shakarqiz, s..qiz va h.)
Yana bir gap: o'g'il bolalarning qizlarga xos nikni tanlab, masxaragarchilik qilishi...Yoki aksincha, qizlarning o'g'il bolacha nikdan foydalanishi...Bunaqa xolatlar ko'p...
Bu holatni nima deb baholash mumkin. Kechirasizlaru o`z jinsini o`z haddidini bilmaydiganlarni xotinchalik va ... deydilar. Bunday bema'nilarning makoniga aylangan cahtlarda o`tirishni o`zi or. Kecha bir o`rtog`im aytib qoldi. Chatda endi odamlar o`ziga "xushtor" izlayapti ekan. "Klient" topyaptikan. "Klient" izlovchilar orasida axloqi buzuq, o`z jinsiga moillar ham bor ekan. Bu gaplar hali o`zbek chatlari haqida ketyapti.
Koreyada chatda suhbatlashish bunaqa bir-birini masxaralash emas, o'ziga xos dardlashish, do'stlashish vositasidir... Bu mani shaxsiy fikrim, xolos...
Demak koreyslar chatni ham o`zlarining yaxshi manfaatlariga bo`ysundirishgan ekan. Demak, ularni cahtlari "bardak" emas ekan. Chat qayerniki bo`lmasin, unda madaniyat elementlari saqlansa, u go`zal bo`laveradi. Bu borada koreys birodarlarimizga havas qilsak arzir ekan.