Birinchi yodlagan suram - Fotiha surasi... 4,5 - 5 yosligimda yodlagan ekanman...
Birinchi o'qituvchim - onajonim....
Maktabdagi birinchi o'qituvchim esa - Ulfatoy opa... Alloh rozi bo'lsin ulardan, juda mehribon insonlar...
Birinchi o'qigan o'zbekcha kitobim -Mirmuhsinning "Ildizlar va yaproqlar" asari... Adashmasam, 9 yoshimda o'qigan edim... :-)
Chet el adabiyotidan birinchi o'qigan asarim esa - Aleksandr Dyumaning 2 tomlik "Graf Monte Kristo" kitobi
Birinchi yodlagan she'rim - Abdulla Oripovning "Globus" she'ri edi... 5 yoshligimda yodlagan...uzuuuuun she'r edi... :-)
Birinchi olgan ish haqim - ukam bilan 10 yoshimda bog'da o'rik terib olingan :-)
Hayotda erishgan ilk muvaffaqiyatim - 14 yoshimda Matematika fanidan Respublika olimpiadasida 3 o'rinni qo'lga kiritganim...
Birinchi yozgan she'rim esa... adashmasam, "Kimnidir o'ylayman..." deb nomlanadi... 1998-1999 yillarda yozilgan bo'lsa kerak
Birinchi talabalik xissini esa 16 yoshimda -1997 yili xis qilganman... :-)
Birinchi mualliflik ilmiy maqolam - 2006 yilda "Bozor, pul va kredit" jurnalida chop etilgan
Birinchi tutgan telefonim - Motorola rusumida edi
Birinchi mingan mashinam - Zaporojets
Birinchi chalgan musiqam - rubobda "Andijon polkasi"... 12-13 yoshda edim, adashmasam...
Birinchi do'stlashgan o'rtog'im - Baxtiyor... 6 yoshda do'stlashgandik...Hozirgacha juda inoq do'stmiz...
Birinchi o'rgangan o'yinim - shaxmat... 6 yoshimda o'rganganman... Hozirgacha, bo'sh vaqtimda o'ynab turaman...
Birinchi organishni boshlagan chet tilim - rus tili... 1987 yildan boshlab...(aslida u paytda chet tili sanalmas edi)...
Birinchi yoqtirgan qizim - sinfdoshim Kumush... :-)
Birinchi bor kompyuter saboqlarini maktabda - Pravets rusumli kompyuterdan boshlangan...
Birinchi tushgan rasmim - 3 oyligimda tushilgan ekan ... Hozirda ham menda o'sha rasm mavjud,..
yana bunaqa "birinchi"larni ancha davom etish mumkin-ku...lekin ko'p narsa esimga kelmayapti ... :-)... Hozircha mana shu