Birinchi marta raqobat nimaligini 2-sinfda bilganman

Sinfimizda Nodir ismli "geniy" bola bor edi. Matematika darsi boshlandi deguncha ikkalamiz "kim tez ishlar"ga masala, misollar ishlardik. Mening orqamdagi partada o'tirgani uchun qanchalik tez ishlayotganini, qachon turishi ehtimoli borligini sezmay qolardim, lekin bir yo'lini topgandim

- ruchkasining partaga qo'yilgan tovushi chiqishi bilan sakrab turib, muallimga ko'rsatardim