1 chi marta Turkiyaga kelganimda (2000 yil, noyabr) meni kutib olgan oilani uyida ekanman, suvlari tugab qolganini aytishdi va suv sotadigan joyga telefon qilishdi. Rosa hayron bo'lgandim. "Suv ham sotilar ekan-mi"

, deb. Oradan yarim soat o'tmay bir o'rtayoshli odam yelkasida suv bedoni bilan keldi.
Xozirgi kunda esa suv sotib olish men uchun ham odatdagi holga aylangan, chunki jo'mrakdan oqqan suvlarga ishonch yo'q. 19 litrini 3 dollarga sotib olamiz.
O'zimizni suvlarni qadrini bilinglar azizlar

Tushunmovchilik bo'lmasligi uchun aytay: Bu ichish uchun sotib olinadigan suv. Oddiy ishlarga ishlatish uchun esa oyda 2 kishiga 17 dollarga yaqin suv ishlataman. Adashmasam 4 tonnaga yaqin suvga shuncha pul to'laymiz. Hayot qimmat maoshni yarimi fakturalarga (elektro-energiya, telefon, gaz vhk) to'lashga ketadi....