Birinchi marta metroga tushganimda rosa kulguli bo'lgandi. O'shanda biz Ganga metrosidan kirib, Hamid Olimjondan chiqishimiz kerak edi. Menga borilishi kerak bo'lgan joyni tushuntirgan akamiz o'sha kuni muhim ish bilan band ekanliklarini aytdilar va manzilni tushuntirdilar. Men bilan birga Toshkentlik ikki tanishim ham bor edi. Xullas metroga tushdik, bir oz yurdik. Hammasi yaxshi ketayotgandi lekin biz bir bekatda xato qildik. Tanishlarim bu manzilga borishmaganligini, metro orqali faqat o'z manzillari tomon borishganligini aytishdi, shunda men, boyagi akamizga telefon qilib manzilni qayta so'rashimizni aytsam, ular, oka bu metro deyishdi, men esa befarq, nima bo'pti, biz metrodamiz deymiz desam, kulib turib, oka metroda telefon ishlamaydiku deyishdi. Men, ha shuni oldinroq aytmaysizlarmi degandim...