1 chi Maqtov yorlig'imni 1 chi sinfda olganman....
Xozir Maqtov yorlig'i bor-mi bilmadim.
Shu o'rinda bir narsa esimga tushib ketdi. Singlim Nargiza 4 chi sinfda o'qirdi, undan keyingi singlim Nafisa esa 2 chi sinfda. Ohirgi qo'ng'iroqda hammaga "Maqtov yorlig'i tarqatishar ekan", Nargizani ismini Nafisa, deb o'qib yuborishdi,familya bir hil, birdan singlim Nafisa yugirib chiqib, Maqtov yorlig'ini olgandi

Nargiz bechora rosa yig'lagandi. Haligacha Napini ustidan kulaman, "Maqtov yorlig'ini ohhh, deb bag'ingga bosgansan", deb