Hijob bog'lashimdan bir kun oldin hijob kiyim va ro'molimni o'rab kiyib ko'rsatsam, ukam va adajonim xursand holda duo qilishganini eslasam ko'zlarimga sevinch yoshlari quyilib kelaveradi... Sababi hijob o'rash haqida og'iz ochdim deguncha jahl otidan tushmaydigan yaqinlarimni birdan ko'ngillarini yumshatib qo'ygan Robbimga ming bora shukronalar bo'lsin. Ayniqsa, yana ham ajablanarli holat (bu ish Robbim uchun muammo emas) onam o'zlari hijob, ko'ylak ro'mol olib berganlarida o'zimni yo'qotib qo'ygandim... Hech kim ishonmasdi bunga. Necha yillik duolar, iltijolar ro'yobga chiqqandi. Allohimga behisob shukronalar bo'lsin!