Muhibb aka,siz postignizni boshida keltirgan misol---SEVGI deyilmaydi.
Aslida sevgi deyilmaydi. Ammo hozir sevgini shunday ta'riflashadida

Klassik shoirlarimiz keltirgan sevgi,avvalgi zamonda bo'lib, nega endi hozirgi zamonda bo'lmas ekan?
Chunki, u paytdagi shart-sharoitlar bilan hozirgi vaqtdagi shart-sharoitlar orasida katta farq bor. Biz Farhodu-Qayslarni faqat kitobdan topamiz. Biz o'tgan kunlarni o'qib, Otabek va Kumushlarni bilamiz.
Ko'cha-kuyda, televizorda,...erkak-ayol aralash yurgani, kiyimlilarga nisbatan yalang'ochlarning ko'pligi, lafzsizlarga nisbatan kazzoblarning ko'pligi hisobiga bizda sevgi farqli hisoblanadi.
vaholanki,o'sha-o'sha odamlar va o'sha sevgini beruvchi esa haliyam O'shadur...
Ha, o'shalar, lekin sevgiga bo'lgan yondashuv, afsuski, o'zgardi. Yaqinda bir tanishimizning akaxoni oilasida katta fojea yuz berdi. qayin onasi, qaynisi va sevimli umr yo'ldoshi avtohalokat natijasida olamdan ko'z yumdilar. Vaqt o'tganidan keyin, shu akaxonning yaqinlari uylantirish taraddudiga tushdilar, aniqrog'i hozirgacha shunga harakat qilmoqdalar. Ammo, u kishi qarinsoshlari ra'yini qaytara olmay, turmushga chiqishga da'vogarlar bilan uchrashuvga chiqishga rozi bo'lmoqdaar, har safar otkaz qilmoqdalar. Ana shu nomzodlardan ham umr yo'ldoshida bo'lgan hislatlarni qidirayotgan, kickina kamchilik topib bo'lsa ham, darhol rad javobini berayotgan ekanlar. Hatto ko'pchiligiga umr yo'ldoshlarining suratini ko'rsatib, "Man shuni yaxshi ko'raman,..." der ekanlar.
Bu voqeani aytib berishganida, nahotki, oramida shunday odamlar bo'lishsa-a?! deb hayratlanib qoldik. Lekin bunday kishilar sanoqlida