Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306786 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 66 B


*Yulduzcha*  11 May 2010, 15:03:52

Birinchi marta sevgandim 2 chi marta sevishni istamiman

Qayd etilgan


*Yulduzcha*  11 May 2010, 15:08:52

xa lekin juda qiyin

birinchi marta aldangandim 2 chi marta aldanishdan Xudo asrasin

Qayd etilgan


registan  11 May 2010, 15:21:13

Birinchi marta sevgandim 2 chi marta sevishni istamiman

Ishqni ishq o'ldirur....

Sevgi-soddadir, uni qorishiq qilgan bizlar yani insonlarmiz....

Qo'shimcha tarzida aytishim mumkinki, haqiqiy sevgi Alloh taologa bo'lgan sevgidir, boshqa sevgilar ham Uning uchun bo'lishi kerak. Boshqa holatda yutqazishingiz aniq.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  11 May 2010, 15:30:06

Odamlar bazan birinchi muhabbatim degan iborani ishlatishadi. Men ajablanaman: Nahotki sevgi raqam bilan sanalsa..?

Qayd etilgan


*Yulduzcha*  11 May 2010, 15:31:06

Xa tog'ri men o'ylimanki hamma Olloh taolloni sevadi .,..! Lekin bandasi bor ekan bandasinixam sevish peshanada bo'lsa taqdirdan qocholmaydi odam shu uchun. Ollohning bandasinixam sevsak bu Olloh uchun savobdur ...

birinchi marta Horijga borishim

Qayd etilgan


*Yulduzcha*  11 May 2010, 15:34:26

SHohruH_Mirzo.........

Ha aytishadi lekin bunaqa ma'noda emas . Birinchi va oxirgi shu peshanamda bo'lsin...... Birinchi degani sonda emas gap... Aytishadiku birinchi sevgimni unutolmiman dep. Shu uchun ... gap sonda emas .

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 May 2010, 15:53:58

SHohruH_Mirzo.........

Ha aytishadi lekin bunaqa ma'noda emas . Birinchi va oxirgi shu peshanamda bo'lsin...... Birinchi degani sonda emas gap... Aytishadiku birinchi sevgimni unutolmiman dep. Shu uchun ... gap sonda emas .
Mana shu gapga umuman tushunmadim.  ;D

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 16:36:10

Biz oddiy odamlar tushunadigan sevgi aldovchi narsa hisoblanadi.

Biz sevgi deganda o'zaro yaqinlik, hamfikrlik,...larni tushunamiz.

Masaln, bugun bir qiz bilan tanishdim, uni dastlab sevib qolaman. U bilan qanchadir vaqt yurganimdan so'ng, undan zerika boshlayman. Undan keyin qush boshqa shoxga sakragani kabi, men ham boshqa undan yaxshiroq qiz bilan tanishib, uni "sevib" qolaman.....

Asl sevgi bu narsa emas. Inson zoti faqat yaxshi pallalardagina sevadi. Qiyin va mashaqqatli damda sevgi unutiladi.

Klassik shoirlarimiz ta'riflagan o'z sevgilisi uchun qurbon bo'lish bizga yot tushuncha bo'lib ulgurgan.

odamlarning 100 % i o'z sevgilisining xato va kamchiliklarini ko'rganida, sevgi o'z kuchini yo'qotadi. Bu esa, sevgining nisbiyligini anglatadi.

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 16:40:06

Hammamiz Allohni sevamiz...deymiz. Ammo hammamiz yolg'onchimiz. O'zimizga shu savolni bersak, qanday qabul qilamiz?

Muso alayhissalom Allohni sevgani uchun, o'z qavmi gunoh qilganida, "Sen o'zing bilguvchisan, biz halok bo'lishga arziydigan qavmmiz..." deb duo qilganlar.
Ayyub alayhissalom o'z badanida qurt yuradigan darajada kasallanganlarida ham aslo ALlohga shikoyat qilmagan edilar.
Payg'ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi va sallam o'zini toshbo'ron qilgan qavmni ham duoi bad qilmaganlar, balki ularning haqiga duo qilgan edilar.
Chunki ular Allohni sevar edilar. Biz bo'lsak, darhl holimizdan shikoyat qilamiz...

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 17:33:39

Iqtibos
Muhibb aka,siz postignizni boshida keltirgan misol---SEVGI deyilmaydi.
Aslida sevgi deyilmaydi. Ammo hozir sevgini shunday ta'riflashadida :)

Iqtibos
Klassik shoirlarimiz keltirgan sevgi,avvalgi zamonda bo'lib, nega endi hozirgi zamonda bo'lmas ekan?

Chunki, u paytdagi shart-sharoitlar bilan hozirgi vaqtdagi shart-sharoitlar orasida katta farq bor. Biz Farhodu-Qayslarni faqat kitobdan topamiz. Biz o'tgan kunlarni o'qib, Otabek va Kumushlarni bilamiz.
Ko'cha-kuyda, televizorda,...erkak-ayol aralash yurgani, kiyimlilarga nisbatan yalang'ochlarning ko'pligi, lafzsizlarga nisbatan kazzoblarning ko'pligi hisobiga bizda sevgi farqli hisoblanadi.

Iqtibos
vaholanki,o'sha-o'sha odamlar va o'sha sevgini beruvchi esa haliyam O'shadur...

Ha, o'shalar, lekin sevgiga bo'lgan yondashuv, afsuski, o'zgardi. Yaqinda bir tanishimizning akaxoni oilasida katta fojea yuz berdi. qayin onasi, qaynisi va sevimli umr yo'ldoshi avtohalokat natijasida olamdan ko'z yumdilar. Vaqt o'tganidan keyin, shu akaxonning yaqinlari uylantirish taraddudiga tushdilar, aniqrog'i hozirgacha shunga harakat qilmoqdalar. Ammo, u kishi qarinsoshlari ra'yini qaytara olmay, turmushga chiqishga da'vogarlar bilan uchrashuvga chiqishga rozi bo'lmoqdaar, har safar otkaz qilmoqdalar. Ana shu nomzodlardan ham umr yo'ldoshida bo'lgan hislatlarni qidirayotgan, kickina kamchilik topib bo'lsa ham, darhol rad javobini berayotgan ekanlar. Hatto ko'pchiligiga umr yo'ldoshlarining suratini ko'rsatib, "Man shuni yaxshi ko'raman,..." der ekanlar.

Bu voqeani aytib berishganida, nahotki, oramida shunday odamlar bo'lishsa-a?! deb hayratlanib qoldik. Lekin bunday kishilar sanoqlida :)

Qayd etilgan