Mirolimjonni telefonlarini tushirganlarini o'qib, 1 chi marta katta narsalarimni o'g'irlatganim esimga tushib ketdi...
Nizomiyda 2 chi kursda edik. Tibbiyot darsimiz bor edi. Bu darsdan keyin orada katta tanaffus bo'lgani uchun, ovqatlandik, keyingi para uchun xonalardan birida qizlar bilan suhbatlashib o'tirdik (oh dugonalarim qayerdasiz juda sog'indim sizlarni

)
Qong'iroq chalinib keyingi darsxonaga kirdik, oradan 10 daqiqa o'tgandan keyin, ozgina avval o'tirgan xonada paketimni unutganimni his qildim. Domladan ruhsat olib xonaga chopdim. Lekin topa olmadim

Paketda "Odam antalogiyasi" degan qalin kitob va oq xalatim bor edi...
Odamlarga (talaba yani) hayronsan, birovni xalatini nima qilasan???
Bu voqea esimga tushsa hafa bo'lib qo'yaman. Chunki o'sha paytlar qiyinchilikda o'qiyotgandim, yana bir marta xalat va kitob olish og'ir kelgandi...