jadid: O`zbekistonda tuzukroq chat yo`q, deb bemalol aytishimiz mumkin.Hatto yoshlarimiz orasida chatlar mazza qilib so`kishadigan, bir-birini yerga uradigan makon sifatida tushunilishi odatiy holga aylanib qolgan. Bundan ikki yillar chamasi oldin, chatlarga kirar ekanmiz, vulgar, haqoratli so`zlardan foydalanidigan bo`lsak chiqarib yuborishini, chatdan admin chiqarib yuborishi mumkin ekanligini ogohlantirib qo`yar edi.
Ammo hozir o`sha chatlarning qoidalarini o`zlari buzishmoqda. Qaysidir gal og`aynilarim bilan netcafega kiribman. Bolalardan biri qizishib ketdi, qarasam haqoratli so`zlar bilan to`lib ketgan, keyin bir payt netcafe admini haligi do`stimning otini so`rab qoldi. Keyin birdan kelib so`kib turta boshaldi. Bungacha og`aynim uni (so`kishayotgani u ekanligini bilmagan)
rosa "bo`ktirgan" ekan.... Zo`rg`a ajratib olgan edik.
Mana shunaqa ahvol. Bunaqa ko`ngilxiraliklarni nafaqat chatlarda, undan tashqarida ham kuzatish mumkin. Bu oddiy xalq tilida "ishkal" deyiladi. Bularning barchasiga vatandoshlarimizning ong saviyalari biroz pastligi bilan bog`liq bo`lsa ajab emas. O`zlarining qo`llaridan chatga kirvolib xotinchalishlik yoki erkaklashish keladi-yu, ammo birodarlar qilgan ishlarni ko`rib uning ustidan kuladilar, vaholanki, ana shuni qilishga ularda bilim ham, qunt ham sabr ham, yetmaydi.
Koreya masalasi.... Koreyada hozir hayot ancha iziga tushib olgan. shuning uchun do`stlashish, dardlashish kabi fazilatlar paydo bo`lgani tabiiy va quvonchli, bizda esa hammaning ko`nglida nimadir yetishmaydi, shundan bo`lsa kerak nima qilarini bilmay, chatda shunda ahmoqgarchilik qilsalar kerak
Olloh nasib qilsa biz ham Koreya yetishgan kunlarga yetib olarmiz