Amasyadamiz, mavsum qish, oylardan Noyabr. Katta salon va oshxonada pechka qurilgan. Umrimda bunday chiroyli, naqshli pechkani birinchi marta ko'rishim. Pechkani faqat ichi issiq deb o'ylaganim uchun oyoqlarim isisin, deya paypoqlarim bilan pechkaga bostim, birdan yongan hid kela boshladi

Paypoqlarim kuya boshlagandi....Darrov oyog'imni tortdim, qizarib-bo'zarib uydagilardan uzr so'radim....Hamma kula boshladi.....Yashar yanga(o'qituvchimni ayollari) : "Eee Zamira xonim, bu yerda pechka bilan isinamiz, O'zbekistondagi gazlar yo'q bu yerda", deb rosa kuldirgandilar