Birinchi marta yoki birinchi....  ( 307336 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 66 B


Aqoid  25 Oktyabr 2010, 16:52:30

:as: 1-marta osh qilganimda o'zimdan boshqa birov yemagandi. O'zing pishirgan oshni aylanib ham o'rgilib ham o'zing yeysan degan maqol menga aytilganakan degandim o'shandi. Hozir Chustiydan ham zo'r osh qilsam kerak.(Oxirgi gapimni o'ta kamtarlik bilan yozdimki uyalganimdan zo'rg'a yozvoldim) :7 :)

Qayd etilgan


_IYMONA_  30 Oktyabr 2010, 07:13:42

birinchi marta bir qizga "senga kim ham sovg'a berardi" degandim, u qiz bo'sa "nima men xunukmanmi..?" deb yig'lavorsa bo'ladimi..

shundan keyin qizlarga qattiq gapirmaydigan bo'ldim...
  Voy maktabda mani shunaqa gapla bn yig'latgan o'gil bola sinfdosh/m ko'p edi... Har kuni uyga yig'lab kelardim... Bitirganimizdan keyin ham ularni kechirmagandim. Alamim ustida bir kun kelib eng chiroyli kiyimlarni kiyadigan, o'sha qizladan ham eeeng chiroylisi bo'laman deb ichimdan yig'lardim. Hozir sinfdoshlar mani ko'rishsa tanishmidi. Voy bu sanmisan, o'zgarib ketibsanmi deyishadi. Afsuski o'sha paytdagi kamsitilish va eshitgan haqoratomuz gaplar sababli hozir ham yigitlardan ko'nglim qob ketgan. Hali hanuz bu munosabatim (-). Qizlarni ko'nglini og'ritmanglar!

Qayd etilgan


Solihatun  30 Oktyabr 2010, 21:10:59

birinchi marta yigit bolani yuziga tarsaki tushirganimda 3-sinf edim, rosa qo'rqdim... hozir shu ishimdan afsusdaman

Sinfkom bo'lganim uchun birinchi sinfdan beshinchi-oltinchi sinfgacha o'g'il bolalarni anchagina do'pposlaganman:)
Mani o`zimdan kotta bollayam opa deb chaqirardi, ko`p urardim polvon qiz bo`lib...hoz shulani eslab uyaladi odam...

Qayd etilgan


_IYMONA_  30 Oktyabr 2010, 21:29:09

Voy shunaqa sho'x qiz bo'ganakansila, man bo'sam yig'loqi, og'zidagi oshni ham oldirib qo'yadigan bo'ganman. Hozir ham shu ishonuvchanligim ko'p pand beradi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  30 Oktyabr 2010, 21:38:42

Birinchi marta bugun forumimizning yosh liderkalaridan Yoqutxonni ko'rdim, rostdan ham ko'zlariz yoqutday yonadiya  :D

Qayd etilgan


_IYMONA_  31 Oktyabr 2010, 06:50:05

Биринчи марта биринчи ойлигимми кузимга сурганман. Узиз мехнат килиб топган маош жуда ширин куринаркан. Ишлатгиз хам кемидис.....

Qayd etilgan


_IYMONA_  31 Oktyabr 2010, 06:55:37

Ашликда хамма довюрак булади. Ана шу довюракликда Биринчи марта улган мусичани ичини ёриб курганман, ички орган/ини куриш кизикарли буб курингандиде... Хозир ссласам хайрон коламан. Довюраклик колмаган qонни куришга....

Qayd etilgan


yoqutxon  31 Oktyabr 2010, 07:26:01

Assalom aleykum. Birinchi marta Ollohga bo'lgan mehr muhabbat

 haqiqiysi, Payg'ambarlar kitobi deb nomlangan kitobni

o'qib chiqayotganimda yuragimdan g'alayon bilan uyg'ongan.

Undan oldin balki bu tushunchani yaxshi tushunmagandirman,

lekin o'sha kitobdagi turli davrlarda turli payg'ambarlar bilan sodir

bo'lgan voqealarni o'qib chiqib Ollohning naqadar buyuk zot

ekanini anglab, Unga muhabbat qo'yganman..............


Qayd etilgan


Bilolchik  31 Oktyabr 2010, 09:58:02

birinchi martda 5yowligimda masjitga borganman.

Qayd etilgan


azizbek_mx  01 Noyabr 2010, 00:26:14

Birinchi namozni otam bilan o'qiganmiz, akalarim ham. Hali hanuz esimda, o'shanda besh yoshda edim...

Birinchi kaltakni onamdan yeganman, o'shanda onamga gap qaytargandim. Olti yetti yoshlarda edim... Shundan beri faqat xo'p deb kelgandim.

Birinchi muhabbatimni birinchi sinfda uchratganman, lekin muhabbat yetti yildan so'ng uyg'ongan. U so'nggisi hamdir...

Birinchi vijdonni onamga yolg'on gapirib, his qilganman. Uzoqqa cho'zilmagan, shu kuni yig'lab onamdan kechirim so'raganman. Shundan beri faqat rost gapirib keldim.

Birinchi marta mehnat darsidan qochganman. Yomon ko'rardim. Qulog'imda nuqsonim bor, aksiga olib domla ham juda past gapirardi, yozdirardi. Men esa yozolmasdim, tushunolmasdim. Jahli chiqsa ovozidan oynalar zirqirab ketardi...

Birinchi marta ikinchi sinfda ikki olganman. Daftarimning muqovasi yirtilib ketgani uchun. Kamiga ko'ylagimni ham yechib qo'yishgan.

Birinchi marta alifni katta akamdan o'rganganman. To'rtinchimi, uchinchimi sinfda o'qirdim.

Birinchi marta kasalxonaga ham qulog'im tufayli yotganman. Shundan beri to'rt yilki, limit bilan davolanib kelaman...

Xullas, juda ko'p ayb ishlarim bor, shodliklarim tez esimdan chiqadi, hamasiyam esimda qolavermaydi...

Qayd etilgan