Alida bu hayotning o`zi "birinchi marta"lardan iborat... Birinchi o`qigan kitobim Saida Zunnunovaning "Go`dak hidi" kitobi edi. Bilasizmi, o`shanda besh yoshda edim:) Har bir hikoyaga moslab rasm ham chizib chiqqan ekanman kitobga. To`rt yoshimda mustaqil o`qiy olardim, (onam tikuvchilar, shu sababdan uyga kiyim tikrirgani o`qituvchilar ham tez-tez kelib turishardi. Ular kitob olib kelmasa, uyga kiritmas ekaman:) Birinchi she'rimni olti yoshimda yozgandim. Bahor haqda edi. Boshqa bolalar singari ertak kitoblari emas, bir yo`la kattalar uchun m`oljallangan asarlarni o`qir edim. (1000+1 kecha o`qiyotganimni ko`rgan onam rosa urishgani esimda:))Birinchi ijodiy ishim esa beshinchi sinfda o`qiyotganimda "Tong yulduzi" gazetasida bosilib chiqqan... She'r va hikoyalarimni ko`rgan Umida Abduazimova "Nega yoshingga mos yozmaysan, bunaqa narsalar yozshga hali yoshlik qilasan!" deganida rosa hafa bo`lgandim:) So`ng birinchi yutuq, birinchi kitob, birichi o`quv dargohi, birinchi ish joyi, birinchi maosh, birinchi intrvyu, birinchi maqola, birinchi mukofot, birinchi maqtovlar... Bularni unutib bo`larkan-mi? O`sha "birinchi"lar borligi uchun ham xotira muqaddas aslida! Ilohim "birinchi"lar ko`payib, "ohirgilar"ga o`rin qoldirmasin...